Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliya bozori.
- Intellektual tovarlar bozori
Mehnat bozori — ish kuchini oldi-sotdi qilish munosabatini bildiradi. Ish kuchi insonni
mehnat qilish qobiliyati sifatida tovarga aylanadi. Oldi-sotdi orqali potentsial mehnat qobiliyati bozordan o’tib ishlab chiqarishning real (amalda) mehnat omiliga aylanadi. Mehnat bozorining bir tomonida ish kuchi egasi tursa, ikkinchi tomonida ish kuchiga muhtoj korxona, firma turadi. Ish kuchi pulga ayirboshlanganda ish kuchi uning egasi mulki bo’lib qolaveradi, lekin uni ishlatish sotib oluvchi ixtiyoriga o’tadi. Moliya bozori. Bu bozorning muhim o’rni bo’lib, moliya resurs-lari bozoridir. Moliya resurslarining bir qismi bozorni chetlab, ikkinchi qismi bozor orqali o’tadi, mana shu ikkinchi qismi moliya bozorining ob’ekti bo’ladi. Moliya bozori ikkiga bo’linadi: iste’molni qondiradigan pul bozori; birinchi bozordagi pul shaxsiy ehtiyojimizni qondiradi, ikkinchi bozorda pulni kapital sifatida ishlatib foyda olinadi. Shu bozorga kiruvchi qimmatbaho qog’ozlar bozorida aktsiya, veksel, chek, depozit, sertifikatlar oldi-sotdi qilinadi. Qimmatbaho qog’ozlar bozori milliy va jahon bozorlaridan iborat. Moliya bozorining yana bir unsuri valyuta bozoridir. Bu erda turli mamlakatlar valyutasi oldi-sotdi qilinadi. Intellektual tovarlar bozori — bu bozorning maxsus turi bo’lib, aqliy mehnat mahsuli bo’lgan tovarlar xizmatlarning ayir-boshlanishini bildiradi. Bu bozorda sotuvchilar va xaridorlar maxsus tovar hisoblagan ilmiy g’oyalar, texnikaviy yangiliklar, san’at va adabiyot asarlari, xilma-xil axborotlar oldi-sotdisi amalga oshadi. Intellektual tovarlar bozorida ilmiy-texnikaviy ishlanmalar oldi-sotdisi katta o’rin tutadi. U amalda patent, litsenziya nou-xau sotishdan iborat. Bu erda ilmiy-texnikaviy yangiliklar xaridor mulkiga aylanishi sharti bilan yoki o’z egasi mulki bo’la turib, vaqtincha foydalanish sharti bilan sotiladi. Bu bozorda tasviriy san’at bozori, musiqa, kino, antikvar buyumlar va boshqalar o’ziga xos o’rin tutadi. Juda ko’p iqtisodchilar maorif, madaniyat, tibbiyot xizmatlarini ham hozirgi paytda intellektual tovarlar bozoriga qo’shadilar. Intellektual tovarlar bozori ishlab chiqarish novatsiyasiga (yangilanishiga) xizmat qiladi, ya’ni u fan-texnika rivojiga ta’sir etadi. Shu sababli uning ahamiyati umummilliygina emas baynalmilal hamdir. Inovatsion firmalar yangilik topish, loyihalash, qurish, bozorda sotish, ishlab chiqarishga joriy qilish yuzasidan xizmat ko’rsatadi. Bular injiniring, konsalting firmalaridir. Jahon mamlakatlari tajribasi shuni ko’rsatadiki, hozirgi zamonda axborot nihoyatda muhim ahamiyatga ega. 80- yillarning o’rtalarida axborot biznesi bilan AQSh iqtisodiy faol aholisining qariyb 46,6% i band bo’lgan. Axborot biznesining asosiy vazifasi axborot berish, axborot shoxobchalarida xizmat ko’rsatish, aloqa vositalari orqali uni e’lon qilish, axborot ma’lumotlarini yig’ish, o’rgatish, saqlash va qayta ishlash bilan shug’ullanishdan iborat. Maksimal darajada axborotga ega bo’lish g’oyat katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham N. Vinerning «Axborotga ega bo’lgan dunyoni tebratadi» degan iborasi juda mashhur bo’lib ketgan. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling