Iqtisod moliya
Umumiy naflilik egri chizig’i, riskka neytrallik, befarqlik
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kutilayotgan naflilik nazariyasi
- Odam o’zini tanlovi bilan kutilayotgan naflilik kontseptsiyasini inkor qilishi mumkin.
Umumiy naflilik egri chizig’i, riskka neytrallik, befarqlik.
Matematik kutilish tabiiy o’zgarmaydi. U -500x0,5+500x0,5 = 0; Lekin riskka befarq kishilar uchun me’yoriy naflilik ham o’zgarmaydi. Shuning uchun kutilayotgan naflilik ham shartli birlikda nolga teng bo’ladi. -2x0,5+2x0,5 = 0; Shunday qilib, riskka befarq kishilar yutishsa qanchalik xursand bo’lishsa, yutqazishganda shunchalik xafa bo’lishadi. Kutilayotgan naflilik nazariyasi nuqtai nazaridan hamma ko’rib chiqilgan variantlarda tanlov ratsional hisoblanadi. Lekin keyinchalik ma’lum bo’ldiki, ko’rib chiqqan holatlarimizga to’g’ri kelmaydigan holatlar ham mavjud ekan. Ulardan biri «sanoq nuqtasi effekti» bilan bog’liq. Uni quyidagi misol bilan tushuntirish mumkin: Erkinjon 20000 so’mga jinsi shim olmoqchi. Uyining yonidagi magazinda 20000 so’mga turibdi. Bozordan esa shu shimni 15 mingga sotib olish mumkin. U 20 ming so’mga magazindan, yoki 15 ming so’mga bozordan tanlab olish mumkin. Unda tanlov imkoniyati bor. Lekin unga har qalay magazindan olgandan ko’ra qo’shimcha 2 soat vaqt sarflab, bozordan olishi uchun rag’bat bor, chunki u 5 ming so’m iqtisod qiladi. U charm kurtka olmoqchi deylik. Bunday kurtkani bozorda 250 ming so’mga beradi, shu magazinda esa 255 ming so’mga turibdi. Har ikki variantda ham u 5 ming so’m foyda ko’rishi mumkin. Lekin ikkinchi holda bozorga borish uchun unda rag’bat ancha past bo’ladi. Nimaga shunday? Hamma gap shundaki, har ikki holda ham beixtiyor ravishda sanoq nuktasini iqtisod qilingan foizdan, ya’ni iqtisod qilingan pulni tovarning narxiga nisbatan hisoblashdan boshlaymiz. Birinchisi 5:20 = 0,25 yoki 25%, ikkinchisida 5:255 = 0,019 yoki 1,9% Odam o’zini tanlovi bilan kutilayotgan naflilik kontseptsiyasini inkor qilishi mumkin. Bu ob’ektiv va sub’ektiv ehtimollikning nomuntazam bog’lanishi tufayli yuz beradi. Voqeani yuz berishiga hohishni o’sishi bilan sub’ektiv ehtimollikni o’sishi tendentsiyasi amal qiladi. Natijada kishilar hohish-istaklarini voqelik, xaqiqat tarzida ko’rsatishga intilishadi. Tavakkalchilik faoliyatiga mengzasak, odamlar yuz berishi mumkin bo’lgan hodisani o’ziga jalb qilishiga qarab risk qilishga moyilligi ortib boradi. Ko’pchilik kishilarni iloji boricha riskdan kochishini ham kutilayotgan naflilik nazariyasiga istisno tariqasida qarash mumkin. Bunda muqarrarlik effekti amal qiladi. U odamlarni yuz berishi muqarrar natijani, hodisani noaniqlikka qaraganda juda yuqori baholashlarida ifodalanadi. Iqtisodchilar tomonidan o’tkazilgan eksperimentlar shuni ko’rsatadiki, odamlar yutuqni 100%li ehtimolini unga nisbatan pastroq 97,98 foizli yutuq ehtimoliga qaraganda juda yuqori, ya’ni nomutanosib holda baholashar ekan. Bundan odamlar ehtimollikni nafaqat miqdor, balki sifat jihatidan ham baholashar ekan. Ularning riskka moyilligi kutilayotgan naflilik nazariyasi asosida taxmin qilingan darajadan ham past ekan. M. Fridmen va L. Sevij o’zlarining «Riskka mo’ljallangan muqobil tanlovda naflilik tahlili» maqolasida odamlarni risk qilishga moyilligini yoki uni yoqtirmasligini ularning daromadlari darajasi bilan baholashadi va uni grafikda kuyidagicha ifodalashadi. S Naflilik A – bo’lak, kam daromadlilar guruhi ; V - o’rtacha daromadlilar guruhi; S - yuqori daromadlilar guruhi A V Daromad Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling