Iqtisod moliya


Takrorlash va munozara uchun savollar


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Takrorlash va munozara uchun savollar 
 
1. Bozor iqtisodiyotiga o’tish nima sababdan umumiqtisodiy jarayonga aylanadi? 
2. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’li qanday omillarga bog’liq. Turli 
modellarning umumiy tomoni-chi? 
3. Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun islohotlar o’tkazishning ikki yo’li qanday farqlanadi? 
4. Jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti tarixiga kirgan qanday modellarni bilasiz? 
5. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda e’tiborga olish zarur bo’lgan O’zbekis-tonning qanday 
o’ziga xos xususiyatlari bor? 
6. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasining bosh-qa modellaridan 
farqini ko’rsating? 
7. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichi yakunlari va ikkinchi bosqichda 
amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish jarayonini 
izohlang. 
Masala va mashqlar 
 
Quyidagilarni o’qing, diqqat qiling: bu o’zgarishlar iqtisodiy islohotlarning qaysi 
sohalariga xos. 
1. Mahalladagi sartaroshxona, do’koncha, poyafzal tuzatish ustaxonasi 
xususiylashtirildi. 
2. Moliya Vazirligi va Markaziy bankning tizumi va vazifalari o’zgartirildi. 
3. Kiyim – kechaklarga qat’iy narx belgilash bekor qilindi. 
4. Yilni zarar bilan yakunlagan “Besh buloq” shirkati asosida fermer xo’jaliklari tashkil 
etildi.  
5. Respublikamizda 1995 yilga kelib shaxsiy tomorqa uchun ajratilgan er 700 ming 
gektarga etdi.  
6. Respublika tovar, xom ashyo birjasi tashkil etildi. 
7. Xom ashyo narxlarini davlat tomonidan tartibga solish to’xtatildi. 
8. Toshkent to’qimachilik kombinati aktsionerlik jamiyatiga aylantirildi. 
9. Respublika fond birjasi tashkil etildi. 
10. Uy – joy fondi xususiylashtirildi. 
11. Bojxona tarmoqlari ishlab chiqildi. 
12. Ruxsatnoma asosida chetga chiqariladigan maxsulot turlari 1994 yilning o’zidayoq 74 
tadan 11 taga kamaytirildi. 
13. Ish xaqi va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha marta oshirildi. 
14. 2000 yili O’zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni 
rivojlantirish davlat qo’mitasi tashkil qilindi. 
15. Respublikamizda non va non maxsulotlariga dotatsiyalar saqlab qolindi. 
16. Valyuta birjasi tashkil etildi. 
17. O’zbekiston 1994 yili “Tarmoqlar va savdo” bosh bitimi (GATT)da kuzatuvchi 
maqomini oldi 
18. Ayollarga 54 yoshdan pensiyaga chiqish joriy qilindi. 


19. Respublika ko’chmas mulk birjasi tashkil etildi. 
T/H 
1.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning klassik modelining o’zi 3 guruhga bo’linib, uning 
mezonlari qilib: 
a) davlat dasturlarining maqsadi;
b) iqtisodiyotni tartibgasolish usullari;
v) iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi; 
g) ish xaqidagi farqlar olingan;
2.Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli guruxiga kiruvchi mamlakatlarda mulkda davlat ulushi 
nisbatan pastligi jamiyatning tabaqalanishini kuchayishi;
3.Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli davlat tadbirkorlikni rivojlantirishga 
aloxida axamiyat berishi; iqtisodiyotda davlat mulki xissasining kamligi, ish xaqi farqi kattaligi 
va axolii tabaqalanishi kuchliligi bilan ajralib turadi.
4.Korporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznesmanfaatini ximoya qilish, asosiy 
ustuvor tarmoqlarni aniqlab, ularning rivojlanishiga yordam berishi, davlat mulki xissasi pastligi 
ish xaqidagi farq katta emasligi bilan xarakterlanadi 
5.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning tarixiynuqtai nazardan iqtisodchilar ikki guruxga 
bo’ladilar: 
1) G’arbiyo Evropa va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo’li; 
2) Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li;
6.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning Janubiy Korea modelining boshqa modellardan 
davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi sa’sirining nixoyatda kuchliligi Bilan ajralib turadi.
7.Xitoy modeli iqtisodiy qurishni qishloq xo’jaligini islox qilishdan boshlanishi Bilan 
xarakterlanadi.
8.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’zbek modeli xam bir tomondan bozor iqtisodiyoti 
modellarining umumiy jixatlariga asoslanadi, shu Bilan birga boshqa mamlakatlardan ajratib 
turuvchi o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.
9.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chikarishda boshqa mamlakatlar yo’lidan 
borildi.
10.Iqtisodiy isloxatlarning ikkinchi bosqichidagi amalga oshirilishi. Shu lozim bo’lgan 
birinchi va extimolni asosiy vazifa davlat mulklarini xususiylashtirish yo’lida boshlangan ishni 
oxiriga etkazishdir.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling