Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Ub=(Um+Ui)–Ue 
 Ub — bozordagi tovarlar va xizmatlar hajmi. (Ular o’z navbati bilan tovar miqdori va 
narxiga bog’liq.)
Um — mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar hajmi. 
Ui — chetdan keltirilgan tovarlar hajmi.


Ue — chetga chiqarilgan tovarlar hajmi. 
Bundan tashqari, tovar oboroti hajmi, tovarlar va xizmatlarni sotish vaqtiga ham bog’liq.
Bozorning mohiyati, ahamiyati, uning iqtisodiy munosabatlar tizimida bajaradigan 
vazifalarida to’laroq namoyon bo’ladi. Ular quyidagilar: 
1.Vositachilik qilish. Ayirboshlash orqali ishlab chiqarish bilan iste’mol bog’lanadi. 
Ma’lumki, tovar harakati uni ishlab chiqarishdan boshlanib iste’mol bilan tugallanadi. Shu 
harakatning sekin va tez borishi bozorga bog’liq. Shuni bilamizki, pirovard maqsad tovarni 
iste’mol etish. Ehtiyoj bozorga talab shaklida chiqadi va tovarni pulga ayirboshlash orqali 
qondiriladi. Chunki, tovar ishlab chiqarishdan so’ng mahsulotlar bozordan o’tmay turib 
to’g’ridan-to’g’ri iste’molchiga kelib tushmaydi. 
Ishlab chiqarish vositalarini korxona va firmalarga etkazib berish orqali ishlab chiqarish 
moddiy asosi qayta takror yaratiladi va rivojlantiriladi. 
Tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishga ketgan sarflar naqadar o’rinli ekanligini 
aniqlaydi (xaridor tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi) va xarajatlarni pasaytirishga undaydi. 
Xalqaro mehnat taqsimoti taqozo etgan iqtisodiy aloqalarni o’rnatish vositasi bo’lib 
xizmat qilish va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga ta’sir ko’rsatadi.Bozor ishlab chiqaruvchi 
va iste’molchini bog’lab, baho (foyda, zarar) yordamida iqtisodiyotni asosiy muammosi: nima? 
qanday va qancha? kimga? masalasini echadi. 
2.Narx belgilash. Bozorda talab va taklif nisbatiga ko’ra muvozanat narxi shakllanadi 
(VII bob). 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling