Ommaviy qirg‘in qurollari va ularning yangi turlari. Yadrobiy qurol. Radiatsion xavfsizlik


Download 47.49 Kb.
bet1/7
Sana07.11.2023
Hajmi47.49 Kb.
#1754204
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 мавзу




5-mavzu: “Ommaviy qirg‘in qurollari va ularning yangi turlari. Yadrobiy qurol. Radiatsion xavfsizlik”.


Ommaviy qirg‘in qurolibu ulkan hududlarda ommaviy qirg‘in yoki katta vayronalar keltirishga mo’ljallangan, yuqori talofat yetkazuvchi qurol. Ommaviy qirg‘in qurollariga yadroviy, kimyoviy va biologik qurollari kiradi.
Bundan tashqari, bugungi kunda OQQlarning yangi turlari ham qo‘llanilishi mumkin:

  • vakuum quroli;

  • radiologik qurol;

  • lazer quroli;

  • elektromagnit qurol;

  • geofizik qurol;

  • radiochastotalik qurol;

  • infratovush qurol i boshqa.

OQQlarning ko‘p turlarini ishlatish ekologik xavfli oqibatlarga olib keladi (masalan, joylarni radiofaol moddalar bilan zararlash). OQQlar shikastlovchi omillari bilan va katta maydonlarda vayronagarchilikni keltirishi bilan tavsiflanadi.
OQQlarning shikastlovchi omillariga qo‘yidagilar kiradi: zarba to‘lqini, yorug‘lik nurlanishi, yuqori energiyaga ega bo‘lgan zarrachalar to‘lqini, elektromagnit impuls, sun’iy sunami, sun’iy yer qimirlashi, kimyoviy zararlanish, joylarni radiofaol moddalar bilan zararlash.
OQQlarning yangi turlarini ishlab chiqish uchun oldin ma’lum bo‘lmagan yoki ishlatilmagan texnik prinsiplar ishlatilmoqda. Bunda maqsad qilib nafaqat shikastlash masshtablarini oshirish, balki dushmanni to‘satdan hujum qilishda yangi imkoniyatlarni oshirish ko‘zda tutilmoqda.
OQQlarning perspektiv turlaridan biri – elektromagnit qurol (EMQ). EMQ – snaryadga boshlang‘ich tezlikni hosil qilish uchun magnit maydoni, yoki elektromagnit nurlanish nishonni yo‘q qilish uchun qo‘llanilishiga asoslangan qurol.
Elektromagnit qurolning birinchi turida magnit maydon o‘q-otar qurolning portlovchi moddasiga o‘xshab ta’sir etadi. Ikkinchi turida – yuqori quvvatli tok ta’sirida elektr va elektron asbob-uskunalarni ishdan chiqaradi, yoki shaxsiy tarkibni safdan chiqaradi. «DCNS» fransuz kompaniyasi «Advansea» nomli dasturni ishlab chiqmoqda. 2025 yilgacha lazer va elektromagnit quroli bilan jihozlangan jangovar suv usti kemasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Infratovushli qurol – shiqastlovchi vosita sifatida kuchli infratovush ishlatishga asoslangan ommaviy qirg‘in qurol. Bu qurolning ta’siri natijasida odamlarda qo‘rquv, sarosimalik, vahima, psixoz va ularni asosida somatik shikastlanishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Ichki organlar va yuqori intensiv infratovushning tebranish chastotasi bir-biriga to‘g‘ri kelishi natijasida rezonans paydo bo‘lib, barcha ichki organlarni ishdan chiqazishi, yurak to‘xtashi yoki qon tomirlarining yorilishi sababli o‘limga olib kelishi mumkin. Infratovush metall va beton to‘siqlardan o‘tadi. AQSHda bu qurolning 4 turi ishlab chiqilgan. (Infratovushli qurol harbiy sohaga kirib amerika politsiyachilarining vositasi bo‘lishi rejalashtirilgan).
Radiologik qurolommaviy qirg‘in qurolining turi bo‘lib, shikastlovchi omilinini radiofaol moddalarning ionizatsiya nurlanishi tashkil qiladi. 1986 yilning 26 aprel kuni Chernobil AESida sodir bo‘lgan avariyaning oqibatlari radiologik qurolni qo‘llanishini oqibatlarida vujudga keladigan sharoit bilan o‘xshash.
Klimatik qurolbu shikastlovchi omil sifatida tabiiy resurslar, iqlim, ob-havoga su’niy ta’sirni ishlatishga asoslangan OQQ.
Lazer quroli – shikastlovchi omil sifatida lazer nurini ishlatishga asoslangan OQQ.
Ommaviy qirg‘in qurollarining yangi turlarini ishlab chiqishda oldin ma’lum bo‘lmagan yoki qo‘llanilmagan texnik prinsiplar bilan foydaliniladi.
Xozirgi zamonning ommaviy qurollardan eng kuchlisi bo‘lib yadroviy qurol hisoblanadi.



Download 47.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling