Iqtisod moliya


-§. Bozor tuzilishi va uning murakkabligi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

2-§. Bozor tuzilishi va uning murakkabligi
unga turli jihatdan yondashish 
 
Bozor munosabatlari bir-biriga bog’liq, bir-birini taqozo etuvchi murakkab ichki 
tuzilishiga ega. Bozorni ichki tuzilishini izohlaganda har xil mezonlar jihatidan yondashish 
mumkin. Bozor tuzilishining umum qabul qilingan klassifikatsiyalari yo’q. Lekin ma’lum 
belgilariga ko’ra guruhlarga, turlarga ajratiladi. 
1.Bozorni tovar va xizmatlar bilan ta’minlash darajasiga ko’ra: taqchil, 
muvozanatlashgan va to’kin bozorga bo’linadi. 
 Odatda, to’yingan bozorda tovarlar talabga etarli bo’ladi, ularni tanlash imkoniyati 
mavjud bo’ladi. Taqchil bozorda tovarlar etarli bo’lmaydi, ular aksariyat hollarda talabga javob 
bermaydi va narxlarning ortib borishi bilan ajralib turadi. Taqchil bozor nosog’lom 
iqtisodiyotdan darak beradi. Ba’zi hollarda taqchillik o’zi o’tkinchi va surunkali bo’lishi 
mumkin. Masalan, ishlab chiqarishda yangi tovar paydo bo’ldi, deylik. Tabiiyki, yangi tovar 
turiga bo’lgan talabni birdaniga qondirib bo’lmaydi. Ma’lum davr, aytaylik 3—4 oy yangi tovar 
taqchil bo’lib turadi. Lekin ma’lum davrdan so’ng shu tovar turiga bo’lgan talab qondirilsa, 
bozor taqchillikdan xalos bo’ladi. Agarda shu tovar turiga bo’lgan ehtiyoj uzoq vaqt davomida 
qondirilmay qolaversa, surunkali taqchillik yuzaga keladi. 
To’yingan bozor barqaror iqtisodiyotni anglatadi. Bu erda tovarlar mo’l-ko’l, pul taqchil 
bo’ladi. Kuzatuvlarga qaraganda AQSh dagi supermarketlarda 12000 xil oziq-ovqat mahsulotlari 
borligi ma’lum bo’lgan. To’yingan bozorda talabga ko’ra tovar turlari va markalari tez-tez 
almashib turadi. 
Taqchil bozorda ayirboshlash o’zining erkin tabiiy holatidan chiqib, nazorat ostiga 
olinadi. Bu erda oldi-sotdi o’zining ahamiyatini yo’qotadi, ayirboshlash normali taqsimlash 
shakliga o’tadi. To’yingan bozorda erkin oldi-sotdi yuz beradi, bunda erkin narx, pul asosiy 
vosita bo’ladi. Bozorning tabiiy holati mana shunday bo’lishi shart. 
Bozorning to’yinish darajasi bozorga chiqqan talab qondirilishini ifodalaydi. Uni sotilgan 
tovarlar miqdorining talabiga nisbati tarzida aniqlash mumkin. Bu nisbat to’yinish kaeffitsienti 
deyiladi. Masalan, bozorda talab 1 mln. so’m, sotilgan tovarlar summasi 700 ming so’m bo’lsa, 
bunday to’yinish koeffitsienti 0,7 bo’ladi, chunki 700000:1000000=0,7 
Agarda tovarlar ko’payib, ularning sotilish miqdori talabga tenglashsa bozor to’yinadi. 
Aytaylik, talab o’zgarmay 1 mln. so’mligicha qoldi, ammo sotilgan tovarlar soni 700 ming 
so’mdan 1 mln. so’mga etdi. Endi bu holda bozorning to’yinish darajasi koeffitsienti 1 ga teng 
bo’ladi, chunki, 1 mln.: 1 mln. 1 ga teng. 
Bozorning to’yinishi talabning o’zgarishini ham hisobga oladi va uni qondirish payida 
bo’ladi. To’yingan bozorda taqchil bozorga nisbatan farqli o’laroq, tovar ko’p bo’lib, pul 
etishmaydi, nati-jada tovarni tanlash imkoniyati paydo bo’ladi. Bu esa pul topishga intilishni 
kuchaytiradi, ishlab chiqarishni rag’batlantiradi. Taqchil bozorda esa talab qondirilmaganligi 
sababli pul bor, tovar esa etishmaydi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling