Ommaviy qirg‘in qurollari va ularning yangi turlari. Yadrobiy qurol. Radiatsion xavfsizlik
Yadroviy qurol, uning shikastlovchi omillari. Radiatsion xavfsizlik
Download 47.49 Kb.
|
5 мавзу
2. Yadroviy qurol, uning shikastlovchi omillari. Radiatsion xavfsizlik
XX asrning 40- yillariga kelib yadroviy fizika fanida erishilgan yutuqlar olimlarga atom yadrosining sirlarini ochishga imkon berdi, buning natijasida ommaviy qirg‘in qurollarining eng quvvatlisi – yadroviy qurol yaratilib, qurollinishga olindi. 1945- yilda (6- va 9- avgustida) inson tarixida yadroviy qurol birinchi marta jangovar maqsadlarda Xirosima va Nagasaki shaharlarining aholisiga qarshi AQSh tomonidan qo‘llangan. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda hozirgi vaqtda yadroviy qurolga quyidagi davlatlar ega: AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy Demokratik Respublikasi, Hindiston, Pokiston hamda KXDR (1-jadval). Shuningdek, Isroilda yadroviy qurol mavjudligi ehtimoli bor. “Yadroviy klub” – yadroviy qurolga ega bo‘lgan barcha davlatlarning norasmiy nomlanishi. AQSh, Rossiya (sobiq Sovet Ittifoqi), Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy Demokratik Respublikasi “Yadroviy beshlik” deb nomlanadi. Qolgan yadroviy qurolga ega bo‘lgan davlatlar “Yosh davlatlar” deb nomlanadi. Bundan tashqari, NATO a’zosi bo‘lgan (Germaniya, Italiya, Turkiya, Belgiya, Niderlandiya, Kanada) va boshqa ularga ittifoqdosh bir necha davlatlar hududida (taxminan, rasmiy ravishda tan olmasligiga qaramasdan Yaponiya, Janubiy Koreya) yadroviy qurollar mavjud yoki mavjud bo‘lishi mumkin. Ba’zi ekspertlar fikriga ko‘ra ayrim hollarda ushbu davlatlar yadroviy quroldan foydalana oladi1. “Katta beshlik” davlatlari 1968- yildagi “Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida”gi Shartnomasi asosida legetim yadroviy davlat bo‘lib hisoblanadi – ushbu hujjatning 3 moddasining IX bandida shunday deyiladi: “Ushbu shartnomaning maqsadi uchun yadro quroliga ega davlat – bu 1967- yilning 1- yanvarigacha yadro qurolini yoki boshqa yadroviy portlatish qurilmasini ishlab chiqqan va sinov o‘tkazgan davlatir” (13-ilova). Shu nuqtayi nazardan, BMT va “Yadroviy beshlik” davlatlari yadro klubi a’zolarining so‘nggi uchta “yosh” (va kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha) a’zolarini noqonuniy deb hisoblaydi. Isroil yadroviy quroli mavjudligi haqida ma’lumot bermagan. Biroq, ekspertlarning fikricha, 1960- yillarning oxiri – 1970- yillarning boshlaridan o‘z yadroviy quroliga ega. O‘zbekiston dunyoda o‘zining keng e’tirofini topgan va qo‘llab-quvvatlangan yirik xalqaro tashabbuslari orasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 1993- yil 28- sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 48 sessiyasida ilgari surilgan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to‘g‘risidagi g‘oyasi alohida o‘rin tutadi. Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish haqidagi tarixiy shartnomaning imzolanishi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bosh Assambleya 2006- yilning 6- dekabr kuni 61/88-sonli “Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish” nomli mintaqa davlatlari nomidan O‘zbekiston taqdim etgan maxsus rezolyutsiyani qabul qildi. Bosh Assambleya Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish to‘g‘risidagi Shartnomani mintaqaviy hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etdi. O‘zbekiston mintaqa davlatlari orasida birinchi bo‘lib Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish haqidagi Shartnomani 2007- yil 10- may kuni ratifikatsiya qildi. Shartnoma 2009- yil 21- martda mintaqaning qolgan barcha davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilinganidan so‘ng kuchga kirdi. 1945- yil 6- avgust ertalab soat 8 larda Xirosima shahri osmonida AQShning ikkita bombardimonchi B-29 samolyoti paydo bo‘ldi. Bir necha lahzadan so‘ng tevarak-atrof ko‘zni qamashtirar darajada yorishib ketdi. Natijada 78 mingga yaqin odam halok bo‘ldi, 14 ming kishi bedarak yo‘qoldi, 215000 kishi turli darajada shikastlanib, hayoti havf ostida qoldi. Shahardagi 55000 ga yaqin bino yonib kul bo‘ldi va 7000 ga yaqin uy vayronaga aylandi. Uch kun o‘tgandan keyin, 9- avgust kuni soat 11 larda Nagasaki shahri tepasida ikkinchi marta atom bombasi portlab, yana 24000 kishi halok bo‘ldi,113000 kishi qattiq shikastlandi va 2000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi. Download 47.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling