Karies kasalligi profilaktikasi. Kariesni profilaktik guruhi omillari
Download 468.55 Kb.
|
Kimyoviy qurollar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahmat
Kimyoviy qurol. Zaharli moddalarning tasnifi.Bobojonov Umidbek 206-B BSKimyoviy qurol — bu raketalar, minalar, aviatsion bombalar yordamida ishlatiladigan zaharlovchi vosita hisoblanadi. Yadroviy va biologik qurollar bilan bir qatorda ommaviy qirgʻin qurollariga kiradi. Shuningdek yondiruvchi aralashmalarni ham kimyoviy qurollarga bogʻlashadi. Shikastlovchi taʼsiri qancha vaqt saqlanishiga qarab, Kimyoviy qurollar turgʻun (bir necha soat, sutka, hafta, oylab saqlanadigan) va noturgʻun (bir necha minut saqlanadigan) turlarga boʻlinadi. Kimyoviy qurollar, asosan, dushmanning jonli kuchlari (qoʻshin)ga qarshi ishlatish uchun moʻljallanadi, lekin tinch aholiga, hayvonot dunyosiga ham xavf tugʻdiradi, atrof-muhitni zaharlaydi, ekinzorlarni nobud qiladi. 155 mmli Mustard Gas balonlaridagi kimyoviy qurol. Zahrlovchi moddalarning taʼsir turi keng: halok qiluvchi — dushman harbiy kuchlarida maksimal sondagi yoʻqotishlar keltirib chiqarishga yoʻnaltiriladi. Bunda asosan markaziy nerv tizimnini ishdan chiqaruvchi Zarin, Zoman, Tabun va V-Gaz kabilar ishlatiladi. Teri qavatlari va koʻzga kuchli toksik taʼsir qiluvchi kimyoviy qurollar esa, terida chuqur tsitologik oʻzgarishlar (yiringlar, yaralar, oʻsmalar) keltirib chiqarish va koʻrish qobiliyatidan mosuvo qilishga qaratiladi. Bunday kimyoviy qurollarga Iprit, Lyuzit gazlari misol boʻla oladi. Umumiy zaharlovchi moddalarga asoslangan kimyovviy qurollarda esa, ularning organizmga taʼsir koʻrsata boshlashi natijasida, qonda kislorod miqdori keskin kamayib ketadi. Bunday moddalarga sinil kislotasi va xlortsian kiradi. Boʻguvchi kimyoviy qurollar birinchi navbatda yuqori nafas yoʻllari va oʻpkani zaharlaydi. — Fosgen va difosgen shunday xususiyatga ega. Hozirda jahon boʻyicha barcha hududlarda kimyoviy ommaviy qirgʻin qurollari maxsus xalqaro rezolyutsiyalar bilan taʼqiqlangan. Urush harakatlarida har qanday turdagi kimyoviy quroldan foydalanish 1993-yildagi xalqaro kelishuvga koʻra qatʼiy toʻxtatilgan. Biroq, shunga qaramay, soʻnggi vaqtlarda taʼqiqlangan kimyoviy qurollarning jang harakatlarida qoʻllanilayotganligi haqidagi xabarlar gʼarb OAVlari boshchiligida, tobora koʻp tarqatilmoqda. Xususan, 2011-yilda boshlangan „Arab bahori“ inqilobiy toʻlqini taʼsirida, Suriya mamlakatida avj olgan ichki qurolli mojaro jahon afkor ommasining diqqat eʼtiborida boʻlib turibdi. Hukumat kuchlari va qurollngan jangarilar ortasida muttasil davom etayotgan harbiy toʻqnashuvlarda, taraflarning qaysi biri qoʻllagani nomaʼlum boʻlsa-da, janglarda kimyoviy qurol — Zarin gazidan foydalanilgan. Kimyoviy qurollar dastlab nemis armiyasi tomonidan 1915-yilda (Belgiya)dagi jangda qoʻllanilgan. Keyinchalik boshqa armiyalar ham qo'llay boshladi. Kimyoviy qurollar Jeneva bayonnomasi (1925) bilan taqiqlangan. Biroq ba'zi tajovuzkor mamlakatlar bu bayonnomani bir necha bor buzishgan (Vyetnamda, Isroil Livanda Kimyoviy qurollarni qo'llagan). Parij konvensiyasi (1993)ga muvofiq, Kimyoviy qurollar zahiralari butunlay yo'qotilishi lozim. Ular inson salomatligi va tabiat uchun o'ta xavfli bo'lganligidan ularning zahiralarini yo'qotish ishlari maxsus obyektlarda amalga oshiriladi. 1993-y. ma'lumotlariga ko'ra, Kimyoviy qurollar zahiralari Rossiya (sobiq Ittifoq) da 40 ming t ni, AQSH da 29 ming t ni tashkil etgan. 2-jahon urushida nemislardan qolgan (trofey) Kimyoviy qurollar zahirasi (taxm. 300 ming t) dengizga cho'ktirib yuborilgan. Kimyoviy quroldan foydalanishni bekor qilishga, bir necha xalqaro kelishuvlarga orqali urinib koʻrilgan. Ulardan dastlabkisi 1889-yilgi Gaaga konvensiyasi boʻlib, uning 23 moddasida „Qoʻllanishning yagona maqsadi faqat tirik dushmanni oʻldirish boʻlgan harbiy aslahalarni taʼqiqlash“ga xalqaro miqiyosda kelishilgan. Keyinchalik, I jahon urushidagi ayanchli asoratlarni inobatga olgan holatda, 1925 yilda Kimyoviy qurollardan foydalanishni taʼqiqlovchi Jeneva konvensiyasi qabul qilindi. 1993-yilga kelib esa, Kimyoviy qurolni yaratish, ishlab chiqarish, toʻplash va amalda qoʻllashni taʼqiqlash hamda, mavjud kimyoviy qurollarni yoʻq qilish maqsadida yana bir maxsus xalqaro konvensiya qabul qilindi. RahmatDownload 468.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling