Ommaviy qirg‘in qurollari va ularning yangi turlari. Yadrobiy qurol. Radiatsion xavfsizlik


Download 47.49 Kb.
bet3/7
Sana07.11.2023
Hajmi47.49 Kb.
#1754204
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 мавзу

Yadroviy qurolning ta’siri yadro reaksiyasi, ya’ni parchalanish-sintez natijasida yoki bu ikkalasining barobar ro‘y berishi natijasida yadro ichidan ajralib chiqadigan energiyadan foydalanishga asoslangan. Sof uran-235 yoki plutoniy-239 izotoplarining massasi yetarli kattalikda bo‘lsa, bo‘linish jarayonida ajralib chiqqan neytronlar tasirida kichik yadrolarga bo‘linadi, shu tarzda zanjir reaksiyasi davom etadi.
Yadroviy qurol quyidagicha portlaydi: malum bir balandlikda masofadan turib boshqariluvchi vosita (distansion portlagich) ishga tushadi, portlovchi modda porox zaryadlari portlashini chaqiradi, portlash natijasida hosil bo‘lgan kuchlar yoki plutoniy yarim sharlarini yaqinlashtiradi va kritik vazn vujudga keladi, zanjir reaksiyasi rivojlanishiga imkon yaratiladi.
Yadroviy qurol portlagan vaqtda ajralib chiqqan energiya miqdori deb qurolning quvvati (kuchi) ataladi. Yadroviy qurolning quvvati trotil ekvivalenti bilan, yani trotil zaryadining vazni bilan ifodalanadi. Trotil zaryadining vazni portlash enegiyasi yadroviy qurolning portlash energiyasiga teng. YAdroviy qurollar kuch jihatdan shartli ravishda quyidagi kalibrlarga bo‘linadi:

  • kichik kalibrli-trotil ekivalenti 1mingdan 10 000 tonnagacha;

  • o‘rta kalibrli-trotil ekvivalenti 10 000 dan 100 000 tonnagacha;

  • yirik kalibrli-trotil ekvivalenti 100 000 dan 1 mln. tonnagacha;

  • o‘ta yirik kalibrli-trotil ekvivalenti 1 mln. tonnadan ziyod.

Portlash markazining er (suv) sathiga nisbatan joylashishiga qarab, havoda portlash, erda portlash, er ostida portlash, suv ustida portlash va suv ostida portlashlarga ajratiladi. Bu turdagi portlashlarning har biri ob’ektlarga o‘ziga xos ravishda shikastlovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Havodagi yadroviy portlash – portlash havoda sodir bo‘ladi, nur tarqatadigan shar er sathiga tegmaydi. Havodagi portlash balandda yoki pastda bo‘lishi mumkin.
Pastdagi yadroviy portlashda ko‘tarilayotgan chang ustuni portlash buluti bilan tutashadi. Natijada, qo‘ziqorinsimon bulut hosil bo‘ladi. Havoda sodir bo‘ladigan balanddagi portlashda chang ustuni portlash buluti bilan tutashmaydi. Portlash sodir bo‘lgan yer yuzasidagi nuqta portlash epitsentri deyiladi.

Download 47.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling