Ue — chetga chiqarilgan tovarlar hajmi.
Bundan tashqari,
tovar oboroti hajmi, tovarlar va xizmatlarni sotish vaqtiga ham bog’liq.
Bozorning mohiyati,
ahamiyati, uning iqtisodiy munosabatlar tizimida bajaradigan
vazifalarida to’laroq namoyon bo’ladi. Ular quyidagilar:
1.Vositachilik qilish. Ayirboshlash orqali ishlab chiqarish bilan iste’mol bog’lanadi.
Ma’lumki, tovar harakati uni ishlab chiqarishdan boshlanib iste’mol bilan tugallanadi. Shu
harakatning sekin va tez borishi bozorga bog’liq.
Shuni bilamizki, pirovard maqsad tovarni
iste’mol etish. Ehtiyoj bozorga talab shaklida chiqadi va tovarni
pulga ayirboshlash orqali
qondiriladi. Chunki, tovar ishlab chiqarishdan so’ng mahsulotlar bozordan o’tmay turib
to’g’ridan-to’g’ri iste’molchiga kelib tushmaydi.
Ishlab chiqarish vositalarini korxona va firmalarga etkazib berish
orqali ishlab chiqarish
moddiy asosi qayta takror yaratiladi va rivojlantiriladi.
Tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishga ketgan sarflar naqadar o’rinli ekanligini
aniqlaydi (xaridor tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi) va xarajatlarni pasaytirishga undaydi.
Xalqaro mehnat taqsimoti taqozo etgan iqtisodiy aloqalarni o’rnatish vositasi bo’lib
xizmat qilish va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga ta’sir ko’rsatadi.Bozor
ishlab chiqaruvchi
va iste’molchini bog’lab, baho (foyda, zarar) yordamida iqtisodiyotni asosiy muammosi: nima?
qanday va qancha? kimga? masalasini echadi.
2.Narx belgilash. Bozorda talab va taklif nisbatiga ko’ra muvozanat narxi shakllanadi
(VII bob).
Do'stlaringiz bilan baham: