Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
1. Amloki xos — davlat mulki. Er va er osti boyliklari, moddiy ko’chmas mulklar va
davlat ahamiyatiga oid ashyolar davlat tasarrufida bo’lgan. 2. Iqto’ — davlat xizmatchilarini ta’minlovchi mulk. Muayyan er maydonlari, moddiy- ma’naviy mulklar va davlat xazinasining muayyan qismi iqto’ mulki bo’lgan. 3. Vaqf — muayyan ijtimoiy tabaqa mulki. Madaniy-ma’rifiy binolar, madrasa va masjidlar, ziyoratgoh va qabristonlar vaqf mulki bo’lgan. Shu bilan birga Qoraxoniylar davlatida xususiy mulkchilik cheklanmagan. Shu sababli jamiyatning barcha tabaqasi o’z mulkiga ega edi. Jamiyatning haddan tashqari tabaqalanib ketishiga yo’l qo’yilmagan. Tarixiy manbalarda ko’rsatilishicha, bunga davlat mulkidan, chunonchi vaqf mulkidan g’oyat samarali foydalanish bilan erishilgan. XIX asrning oxiri va XX asrda birgalikda o’zlashtirishning dastlabki tipi davlat mulki yana muhim rol o’ynay boshladi. Albatta, u tamomila yangi makroiqtisodiy shaklda bo’lib, miq-yosi va maqsadi jihatidan dastlabki o’zlashtirishdan tubdan farq qiladi. Davlat mulkining paydo bo’lishi va rivojlanishi quyidagi yo’llar orqali amalga oshiriladi: a) mulkni milliylashtirish (natsionalizatsiya qilish), boshqacha aytganda, xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish; b) davlat mablag’i hisobidan korxonalar o’rniga boshqa zarur ob’ektlarni vujudga keltirish; bosh-qa mulk sub’ektlariga daromadlarning bir qismini soliq undirish orqali davlat byudjetiga olish. Xozirgi ko’rinishdagi davlat mulkini vujudga keltirishdagi dastlabki qadam Germaniya kantsleri, tarixda «temir kantsler» nomi bilan qolgan Otto fon Bismark nomi bilan bog’liq. U 1873 yili temir yo’l kompaniyalarini inqirozdan saqlab qolish uchun Prussiya temir yo’llarini davlat mulkiga aylantirdi. Tamaki mahsulotiga davlat monopoliyasini o’rnatdi. Ko’pgina xususiy mulk egalari Bismark faoliyatini «tamaki sotsializmi»ga o’tish deb baholashdi. XX asrning 50—60- yillarida boshlangan fan-texnika inqilobi tufayli o’arb mamlakatlarida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mehnat va ishlab chiqarish kooperatsiyasi, integratsiyasi natijasida davlatga qarashli yirik korxonalar va tarmoqlar vujudga keldi. Davlatning iqtisodiyotga ta’siri kuchaydi. Kapital ko’p talab qiladigan, qilingan xarajatlar tezda qoplanmaydigan, yaxshi foyda bermaydigan tarmoqlar davlat ixtiyoriga o’tdi. Sanoatda energiya manbalari, metallurgiya, harbiy-sanoat kompleksi, muhim moliya muassasalari, chunonchi Markaziy bank va ishlab chiqarish hamda sotsial infrastruktura davlat mulki hisoblanadi. Klassik kapitalizm va moliya kapitali hukmronligidan so’ng o’arbda sotsial-iqtisodiy rivojlanishda yangi davr qaror topdi. Bunda xususiy mulk makroiqtisodiyot miqyosida davlat sektori tomonidan «qisiladi» (suriladi). Iqtisodchilar keltirgan ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi paytda yalpi milliy mahsulotda davlat xarajatlari rivojlangan mamlakatlarda 10 dan 30 foizgacha va undan yuqori. «Ekonomiks» darsligining mualliflari K. R. Makkonell va S. P. Bryular ham AQSh iqtisodiyotida davlat sektori tutgan o’rin kattaligini real fakt deb qayd qiladilar. Turli mamlakatlarda davlat mulki ob’ekti va ulushi bir-biridan farq qiladi. Davlat mulki ma’lum me’yorda bo’ladi, lekin totalitar, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimda o’ta davlatlashtirish yuz berib, davlat mulki monopoliyasi vujudga keladi. Davlat mulki tanho hukmron bo’ladi (II bob). Demokratik aralash iqtisodiyotda esa davlat mulki iqtisodiy zaruriyat talab qilgan me’yorda saqlanadi. Davlat mulki qatoriga atom, kosmik sanoat, undirma sanoatning ma’lum turlari, yirik portlar, temir yo’l, suv omborlari, kanallar, qo’riqxonalar, tarixiy madaniyat obidalari va boshqalar kiradi. Ko’pchilik mamlakatlarda er xususiy mulk ob’ektiga kiradi. O’zbekistonda mulk to’g’risidagi qonunga ko’ra er, suv, qazilma boyliklar, o’simlik va hayvonot dunyosi davlat mulki deb e’lon qi-lingan. Davlat mulkiga davlat tashkilotlari va muassasalarining mulki, davlat byudjetining mablag’lari, davlatga qarashli aktsiyalar ham kiradi. Bundan tashqari, davlatning xorijda ham mulki mavjud bo’ladi. Davlat mulki umumdavlat hamda munitsipal mulk shakli ko’rinishida (munitsipal mulkka viloyat, tuman, shahar, qishloq, hukumatga, idora organlariga qarashli mulk hamda mahalla mulki kiradi). Undan tashqari, mahalliy — kommunal mulk ham bo’lishi mumkin. Birgalikda o’zlashtirishga asoslangan jamoa mulki va davlat mulkidan tashqari bo’linmas mulkka asoslangan jamoa (korxona), oila mulki shaklida ham namoyon bo’lishi mumkin. Xar bir inson birgalikda o’zlashtirishni eng avvalo, oilada his qiladi. Bunda uy-joy, ro’zg’or buyumlari, tomorqa, mashina, birgalikda daromad topish uchun ustaxona, novvoyxona, asbob-uskuna, xom ashyo va boshqa xo’jalik yuritish uchun zarur bo’lgan narsalarni ko’rsatish mumkin. Bu erda shuni ham eslatib o’tish kerak-ki, bizni iqtisodchilarimiz shaxsiy ehtiyojlarni qondirishda foydalaniladigan ne’matlarni shaxsiy mulk sifatida alohida ajratib ko’rsatib, bu mulkdan daromad topish maqsadida foydalanimasligini ta’kidlashadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling