Ommaviy qirg‘in qurollari va ularning yangi turlari. Yadrobiy qurol. Radiatsion xavfsizlik


Download 47.49 Kb.
bet5/7
Sana07.11.2023
Hajmi47.49 Kb.
#1754204
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 мавзу

Yorug‘lik nurlanishi – yadroviy portlashdan hosil bo‘lgan olovli shardan chiqadigan va nixoyat darajada ko‘p kuydiruvchi issiqlik energiyasi tarqatadigan yorug‘lik nuri oqimidan iborat. Yadroviy portlash jami energiyasining taxminan 35 foizi yorug‘lik nurlanishiga to‘g‘ri keladi. Yorug‘lik nuri tarkalishi 8-15 soniya davom etadi, bu nur faqat to‘g‘ri yunalishda tarqaladi. Shaffof bulmagan Har qanday to‘siq yorug‘lik nurlanishi ta’siridan saklab qoladi.
Yorug‘Lik nurlanishi katta masofalarga bir laxzada tarkalib, turli ashyolarni eritish, yondirish, himoyalanmagan odamlar va xayvonlarni himoyalanmagan terisini turli darajada kuydirish, kuzni zararlash, urmonlarda va axoli yashaydigan punktlarda yongin chiqarish xususiyatiga ega.
Moddalarning yorug‘lik nurlanishidan zararlanishi ularning qay darajada kizdirilganiga bog‘liq bo‘ladi. Moddalarning kizishi esa uz navbatida kuyidagi omillarga: yorug‘lik impulsining kuchiga, moddalarning xususiyatiga, moddalarning issiqlikni yutish koeffitsientiga, namligiga, yonuvchanligiga bog‘liq, kora rang mato ok rangdagiga bo‘lgan yorug‘lik nurini ko‘p yutadi. Masalan, kora rangli mato 99% yorug‘lik energiyasini yutadi, mosh rang (xaki) mato 60%, oq rang mato esa 25% yorug‘lik energiyasini yutadi.
Yorug‘lik nurlanishi ko‘zga tushganda (ayniksa tunda, chunki kuz korachigi kengaygan bo‘ladi) kuz kamashishi kuzatiladi. Kuz kamashishi vaqtincha davom etadi. Bunga sabab ko‘zdagi rodopsin pigmentining (to‘q kizil rang) kamayishidir. Agar nur yaqin masofadan ko‘zga ta’sir qilsa, kuzning tur pardasi kuyadi va turgun kurlik xolati vujudga keladi. SHuning uchun osmonda birdan chaknash yuz berganda unga karash mumkin emas.
Yorug‘lik nurlanishi faqat odamlarga ta’sir kilib kolmasdan balki harbiy qurollarga, texnika vositalari, rezina buyumlar, detallar, giloflar, harbiy vositalarga, buyalgan yuzalarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida ularning yonib ketishi yoki kuyib, kumirga aylanishi kuzatiladi.
O‘tuvchan radiatsiya yadroviy portlashda chiqadigan kurinmas va sezilmas gamma-nurlar hamda neytronlar oqimidan iborat. Bunga yadroviy portlash energiyasining taxminan 5 foizi sarflanadi.
Yadroviy portlash sodir bo‘lgandan 15-20 soniya utgach, yadro va termoyadro reaksiyasi natijasida gamma-nurlar, neytronlar oqimi, alfa-va beta-zarrachalarining juda kuchli oqimi tarqaladi. Lekin O‘tuvchan radiatsiyaga faqat gamma-nurlar va neytronlar oqimi kiradi, alfa va beta zarrachalarining havoda bosib o‘tgan yuli qisqa bo‘lganligi uchun, ularda o‘tuvchanlik xossasi kam.
20-kilotonnali atom bombasi havoda portlatilganda uning o‘tuvchan radiatsiyasi doirasi kuyidagicha bo‘ladi: 800 metrgacha – 100 foiz ulim sodir bo‘ladi (10000 R dozaga yaqin); 1,2 km da – 75 foiz ulim sodir bo‘ladi (1000 R ga yaqin dozasi); 2 km – I-II darajali nur kasalligini (50-200 R dozasi) keltirib chiqaradi. Bir megatonnali termoyadroviy qurol havoda portlatilganda olovli sharning kattaligi va neytron oqimining ko‘pligi tufayli portlatilgan joyning 3-4 km doirasida ko‘plab kishilarning o‘lishi kuzatiladi.
O‘tuvchan radiatsiyadan saklanish uchun pana joylar va inshootlardan foydalaniladi. Himoya qiluvchi vositalarning zichligi qancha yuqori bo‘lsa, u gamma-nurlarini o‘zida shuncha ko‘p to‘tib qoladi. SHuning uchun himoya qiluvchi ashyolar qalinligini topish uchun «yarim susaytiruvchi qavat» tushunchasi kiritilgan.

Download 47.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling