Ommaviy qirg‘in qurollari va ularning yangi turlari. Yadrobiy qurol. Radiatsion xavfsizlik


Elektromagnit impuls va ikkilamchi zararlovchi omillar


Download 47.49 Kb.
bet7/7
Sana07.11.2023
Hajmi47.49 Kb.
#1754204
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 мавзу

Elektromagnit impuls va ikkilamchi zararlovchi omillar. Yadroviy zaryadlarning portlashi natijasida havoning ionlashishi kuzatiladi, hosil bo‘lgan elektronlarning yuqori tezlikdagi Harakati tufayli elektromagnit maydoni paydo bo‘ladi. Buning natijasida elektromagnit razryad va tok hosil bo‘ladi. Atmosferada paydo bo‘lgan elektromagnit impuls chaqmoq singari tarkalgan holda antennalarda, kabellarda, elektr uzatish tarmoqlarida va simlarda yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan tok hosil qiladi.
Yer yuzida va havoning past qismlarida yadroviy zaryad portlatilganda elektromagnit impulsning shikastlovchi ta’siri portlash markazidan bir necha kilometr uzoqlikda kuzatiladi. Yer yuzidan ancha balandlikda va havoda yadroviy zaryad portlatilishi natijasida ham elektromagnit impuls maydoni, portlash markazida va er yuzasidan 20-40 km balandlikda ham elektromagnit impuls maydoni hosil bo‘lishi kuzatiladi. Kuchlanish maydoni hosil bo‘lgan elektromagnit maydonining shikastlovchi omili bo‘lib hisoblanadi. Kuchlanish maydonining kuchliligi portlatilgan yadroviy zaryadning kuvvatiga, portlatish balandligiga, portlash markazidan uzoqligiga va atrof-muxitning xossasiga bog‘liq bo‘ladi.

Mustaqil tayyorgarlikka mavzular:



  1. Yadroviy qurollarni tarqatmaslik masalasiga doir hujjat va tashkilotlarning ahamiyati.

  2. Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonaning ahamiyati.

  3. Dunyo poligonlarida o‘tkazilgan yadroviy qurollari sinovlarini hamda radiologik xarakterdagi favquloddagi vaziyatlarni ekologik oqibatlari.

  4. AESlarni afzalliklari va kamchiliklari.

  5. Mavzuga taaluqli shartli belgilar.



1 http://www.press-post.net/neoficialnye-jadernye-derzhavy-evropy




Download 47.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling