Iqtisod moliya


«Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmoqqa aytilur. Mol qadrini biluvchi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

«Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmoqqa aytilur. Mol qadrini biluvchi 
kishilar o’rinsiz erga bir tiyin sarf qilmas, o’rni kelganda so’mni ayamas». 
 Inson yaratilibdiki, mehnatini engillashtirish, hayot kechirishi uchun zarur ehtiyojlarini 
to’laroq qondirishga harakat qiladi. Mehnat qilishning o’zi ham tirikchilik o’tkazishga 
qaratilgan. Demak, inson dunyoga kelibdiki tirikchilik harakatida bo’ladi, desak xato qilmaymiz. 
Insonning mehnat unumi qancha yuqori bo’lsa, tirikchilik kechirish uchun ne’matlar shuncha 
ko’p yaratiladi. Ana shuning uchun ham ajdodlarimizning diqqat-e’tibori qanday qilib hayot 
kechirish uchun zarur ne’matlarni ko’paytirish yo’llarini topishga qaratilgan. Eng aqlli, zukkolar 
o’z davriga, sharoitiga mos ravishda eng maqbul yo’llarni topishgan va undan foydalanishni 
tavsiya etishgan. Ulardan ko’plarining nomi tarixda qolgan. 
O’z davrida shakllangan iqtisodiy qarashlar qadimgi qo’lyozmalarda aks etgan. 


Iqtisodiy qarashlarning fan sifatida shakllanishi dunyo tsivilizatsiyasining «beshigi» deb 
tan olingan Qadimgi Misr, Sharq mutafakkirlari ta’limoti, ilgari surgan fikrlari bilan boshlanadi. 
Ular jumlasiga miloddan XX asr ilgari qadimgi Bobilda podsho Xammurapi qonunlari, Qadimgi 
Hindistonda (miloddan 
VI asr ilgari)gi Manu qonunlari, Qadimgi Xitoy mutafakkirlari, ayniqsa Konfutsiy (miloddan 
avvalgi 551—479 yillar) asarlarini kiritish mumkin. Ulardagi fikrlarga diqqat qilsak, mehnat 
taqsimotiga hamda yaratilgan mahsulotning taqsimlanishiga asosiy e’tibor qaratilgan. Bu bejiz 
emas. Chunki shu davrda aynan mehnat taqsimoti hamda mehnat natijasida yaratilgan mahsulot 
taqsimoti jamiyat taraqqiyotida, aholining turmush darajasida asosiy rol o’ynagan. 
Keyinchalik, iqtisodiy fikrlar Qadimgi Yunoniston va Rimda yanada rivojlantiriladi
ma’lum tizimga solinadi. 
Qadimgi yunon mutafakkirlari Ksenifont (miloddan avvalgi 430—355 yy.), Platon 
(Aflotun) miloddan avvalgi 427—347 yy.), Aristotel (Arastu) (miloddan avvalgi 384—322 
yillar)ni haqli ravishda dastlabki iqtisodchi olimlar deb aytish mumkin. 
Iqtisodiyot 
— 
«ekonomika» atamasi ham dastlab Ksenofont, Aris-totel asarlarida 
ishlatilgan bo’lib, u qadimgi yunoncha «Ekos» — uy, xo’jalik, «nomos» qonun degan 
ma’noni anglatib, uy xo’jaligini yuritish qonuni, san’ati tarzida qo’llanilgan. O’sha paytda uy 
xo’jaligi natural xo’jalik bo’lib, iqtisodiy faoliyat yuritishning asosiy shakli bo’lgan. 
Ksenofont o’zining «Daromadlar haqida», «Ekonomika» (xo’jalik haqida ta’limot) 
nomli asarlarida ilmiy iqtisodiyotga tamal toshini qo’ydi. Uning tadqiqotlarida qishloq xo’jaligi, 
hunarmand-chilik, savdo alohida ajratilib, mehnat taqsimotining maqsadga muvofiqligi asoslab 
beriladi. Uning fikrini Platon yanada rivojlantiradi. Aristotel «Siyosat» va «Etika» traktatlarida 
iqtisodiy jarayon va hodisalarni birinchi marta abstrakt tarzda tadqiq qilib, ular o’rtasidagi 
umumiy qonuniyatlarni aniqlashga harakat qiladi. 
U iqtisodiyotga xo’jalik yuritishning umumiy qoidalari majmui sifatida qarab, ularga 
rioya qilish boylikni ko’paytirishini ko’rsatadi. Boylik — bu turli mahsulotlar, buyumlar 
yig’indisi bo’lib, u natural xo’jaliklarda yaratiladi. Aristotelning fikricha, natural xo’jalik bu — 
ideal — kam-ko’stsiz xo’jalik. Ularning boy-kambag’allik darajasi er va unga ishlov beruvchi 
qullar (Aristotelning iborasi bilan aytganda «gapiruvchi mehnat qurollari») miqdoriga bog’liq 
deb ko’rsatgan. 
Qadimgi Rim mutafakkirlari asosiy diqqat-e’tiborlarini miloddan avvalgi qishloq xo’jalik 
muammolariga, qullar mehnatini tashkil etish, erga mulkchilik masalalariga qaratishgan. Ular 
orasida Varron (miloddan avvalgi 116—27 yillar), M. Katon (miloddan avvalgi 234—149 
yillar), Kolumella (miloddan bir asr avval) va boshqalar ajralib turadilar. 
Milodning dastlabki ming yilligidan iqtisodiy fikr, iqtisodiy ta’limot rivojida din muhim 
rol o’ynadi. Iqtisodiy qarashlarda tub o’zgarishlar yuz berdi. Bu eng avvalo, quldorlikni 
qoralashda ko’rinadi. 
Iqtisodiy qarashlarning rivojlanishida muqaddas kitoblar — «Tavrot», «Zabur», «Injil» 
va, ayniqsa, «Qur’on» katta ahamiyatga ega. 
Ana shu davrda O’rta Osiyoda iqtisodiy tafakkurning rivojlanishi buyuk allomalarimiz 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling