Iqtisod moliya
-§. Bozor tuzilishi va uning murakkabligi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Bozorni tovar va xizmatlar bilan ta’minlash darajasiga ko’ra: taqchil, muvozanatlashgan va to’kin bozorga bo’linadi.
2-§. Bozor tuzilishi va uning murakkabligi,
unga turli jihatdan yondashish Bozor munosabatlari bir-biriga bog’liq, bir-birini taqozo etuvchi murakkab ichki tuzilishiga ega. Bozorni ichki tuzilishini izohlaganda har xil mezonlar jihatidan yondashish mumkin. Bozor tuzilishining umum qabul qilingan klassifikatsiyalari yo’q. Lekin ma’lum belgilariga ko’ra guruhlarga, turlarga ajratiladi. 1.Bozorni tovar va xizmatlar bilan ta’minlash darajasiga ko’ra: taqchil, muvozanatlashgan va to’kin bozorga bo’linadi. Odatda, to’yingan bozorda tovarlar talabga etarli bo’ladi, ularni tanlash imkoniyati mavjud bo’ladi. Taqchil bozorda tovarlar etarli bo’lmaydi, ular aksariyat hollarda talabga javob bermaydi va narxlarning ortib borishi bilan ajralib turadi. Taqchil bozor nosog’lom iqtisodiyotdan darak beradi. Ba’zi hollarda taqchillik o’zi o’tkinchi va surunkali bo’lishi mumkin. Masalan, ishlab chiqarishda yangi tovar paydo bo’ldi, deylik. Tabiiyki, yangi tovar turiga bo’lgan talabni birdaniga qondirib bo’lmaydi. Ma’lum davr, aytaylik 3—4 oy yangi tovar taqchil bo’lib turadi. Lekin ma’lum davrdan so’ng shu tovar turiga bo’lgan talab qondirilsa, bozor taqchillikdan xalos bo’ladi. Agarda shu tovar turiga bo’lgan ehtiyoj uzoq vaqt davomida qondirilmay qolaversa, surunkali taqchillik yuzaga keladi. To’yingan bozor barqaror iqtisodiyotni anglatadi. Bu erda tovarlar mo’l-ko’l, pul taqchil bo’ladi. Kuzatuvlarga qaraganda AQSh dagi supermarketlarda 12000 xil oziq-ovqat mahsulotlari borligi ma’lum bo’lgan. To’yingan bozorda talabga ko’ra tovar turlari va markalari tez-tez almashib turadi. Taqchil bozorda ayirboshlash o’zining erkin tabiiy holatidan chiqib, nazorat ostiga olinadi. Bu erda oldi-sotdi o’zining ahamiyatini yo’qotadi, ayirboshlash normali taqsimlash shakliga o’tadi. To’yingan bozorda erkin oldi-sotdi yuz beradi, bunda erkin narx, pul asosiy vosita bo’ladi. Bozorning tabiiy holati mana shunday bo’lishi shart. Bozorning to’yinish darajasi bozorga chiqqan talab qondirilishini ifodalaydi. Uni sotilgan tovarlar miqdorining talabiga nisbati tarzida aniqlash mumkin. Bu nisbat to’yinish kaeffitsienti deyiladi. Masalan, bozorda talab 1 mln. so’m, sotilgan tovarlar summasi 700 ming so’m bo’lsa, bunday to’yinish koeffitsienti 0,7 bo’ladi, chunki 700000:1000000=0,7 Agarda tovarlar ko’payib, ularning sotilish miqdori talabga tenglashsa bozor to’yinadi. Aytaylik, talab o’zgarmay 1 mln. so’mligicha qoldi, ammo sotilgan tovarlar soni 700 ming so’mdan 1 mln. so’mga etdi. Endi bu holda bozorning to’yinish darajasi koeffitsienti 1 ga teng bo’ladi, chunki, 1 mln.: 1 mln. 1 ga teng. Bozorning to’yinishi talabning o’zgarishini ham hisobga oladi va uni qondirish payida bo’ladi. To’yingan bozorda taqchil bozorga nisbatan farqli o’laroq, tovar ko’p bo’lib, pul etishmaydi, nati-jada tovarni tanlash imkoniyati paydo bo’ladi. Bu esa pul topishga intilishni kuchaytiradi, ishlab chiqarishni rag’batlantiradi. Taqchil bozorda esa talab qondirilmaganligi sababli pul bor, tovar esa etishmaydi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling