Iqtisod moliya
-rasm.Umumiy naflilik: daromadga ko’ra risk qilishga munosabatni o’zgarishi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
4-rasm.Umumiy naflilik: daromadga ko’ra risk qilishga munosabatni o’zgarishi
. Ularning fikricha A va S guruhlari risk qilishni yoqtirishmaydi. V guruh esa risk qilishga moyil. Ular daromad, boylikka hali o’rganib ulgurishmagan. Avval A guruhida edi, lekin ularda S guruhga o’tish imkoni bor. Ular uncha ko’p emas. O’zlarining riskka moyilligi sababli A yoki S guruhdagilar qatoriga tezda o’tib ketishadi. Bunda tanlov ratsionalligi riskka nisbatan mavjud daromad, boylik , farovonlikka bog’liq. Kutilayotgan naflilik kontseptsiyasiga qarama-qarshi boshqa dalillar ham bor. Lekin bu kontseptsiya axborot etishmovchiligi, to’liq axborot olib bo’lmaydigan sharoitda ratsional tanlovni baholashda asosiy kontseptsiya bo’lib qoladi. Shunday qilib, aksari odamlar riskni yoqtirishmaydi uni iloji boricha kamaytirishga harakat qilishadi. Riskni kamaytirishni bir necha yo’llari bor. U sug’urtalash bo’lib, uning bir necha usullari bor. Sug’urta katta talofotlarni kichik yo’qotishlar bilan almashtirish imkonini beradi. U kuyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi. 1.Tavakkalchilik xatarini birlashtirish, umumlashtirish. Bu tavakkalchilik xatarini pasaytirish usuli bo’lib, u qatnashchilar o’rtasida taqsimlanadi. Har bir qatnashchiga to’g’ri keladigan zarar uncha katta bo’lmaydi. Turli jamoa, o’zaro yordam fondlari shu metodga asoslanadi. Sug’urta kompaniyalari ham aynan ana shu metoddan foydalanadi. 2.Tavakkalchilik xatarini taqsimlash. Bu sug’urta usuli bo’lib, katta talofat, zarar ehtimolini qoplash majburiyatini kompaniya o’z zimmasiga ololmagan sharoitda qo’llaniladi. Masalan, korxona o’z faoliyatini yong’indan sug’urta qildirmoqchi. Korxona katta, bordiyu yong’in bo’lsa, yo’qotishlar katta bo’lishi mumkin. Uni ustiga bunday korxonalar juda kam: bitta, yoki ikkita. Shuning uchun avvalgi tavakkalchilik xatarini birlashtirish metodidan foydalanib bo’lmaydi. Bunda ular yirik sug’urta assotsiatsiyalariga murojaat qiladilar. Natijada tavakkal qilib ko’rilishi mumkin bo’lgan zarar assotsiatsiya a’zolari o’rtasida taqsimlanadi. 3.Diversifikatsiya usuli. Bu usul iqtisodiy sub’ektlarni o’z moliyaviy mablag’larini turli sohalarga qo’yishi orqali bir sohadagi zararlarini ikkinchi sohadagi foydalari bilan qoplashlarini ko’zda tutadi. Masalan, turli kompaniyalarning aktsiyalarini sotib olish. Sug’urtalashning umumiy printsipi shuki, siz ma’lum bir miqdorda joriy iste’moldan voz kechib, kelgusida yuz berishi ehtimoli bo’lgan katta yo’qotishlardan o’zingizni mumkin qadar himoyalaysiz. Yana shuni ham eslatib o’tish kerakki, ayrim faoliyat turlari xavf-xatarga sug’urta qilinmaydi. Yadro urushi, ekologik katastrofalardan hech kim sug’urta qilmaydi. Lekin sug’urtalanmaydigan risklar ham bor. Bu tadbirkorlik faoliyati, uni bir butun holda sug’urtalab bo’lmaydi. Tadbirkor asosiy o’z g’oyasini amalga oshirish jarayonida, o’z faoliyatining ayrim tomonlarini sug’urtalaydi xolos. Masalan, duradgorlik bilan shug’ullansa yong’indan, ishchilarni esa ishlab chiqarishda yuz berishi mumkin bo’lgan falokatdan sug’urta qildiradi va hokazo. Lekin ma’lum bir tarmoqda korxona barpo etish g’oyasi, maqsadi va uni amalga oshirish baribir tavakkalchilik xatari bilan bog’liqligicha qoladi. Shunday qilib, riskka asoslangan tadbirkorlik bilan hamma ham shugullanavermaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling