Iqtisod moliya
iste’molchilarning bog’lanishi, hamkorligini tashkil etish, tartibga solish, boshqarish tizimi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
iste’molchilarning bog’lanishi, hamkorligini tashkil etish, tartibga solish, boshqarish tizimi
tushuniladi. Tovar muomalasida ishtirok etuvchilar bozor sub’ektlari bo’ladi. Ular jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslar vakolatini olganlar bo’lib, alohida kishidan tortib to ayrim olingan davlatlargacha bo’lishi mumkin. Bozordagi turli-tuman tovarlar va xizmatlar bozor ob’ektlari bo’ladi. Bozor ob’ektining xilma-xilligi va miqdori ishlab chiqarishning qay darajada rivojlanganligini ko’rsatadi. Hozirgi payt-da rivojlangan mamlakatlarda 25 mingdan ortiq tovar va xizmatlar turi mavjud. Bozor aloqalari bevosita va bilvosita amalga oshadi. Bevosita bozor aloqasi yuz berganda tovar ishlab chiqaruvchi yoki uning vakili iste’molchi yoki xaridorning o’zi bilan to’g’ridan- to’g’ri oldi-sotdi ishlarini olib boradi. Bunga asosan kichik korxona va firmalarni misol qilib olish mumkin. Chunki, ular etishtirgan mahsulot kam, tor doirada bo’lganligi uchun ham hech qanday vositasiz bozorda o’z tovarlarini sotishi mumkin. Yana shunday munosabatlar borki, biz uni bilvosita bozor aloqasi deb belgilaymiz. O’z-o’zidan ko’rinadiki, u aloqada sotuvchi bilan xaridor va ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o’rtasida munosabatni tezlashtirish —yaxshilash, xarajatlarni kamaytirish maqsadida vositachi ahli maydonga keladi-da, ularning mushkulini osonlashtiradi. U qanday amalga oshadi? Bu savolga javob shuki, agarda men katta bir firma yoki ishlab chiqarishni tashkil etuvchisi bo’lsam men uchun o’sha etishtirgan mahsulotimni o’zim sotgandan ko’ra o’rtadagi vositachilarga arzonroq narxda sotganim afzal. Chunki, men tovarlarni qanchalik tez sotsam, undan tushgan pulni ishlab chiqarishga tezroq sarflab, yanada ko’proq foyda olishimni ko’zda tutgan bo’laman. Agar jahon tajribasiga nazar soladigan bo’lsak, rivojlangan mamlakatlarning bozorida bilvosita bozor aloqalari ustundir. Chunki, bozor rivojlangan sari uning sir-asrorlarini bilish, oldi-berdi operatsiyasini o’tkazish maxsus tayyorgarlik va mahorat talab qiladi. Bu ishlarni ixtisoslashgan tijorat firmalari, savdo-sotiq agentlari, broker, makler va dilerlar kabi vositachilar o’z zimmasiga oladi. Vositachilar ishlab chiqaruvchilarning vaqtlarini tejab, tovarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha bo’lgan harakatini tezlashtiradi. Ishlab chiqaruvchi uchun bozor hajmi muhim ko’rsatkich, chunki u bozorda tovarni sotilish miqdori bo’lib har bir tovarning narxiga bog’liq bo’ladi. Bozor hajmi nafaqat ishlab chiqarish miqyosiga, balki uning ixtisoslashuviga ham bog’liq. Ixtisoslashuv qanchalik chuqurlashsa mahsulotlarning tovarlik darajasi shunchalik oshadi, shunchalik ko’p tovarni bozorda ayirboshlash zarurati kelib chiqadi. 1996 yilda AQShning ichki bozor hajmi 7,4 trln dollarlik tovar muomalasi bilan ifodalangandi. Odatda, bozor hajmi yalpi milliy mahsulot hajmiga nisbatan to’g’ri proportsional o’zgaradi. Bozorning hajmi qay darajadaligini tovar oboroti ko’rsatadi. U avvalo tovarlar va xizmatlar hajmiga bog’liq. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling