Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Natural xo’jalik. Bu umuminsoniy taraqqiyotda tarixan birinchi, eng uzoq davom etgan
xo’jalik yuritish bo’lib, ishlab chiqarishning industrial bosqichiga o’tilgandan keyin o’z hukmron mavqeini yo’qotadi. Xo’jalik yuritishning tovar shakli esa iqtisodiyotning rivojlangan bosqichiga xos. Har ikki xo’jalik yuritish shakli bir-biridan tubdan farq qiladi; — birinchisi «yopiq» xo’jalik bo’lsa, ikkinchisi «ochiq»; — ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanish darajasi birida past, mehnat universal xarakterga ega bo’lsa, ikkinchisida yuqori; — ijtimoiy mahsulot shakli ham farq qiladi, birida natural, ikkinchisida tovar; — ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchi o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar farqi ham katta. Iqtisodiyotdagi nima, qancha, kim uchun kabi masalalar natural xo’jalikda oson echiladi. Natural xo’jalikda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning maqsadi o’z ehtiyojlarini qondirish. Shuning uchun ham ishlab chiqarish xo’jalik ehtiyojlaridan kelib chiqib olib boriladi. Natural xo’jalik tashkiliy-iqtisodiy jihatdan alohida xo’jaliklardan tarkib topgan. Natural xo’jalik erga mulkchilik munosabatlariga tayanadi. Erning bosh mulk egasi sifatida davlat qo’lida to’planishi davlat hukmronligi bilan mulkchilikning bir-biriga chatishib ketishiga olib keldi. Shu sababli odamlar o’rtasidagi munosabatlar ham to’g’ridan-to’g’ri yuz beradi. Natural xo’jalikning ana shu xususiyatlari uning konservativligi, barqarorligi, turg’unligi, sustkashligiga asosiy sabab bo’ldi. Aynan ana shular qishloq xo’jaligida dehqon jamoalarining erga bo’lgan jamoa mulki asosida minglab yillar saqlanib qolishiga sabab bo’ldi. Natural xo’jalikda ishlab chiqarish hajm jihatidan ham, sifat jihatidan ham cheklangan. Maqsad deyarli doimo bir xil va bir zayldagi ehtiyojlarni qondirishga qaratilgani sababli ijtimoiy xo’jalikning rivojlanish sur’atlari ham past bo’lgan. Natural xo’jalik alohida xo’jalik birliklaridan (oila — jamoa, pomeste — pomeshchiklarning er mulki) iborat bo’lib, har biri o’zining ishlab chiqarish resurslariga ega, o’zini o’zi ta’minlaydigan yopiq tizim. Hamma ishlab chiqarish turlari xo’jalikning o’zida bajariladi. Resurslar topishdan boshlab, tayyor mahsulotni iste’mol qilishgacha xo’jalik doirasida yuz beradi. Natural xo’jalikka universal qo’l mehnati xos. Har bir kishi hamma asosiy ishlarni o’zi bajaradi. Uning moddiy asosi eng oddiy mehnat qurollari (omoch, xaskash, bolta va hokazolar) bo’lib, mehnat unumi g’oyat past. Natural xo’jalikka to’g’ridan-to’g’ri aloqalar xos bo’lib, u ishlab chiqarish — taqsimot Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling