Iqtisod moliya
Kichik va o’rta biznes rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishda KO’B sub’ektlarining salmog’i (%da)
Kichik va o’rta biznes rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari
Ko’rsatkichlar O’lchov birligi 2000 2001 2002 2003 YaIM dagi KO’B ulushi % 31,0 33,8 34,6 35,5 Kichik va o’rta korxonalar % 13,1 14,8 15,7 16,4 KO’Bda band bo’lganlar soni* Ming kishi 800,0 900,3 1045,1 Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi. *) Yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlaridan tashqari YaIMda KO’Blarning ulushini to’rt yil davomida 31,0 %dan 35,5% ga ko’tarilishi , unda band bo’lganlarning sonini ortishi albatta ijobiy hol. Iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishda KO’B sub’ektlarining salmog’i (%da) Iqtisodiyot tarmoqlari 2000 2001 2002 2003 Sanoat 11,3 14,1 14,1 16,6 Qishloq xo’jaligi 72,4 75,6 76,4 76,8 Chakana tovar ayirboshlash 45,0 45,8 43,8 45,5 Pullik xizmatlar 37,9 39,9 41,3 45,7 Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi Sanoat, chakana tovar ayirboshlash, pullik xizmatlar ko’rsatishda KO’Blarning ulushini barqaror o’sib borishi respublikamizda davlatning tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlashi natijasidir. Mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektor salmog’ini oshirish, aholini ishlab chiqarish sohsida bandligini ta’minlash va kichik tadbirkorlikni intensiv rivojlantirib borish maqsadidagi 2003 yil 30 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 aprel 1998 yil qabul qilgan «Kichik va o’rta biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar haqidagi» qaroriga o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi» Farmoni qabul qilinishi KO’Bni rivojlanishiga yana bir ijobiy turtki bo’ldi. Mamlakatimizda jamiyat tayanadigan o’rta mulkdorlar sinfi vakillarini yanada ko’payishiga olib keldi. Yuqorida jadval ma’lumotlari ham bu fikrni tasdiqlaydi. «Kichik biznesni rivojlantirish, rag’batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, ularni ro’yxatga olish tartibini sezilarli darajada soddalashtirish, eng muhimi tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha samarali mexanizmning amalda joriy etilgani iqtisodiyotimizda katta ahamiyatga ega bo’lgan xususiy tarmoqni yanada rivojlantirish va mustahkamlash imkonini berdi» 1 Albatta tadbirkorlikni rivojlantirishda respublikamizda muammolar, kamchiliklar mavjud. Lekin eng asosiysi, diqqat ularni bartaraf qilish yo’llarini topish, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilganidir. 1 . Karimov I. A. Islohotlar strategiyasi=mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir. 2002 yilda mamlakatning ijtimoiy=iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2003 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maruza. Xalq so’zi, 2003 yil, fevral, 40- son. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling