Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALARI
Xulosa
*Bozor iqtisodiyotining afzalligi barcha mamlakatlarni bozor iqtisodiyotini tanlashga olib keldi va unga o’tishni umumiqtisodiy jarayonga aylantirdi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish murakkab jarayon. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha mamlakatlar uchun umumiy jihatlari bo’lishi bilan birga har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chikib, o’ziga xos o’tish yo’li bor. *Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarga xos bo’lgan ayrim jihatlarni umumiy ekanligi ni hisobga olib, ularni 3 guruhga bo’linadi: 1. Rivojlangan mamlakatlar yo’li. yoki klassik yo’l. 2. Mustamlakachilikdan ozod bo’lgan, rivojlanayotgan yosh mamlakatlar yo’li. 3. Sobiq sotsialistik mamlakatlar yoki rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’li. *Klassik yo’l evolyutsion yo’l bo’lib, aralash iqtisodiyotga transformatsiyalashuvni aks ettirsa, rivojlanayotgan mamlakatlar mustamlakachilikdan qutilib, qoloq an’anaviy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishdir. Uchinchi yo’l bozor iqtisodiyotiyo’lidan borayotgan mamlakatlarni revolyutsiya(inqilob) tufayli bu yo’ldan to’xtatib, bozor munosabatlarini cheklashdan bozor iqtisodiyotiga qaytish yo’li. *Shu bilan birga bozor iqtisodiyotiga o’tishning har bir mamlakat uchun o’ziga xos tomonlari borki, ular shu mamlakatga tegishli xususiyatlardan kelib chiqadi va mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o’tishida hisobga olinishi zarur. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tar ekan, yurtimizning o’ziga xos xususiyatlari «O’zbek modeli»da o’z aksini topgan. ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALARI 1. Uklad 2. Ijtimoiy – iqtisodiy uklad 3. Ko’p ukladli iqtisodiyot 4. Tamoyil 5. Kontseptsiya 6. Iqtisodiy isloxotlar. 7. o’tish davri 8. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi a) mamlakatning iqtisodiy sektorida ishlab chiqarish omillariga mulkchilikning biron – bir shakli, tartibga solish mexanizmiga muvofiq vujudga kelgan iqtisodiy munosabatlar xo’jalik yuritish shakli. b) Faoliyat uchun asos qilib olinadigan qonun – qoida, nuqtai nazar qarashlar v) kishining xayot kechirishi, xo’jalik yuritish printsipida o’rnatilgan yoki joriy qilinadigan tartib. g) Turli mulk shakillari va xar xil xo’jalik turlari yaxlitligidan tashkil topgan iqtisodiyot. d) Iqtisodiyotda o’tkazilgan, amalga oshirilgan tub o’zgartirishlar e) Qarashlar, fikr yuritish, dunyoni anglash usuli. yo) Markaziy rejalashtiriladigan ma’muriy – buyruqbozlikka asoslangan totalitar iqtisodiy tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning qonun – qoidalari va uning O’zbekistondagi o’ziga xos xususiyatlariga oid ilmiy qarashlar majmui. j) Ma’muriy buyruqbozlik tizimi o’rniga bozor iqtisodiyotiga xos mexanizmni shakllantirish uchun zarur vaqt yoki postsotsializm, postkommunizmning bozor iqtisodiyotiga transformatsiyasi davri. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling