Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samaradorlik = Ishlab chiqarish natijasi (mahsulot) Ishlab chiqarish xarajatlari
ko’rish mumkin.
4-§. Iqtisodiy samaradorlik va vaqtni tejash qonuni Ma’lumki, ishlab chiqarishning natijasi, ya’ni samarasi bu yaratilgan mahsulotdir. Ishlab chiqarish uchun sarflangan resurslar ishlab chiqarish omiliga aylanadi, mahsulotda esa ishlab chiqarish xarajatlari sifatida gavdalanadi. Ishlab chiqarishning jamiyat uchun naqadar samarali ekanligi samaradorlik ko’rsatkichi orqali ifodalanadi. Samaradorlik = Ishlab chiqarish natijasi (mahsulot) Ishlab chiqarish xarajatlari Samaradorlik ishlab chiqarishni xarakterlaydigan eng muhim iqtisodiy ko’rsatkich. Aynan samaradorlikni o’sishi kam xarajat qilib, yaxshiroq, ko’proq natijaga erishish, cheklangan resurslardan samarali foydalanishni jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotini ko’rsatadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni uch omil: mehnat, kapital va er (tabiiy resurslar) ta’minlaydi. Undan kelib chiqib, jami mahsulotni mehnat xarajatlari L, kapital K, tabiiy resurslar N, funktsiyasi Y sifatida ko’rish mumkin. Y = f(L,K,N) Ishlab chiqarish omillaridan naqadar samarali foydalanilganini har bir omil evaziga olingan mahsulot orqali ifodalanadi. Bunda ana shu omillarni qo’llashdan olingan natijalarni ifodalovchi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin. Barcha omillarni ishlatish tufaydi qilingan umumiy xarajatlar evaziga yaratilgan mahsulotning absolyut miqdori umumiy mahsulot bo’ladi. Kilingan xarajatlar birligiga to’g’ri keladigan mahsulotimiz o’rtacha mahsulot bo’lib, u aynan omillardan qay darajada samarali foydalanganimizni ko’rsatadi. Iqtisodiy samaradorlik bilan bog’liq yana bir iqtisodiy ko’rsatkich bu me’yoriy mahsulotdir. U bir birlik qo’shimcha qilingan xarajatlar evaziga yaratilgan mahsulot hajmini ko’rsatadi. Iqtisodiy samaradorlikni ifodalaydigan muhim ko’rsatkichi bo’lib, birinchidan, mehnat unumdorligi yoki unga teskari ko’rsatkich mehnat sig’imi hisoblanadi. Mehnat unumdorligini mahsulot hajmini mehnat xarajatlariga nisbati Y/L mehnat sig’imini esa mehnat xarajatlarini mahsulot hajmiga L/Y nisbati tarzida aniqlanadi. Mehnat unumdorligi mehnatning natijasi, uning samaradorligini anglatadi. Mehnat unumdorligi vaqt birligida yaratilgan mahsulot va xizmatlar miqdori bo’lsa, mehnat sig’imi esa aksincha bir birlik mahsulot yaratish uchun sarflangan ish vaqtidir. Mehnat unumdorligini oshirish o’sib borayotgan ehtiyojlarni qondira borishning iqtisodiy jihatdan qulay yo’li hisoblanadi. Mehnat unumdorligiga ham juda ko’p omillar ta’sir etadi. Ularni asosan quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: 1. Jamiyatda erishilgan texnika-texnologiya darajasi, boshqacha aytganda ish qurollari naqadar mukammalligi. 2. Ishlovchilarning bilim saviyasi, mehnat malakasi va mahorati, ya’ni ish kuchining sifati. 3. Ishlab chiqarishning tabiiy-iqlimiy sharoiti. Tabiiy resurslarni ishlatishning naqadar qulayligi. 4. Resurslarni cheklanganligi sharoitida ularni qanday ishlatishni tanlash va qaror qabul qilish. 5. Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, infrastrukturani tashkil etish va boshqalar. Ish unumining ortishi, ish vaqtining tejalishi va bo’sh vaqtni ko’payishiga olib keladi. Jamiyat taraqqiyoti natijasida borgan sari ish vaqti tejalib bo’sh vaqtni ko’payishiga olib keladi. Masalan, ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda ish xaftasi asrimiz boshlarida 53 soat va undan ortiq edi. 50- yillarga kelib u 40 soatni tashkil etgan bo’lsa, hozirgi paytda 35 soat. Unumdorlik oshib, bo’sh vaqtning ko’payib borish vaqtning tejalish qonuni amal qilishidan dalolat beradi. Bu qonunga ko’ra har qanday tejash vaqtning tejalishi demakdir. Bo’sh vaqtning ko’payishi, o’z navbatida, aholi farovonligiga ta’sir etadi. Bu jihatlarni mahsulot hajmi orqali ifodalab bo’lmaydi. Shuning uchun ham iqtisodchilar ana shu tomonlarni ham hisobga olish yo’llarini topishga urinmoqda. Kapital omididan foydalanish samarasini ko’rsatishda kapital unumdorligi yoki unga teskari ko’rsatkich kapital sig’imidan foydalaniladi. Kapital unumdorligi mahsulot hajmini sarflangan kapitalga (odatda asosiy kapital) Y/K nisbati, kapital sig’imi esa aksincha kapital hajmini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati K/Y tarzida hisoblanadi. Omillardan foydalanishning holatini ko’rsatadigan muhim ko’rsatkichlardan biri tabiiy resurslar er, energiya, material va boshqalarning unumdorligi yoki aksincha resurslar sig’imidir. Resurslar unumdorligi mahsulot hajmini resurslar hajmiga nisbati Y/N yoki aksincha resurs sig’imi resurslar hajmini mahsulot hajmiga N/Y nisbati tarzida hisoblanadi. Er unumdorligi odatda qishloq xo’jaligida hisoblanadi. U olingan mahsulotni er maydoniga nisbati tarzida Y/N hisoblanadi. Bu ko’rsatkich erdan naqadar samarali foydalanilayotganini ko’rsatadi. Undan tashqari mahsulot ishlab chiqarish jarayonida omillarning bir-biriga nisbati tarzida ham ko’rish mumkin. Bunday ko’rsatkichlardan avvalo kapital xarajatlari bilan mehnat xarajatlari o’rtasidagi nisbat (K/L) ya’ni mehnatni kapital bilan qurollanish darajasi va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Barcha omillarni ishlatish tufaydi qilingan umumiy xarajatlar evaziga yaratilgan mahsulotning absolyut miqdori umumiy mahsulot bo’ladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirgi zamonda texnika ayniqsa axborot industrial texnologisi iqtisodiy o’sishning, ishlab chiqarishni samarasini o’sishining dvigateli hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti o’z ichiga faqat texnika va ishlab chiqarish usullarinigina emas, balki ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning yangi shakllarini ham oladi. O’z navbatida ishlab chiqarish uchun resurslar va ishlab chiqarish omillarining yangi nisbatlarini, udarning yangi-yangi kombinatsiyalarini shakllantirishga imkoniyat yaratishni ham o’z ichiga oladi. Mamlakatimizda hozirgi erishilgan darajani hisobga olgan holda kelajakda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga axborot industrial texnologiyasini vujudga keltirish, mahsulot hajmini ko’vaytirish mezonlari asosida uning tarkibini talabga moslashtirish, iste’mol mollari va xizmatlarning ulushini ko’paytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatlashtirish asosida amalga oshirish orqali erishish mumkin. Jamiyat miqyosida iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichidan tashqari sotsial samaradorlik ko’rsatkichi ham mavjud. U jamiyat a’zolarining kayfiyati, yashash tarzi, turmush darajasining o’zgarishi, sotsial barqarorlik kabi ko’rsatkichlarda ifodalanadi. Qilingan xarajatlarning iqtisodiy jihatdan samarasi past bo’lishi mumkin, dekin sotsial jihatdan bu xarajatlar zarur va o’zini oqlaydi. Ayrim sohalar foyda keltirmaydi yoki zarar olib kelishi mumkin, lekin ular jamiyat uchun zarur. Masalan, aholini normal yashashini ta’minlaydi yoki ish bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun jamiyat miqyosida samaradorlik haqida gapirar ekanmiz, iqtisodiy samaradorlik Bilan birga sotsial samaradorlikka ham ahamiyat berishimiz kerak. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling