Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon bozori
- 4.Bozor savdoning hajmi, xarakteriga ko’ra: ulgurji, mayda ulgurji, chakana savdo bozorlariga bo’linadi.
- Tovarlarni chetdan erkin keltirish yoki chiqarishga qarab bozor ochiq bozor va yopiq bozor
Milliy bozor — har bir mamlakatning bozorlari. Milliy bozorda har bir millatning
qadimdan mavjud jamiyat taraqqiyoti bilan rivojlanib borayotgan an’anaviy hunarmandchilik mahsulotlari sotiladi. Bugun respublikamizda kulolchilik, qandolatchilik, temirchilik, zargarlik va boshqa hunarmandchilik buyumlari muhim o’rin tutadi. Jahon bozori xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biriga bog’langan turli mamlakatlar o’rtasidagi barqaror oldi-sotdi munosabatlaridir. Bu bozorda turli mamlakatlar ishlab chiqaradigan tovarlarning hammasi emas, balki mamlakatlararo ayirboshlanishi zarur bo’lgan turlarigina sotiladi. Binobarin, jahon bozorining tovar ayirboshlanishi cheklangan bo’ladi. Ularga asosan asbob-uskuna, neft, ko’mir, metall, paxta, don, choy, kofe, jun, yog’och kabi tovarlar kiradi. Regional va mahalliy, milliy bozordagi ko’pgina tovarlar jahon bozorida bo’lmaydi. Bozor, avvalo milliy, keyin esa baynalmilal jarayondir. Milliy bozorsiz jahon bozori bo’lmaydi. Milliy bozorlar rivojlanib, to’yinib keyin xalqaro bozorga qo’shiladi. 4.Bozor savdoning hajmi, xarakteriga ko’ra: ulgurji, mayda ulgurji, chakana savdo bozorlariga bo’linadi. Undan tashqari, tarmoqlar bo’yicha: avtomobil, kompyuter, qishloq xo’jaligi mashinalari va hokazolarga bo’linadi. 5. Bozor aloqalarining qonuniyligi nuqtai nazaridan bozor: a) legal, qonuniy bozor; b) noqonuniy — pinhoniy bozordan iborat. Legal qonuniy bozor deganda, qonunchilik asosida amalga oshadigan tovarlar, xizmatlar oldi-sotdisi tushuniladi. Noqonuniy «pinhoniy» bozor esa qonunchilik tomonidan taqiqlangan tovar va xizmatlar bilan oldi-sotdi qilish yoki faoliyat bilan shug’ullanishdir. Bunga: — aholi orasida qurol bilan savdo qilish; — narkotik moddalar biznesi, qimorbozlik; — fohishabozlik; — valyuta bilan chayqovchilik qilish; — «qo’l bola» spirtli ichimliklarni tayyorlash; — reket (bosqinchilik qilish, qurollangan o’g’irlik); — kontrabanda (chegaradan yashirincha mol-tovar o’tkazish yoki chet elga g’ayri- qonuniy mol chiqarish). Yashirin biznes soliqlardan va ishchi kuchini yollashni tartibga solib turuvchi qonun hujjatlaridan xoli bo’lganligi sababli «pinhoniy» bozorda narxlar va ish haqi odatda, «rasmiy» bozordagiga nisbatan pastroq bo’ladi. Aynan shu narsa «pinhoniy» bozor qatnashchilariga g’ayri-qonuniy mo’may daromadni olishlariga imkon yaratadi. U taqiqlangan bozor. Shuning uchun davlat organlari nazoratida bo’ladi. 6.Tovarlarni chetdan erkin keltirish yoki chiqarishga qarab bozor ochiq bozor va yopiq bozor deyiladi. Ochiq bozor xorij tovarlari uchun ochiq bo’lgan milliy va davlatlararo regional bozordir. Ochiq bozor boj to’lovi bilan himoya qilinmaydi, tovarlar cheklanmagan holda keltiriladi. Jahon bozori o’z talabi bilan ochiq bozor hisoblanadi, unda hamma mamlakatlar bemalol qatnasha oladi. Yopiq bozor ichki bozorga, milliy bozorga xosdir. Undagi tovarlar hamma turlari, avvalo mahalliy ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishi darajasiga bog’liq. Mahalliy bozor bir tovar uchun ochiq bo’lsa, ikkinchisi uchun yopiq bo’lishi mumkin. Bunda protektsionizm siyosati qo’llaniladi. Odatda, Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling