Iqtisod moliya


Tizim o’zgarishlarga moslasha oladimi?


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Tizim o’zgarishlarga moslasha oladimi? – iste’mol talabi, resurslar taklifi va 
texnologiyaning o’zgarishiga muvofiq ravishda reaktsiya qiladimi? 
Ishlab chiqarish samaradorligi ana shu savollarga to’g’ri javob tanlash bilan bog’liq. 
Bunda tadbirkorning, menejerning qolaversa, har bir rahbarning iqtisodiy fikrlash doirasi 
qandayligi muhim rol o’ynaydi. 


3-§. Ishlab chiqarish funktsiyasi va omillarning nisbati, 
me’yoriy unumdorlik nazariyasi 
 
 Biron turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillarining hammasi 
kerak, ulardan birontasi bilan alohida tarzda biron narsa ishlab chiqarib bo’lmaydi. Shu bilan 
birga, shu omillardan qaysi biri — mehnatmi, kapitalmi, ermi yoki tadbirkorlikmi asosiy o’rin 
tutadi, mahsulot aynan shu omil bo’lgani tufayli ishlab chiqariladi, deb ham ayta olmaymiz. 
Ishlab chiqarish jarayonida bu omillar uzluksiz ravishda bir-biri bilan bog’liq holdagina amal 
qiladi, bir-birini to’ldiradi, gohida bir-birini o’rnini qoplaydi. 
Biron aniq ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarining belgilangan ma’lum 
bir miqdori nisbati talab qilinadi. Bunda tadbirkorni chiqadigan mahsulot miqdori qiziqtiradi. 
Texnika-texnologiyani ma’lum taraqqiyot darajasi, unga muvofiq mehnat unumdorligini ishlab 
chiqarish omillarining ma’lum kombinatsiyasi sharoitida shu omillar miqdori uchun 
mahsulotning optimal miqdoriga erishish mumkin. 
Buni eng oddiy omil misolida ko’rish mumkin. 
Maksimal miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun er va mehnat turli 
kombinatsiyalarda birlashsin deylik. 
Aytaylik, 1 ga erda 10 kishi mehnat qilib 700 kg, 20 kishi 1000 kg, 30 kishi 1230 kg, 40 
kishi 1410 kg hosil olishi mumkin. Bunda omillarning turli nisbatlari, turlicha natijaga olib 
keladi. Uni matematik ko’rinishda quyidagicha ifodalanadi: 
U=f(a1, a2, a3, ... an) 
Bunda: U — ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori; 
a1, a2, a3, ... an — ishlab chiqarish omillari.
Bu funktsiyani quyidagicha korxona (firma) faoliyati natijasida ishlab chiqarishga jalb 
qilingan omillar bilan ishlab chiqarilgan mahsulot o’rtasida bog’lanish tarzida ham ifodalash 
mumkin.
Q=f(L·K·N) 
Q — mahsulot miqdori. 
L, K, N — ishlab chiqarish omillari mehnat, kapital, erning turli xildagi birlashuvi. 
Bu ishlab chiqarish hajmini ifodalaydigan funktsiya ishlab chiqarish omillariga umumiy 
xarajatlar bilan ularning nisbati o’rtasidagi bog’lanishni ko’rsatadi. Bu tenglik ma’lum bir 
texnologiyaga nisbatan olinadi. Texnologiyani takomillashuvi qayd qilingan, ma’lum nisbatdagi 
omillar yig’indisida ishlab chiqarish hajmini oshishiga olib keladi. (Texnika, texnik vositalar 
deganda iqtisodiyotdagi mashina, uskuna va hokazolar tushunilsa, ishlab chiqarish texnologiyasi 
— bu material, yarimfabrikatlarga ishlov berish usuli, ya’ni mexanik, texnik, ximik, 
elektroximik, biologik, universal usullardan iborat.) 
Bu funktsiyalarning ahamiyati shundaki, u imkoniyatlarning muqobil variantlari borligini 
ko’rsatadi. Ishlab chiqarish omillarining turlicha nisbatlarda birlashuvi bir natijani, aynan bir 
hajmdagi mahsulot chiqarishni ta’minlashini ko’rsatadi. Agarda, ishlab chiqarish omillarining 
turlicha kombinatsiyalari bo’lishi mumkin ekan, demak, omillarning birlashuvini eng optimal 
varianti mavjud. Ishlab chiqarish funktsiyasi omillarini bir-birini almashtirishi mumkin. Ishlab 
chiqarish omillarini o’zaro bir-birini almashtirishi neoklassik tahlilning fundamental 
kontseptsiyasi hisoblanadi.
Mexnat mikdori,j birlik (kishi)
Er mikdori, birligi (ga) 
10 20 30 40 




700 
1000 
1200 
1400 
1000 
1410 
1720 
1400 
1000 
1410 
1720 
2000 
1230 
1730 
2120 
2450 


Klassik maktab namoyandalari esa tovar ishlab chiqarish uchun faqat bir texnologiya 
bo’lishi mumkin, omillarni o’zaro bir-birini o’rnini bosishi, almashishini batamom imkoni yo’q, 
deb hisoblashgan.Ishlab chiqarish hajmi omillarning malum nisbatdagi miqdoriga bordiq. Ularni 
o’zgarishi uchun esa turlicha vaqt talab qilinadi. Shuning uchun iqtisodiyotda qisqa va uzoq 
muddatli davr farqlanadi. Qisqa muddatli davr- shunday davrki, korxonaning quvvatini 
o’zgartirish uchun (Yangi bino, inshoot qurish, texnika, texnologiyani o’zlashtirish, mutaxassis 
kadrlar tayyorlash) uchun juda qisqalik qiladi. Bunday omillar doimiy deb yuritiladi. Shu Bilan 
birgashunday omillar borki, ularni nisbatan tezda, osongina o’zgartirish mumkin. Ularga ishchi 
kuchi, energiya, xom ashyo kabilar kiradi. Ularni o’zgaruvchi omillar deyiladi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling