Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
2.Resurslar bozori. Bu bozorda uy xo’jaligi (oilalar)ning mulki bo’lgan resurslar (ayrim
adabiyotlarda tabiiy, kapital, mehnat resurslari, ayrim adabiyotlarda er, mehnat, kapital, tadbirkorlik) sotiladi. Ularni firma, korxonalar sotib oladi. Bozorda ishlab chiqarish vositalarining erkin sotilishi moddiy resurslar harakatini tezlashtiradi, ular narx vositasida turli sohalar va korxonalar o’rtasida talabni hisobga olib taqsimlanadi. Bozor resurslarning erkin harakatini bildiradi, resurslar bilan kafolatni ta’minlashga olib keladi, chunki ularni topish engillashadi. Pul bo’lsa, bozorda resurslar har doim topiladi. Resurslar bozori real investitsiya qilishga sharoit yaratadi. Iqtisodiy o’sish uchun jamg’arishning pul shakli emas, uning moddiy shakli zarur. Buni bozor ta’minlaydi. Faqat bozorda pul shaklidagi investitsiya moddiylashib ishlab chiqarish resursiga aylana oladi. Ishlab chiqarish omillari bozori ishlab chiqarishni yuritish uchun zarur bo’lgan va tovarga aylangan mehnat vositalari, xom ashyo materiallarini to’g’ridan-to’g’ri yoki vositachilar orqali oldi-sotdi qilinadi. Ishlab chiqarish vositalari ulgurji baholarda yirik partiyada ko’tarasiga sotiladi. Resurslar bozori o’zining uch belgisi bilan boshqa bozorlardan farq qiladi: birinchidan, bu erda tabiat in’omi bo’lgan tabiiy resurslar ham ayirboshlanadi; ikkinchidan, oldi-sotdi etilgan tovarlar o’z egasini o’zgartirishi, ya’ni ular bir mulk ob’ektidan boshqa mulk ob’ektiga aylanishi shart emas. Uchinchidan, mazkur bozordagi ayirboshlash munosabatlari odatda bevosita ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasida yuz beradi. Ular o’rtasiga vositachilar kam hollarda tushadilar. Ma’lumki, bozorda sotuvchining daromadi xaridorning xarajati sifatida namoyon bo’ladi. Bozorlar bilan unda qatnashuvchi sotuvchi va xaridorlar (uy xo’jaligi, firma, korxonalar) o’rtasidagi aloqalarni, resurslar, mahsulot xarajat va daromadlar harakatini bir butun holda olib qarasak, mahsulot va daromadlar doiraviy aylanishi modeli tarzida ko’rish mumkin. Bu erda shunga e’tibor berish kerakki, har ikki bozorda ham uy xo’jaligi (oilalar), firma (korxona)lar qatnashib, goh sotuvchi, goh xaridor sifatida maydonga chiqadi. Har bir oldi-sotdi jarayonida cheklanganlik muhim rol o’ynaydi. Uy xo’jaligi resurs- lari bilan cheklan-ganligi sababli firma, korxona-larni shu resurslar bilan ta’minlash ham cheklanadi. Muvofiq ravishda ularning daromad-lari ham. Shuning uchun ham har bir iste’molchining daromadiga ko’ra o’ziga xos ravishda xarid quvvati chegarasi belgilanadi. Bozor tuzilishiga qay jihatdan yondashmaylik, oxir-oqibat u xuddi shunday model tarzida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyotiga istalgan tovarlar mavjud bo’lgan bozor xosdir. Bozor munosabatlariga o’tish ishlab chiqarish vositalarini, iste’mol tovarlarini iste’molchilarga bozor orqali erkin sotish imkonini beradi. Ushbu aloqalar ulgurji savdoda tovar birjalari orqali amalga oshadi. Bozor iqtisodiyotida ulgurji savdoda tovar (paxta, don, metall va boshqalar) erkin narxda, naqd pulsiz, korxonalarning bankdagi maxsus hisob raqami orqali hisob-kitob yuritish yo’li bilan sotiladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling