Iqtisod moliya
Tashkiliy jihatdan raqobat kurashi cheklanishiga ko’ra bozor quyidagi turlarga
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
2.Tashkiliy jihatdan raqobat kurashi cheklanishiga ko’ra bozor quyidagi turlarga
bo’linadi: a) mukammal, raqobatga asoslangan erkin bozor; b) cheklangan raqobatga asoslangan bozor; v) oligopolistik bozor; g) sof monopolistik bozor. Erkin bozorda sotuvchi va xaridorlar ko’pchilik bo’lib, ularni miqdori cheklanmagan. Monopol raqobatli, ya’ni cheklangan raqobatga asoslangan bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan firmalar ishtirok etadi. Masalan, AQSh da kiyim-kechak bozorini olsak, kostyum va palto tikib sotishda 32 firma qatnashadi. Shulardan 20 tasi asosiy qismini tikadi. Oligopolistik bozorda sanoqli ozchilik firmalar qatnashadi. Masalan, Yaponiyada avtomobil bozori «Toyota», «Xonda», «Nissan», AQSh da «Ford», «Kraysler», «Djeneral Motors» kabi kontsernlar qo’lida. Sof monopol bozorda sotuvchi sifatida bir firma tanho hukm-ron bo’ladi. AQSh da IVM korporatsiyasi kompyuter ishlab chiqarish bo’yicha hukmron. Ular kompyuterlarni 80—85% ini ishlab chiqaradilar. 60- yillarda shveytsariyalik «Jiori Di La Ryu» kompaniyasi pul bosib chiqaradigan mashinalar ishlab chiqishda dunyoda tanho hukmron bo’lib, har bir mamlakatning topshirig’iga qarab mahsulot ishlab chiqargan. Ishlab chiqaruvchilar ko’p, iste’molchi, xaridor bitta bo’lsa, iste’molchining sof monopoliyasi, ya’ni monop-soniya (yakka xaridor yoki yakka iste’molchi) hukmron bo’ladi. Bunga misol qilib olmosga ishlov beruvchi «De Birs» firmasini, O’zbekistonda, bozorini ko’r-satish mumkin. 3.Ta’sir doirasi, hududi jihatidan: mahalliy, regional, milliy, jahon bozoriga bo’linadi. Mahalliy bozor — bu muayyan mamlakatning davlat chegarasi doirasi bilan cheklangan shahar, tuman, viloyat hududlaridagi bo-zorlar hisoblanib, ulardagi tovarlar ko’lami va xilma- xilligi, eng avvalo mahalliy qishloq xo’jaligi va sanoatning rivoji hamda yo’nalishi bilan belgilanadi. Shuning uchun bu bozorlardagi tovarlar asosan oziq-ovqat, keng iste’mol, sanoat mollari, xo’jalik va uy-joy qurilish buyumlaridan iborat bo’ladi. Mahalliy bozorlarning turliligi, ularning xususiyatlari shu erlik xalqlarning boyligi bo’lib, bu ularning uzoq yillar mobaynida shakllangan taraqqiyotining natijasidir. Regional bozor deganda bir mamlakat doirasidagi regionlar o’rtasida tashkil etilgan bozor tushuniladi. Bu bozor ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi natijasida yuzaga keladi. Regional bozorning milliy bozorga nisbatan imkoniyatlari ko’p bo’lib, mol turlari ancha keng va mehnat taqsimoti chuqurligi sababli tovar almashinish ko’lami ham kengdir. Chunki, bu erda bir necha regionlar qatnashadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling