Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Xulosa 
 
*Bozor deganda tovar va xizmatlarni ayirboshlash, oldi-sotdi qilish aloqalari, sotuvchi va 
xaridor biri-biri bilan oldi-sodi qiladigan joy, va uning azaldan shakllanib kelgan qonun-
qoidalari tushuniladi. Iqtisodiyot nazariyasi uni nazariy jihatdan aynan ayirboshlash 
munosabatlari jihatidan o’rganadi.
*Bozor iqtisodiyoti markazida bozor turadi. Bozor uy xo’jaligi va firma korxonalar 
o’rtasida resurslar, tovar, xizmatlar va pul oqimi harakatini ta’minlaydi. Bozorning mazmuni, 
ahamiyati u bajaradigan funktsiya va vazifalarda yanada to’laroq aks etadi. Bozor uchun uning 
hajmi muhim ahamiyatga ega. U tovar oboroti hajmi bilan aniqlanadi. Bozorni tadqiq etishda 
uning tuzilishini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Bozorning tuzilishi murakkab, unga turli 
jihatdan yondashash mumkin. Bozorni o’rganishdan qo’ygan maqsadimizga ko’ra uning 
tuzilishini o’rganishga qay jihatdan yondashiishni belgilaymiz.
*Bozor aloqalarini o’rnatishda bozor infratuzilmasi, uning institutlari ishtirok etadi. Ular 
yordamida bozor o’z funktsiyalarini bajaradi. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tar ekan, 
bozor o’z funktsiyalarini to’laqonli bajarishi uchun zarur bo’lgan bozor infratuzilmasini 
shakllantirishga, uni jahon talalari darajasiga etkazishga alohida e’tibor berilmoqda. 


ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR 
1. Bozor. 2. Bozorning to’ynish darajasi 
3. Bozor tuzilishi 4. Bozor hajmi
5. Bozor infrastrukturasi 6. Tovar, xom ashyo birjasi 
7. Milliy bozor 8. Jahon bozori 
9. Bozor segmenti 
a) har xil mezonlar asosida bozor tarkibini turkumlash 
b) nazariy jihatdan sotuvchi va xaridorning tovarlarini pul vositasida ayirboshlash 
yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar, aloqalardir. 
v) bozorning talabni qondirish darajasini ko’rsatadi. 
g) turli-tuman bozor sub’ektlari o’rtasida ayirboshlashni normal amalga oshirilishini 
ta’minlaydi
d) bozordagi tovaroborot hajmi bilan aniqlanadi. 
j) ma’lum doirada ulgurji savdo-sotiq ishlarini bajaruvchi korxonadir. 
yo) har bir mamlakatning milliy chegarasi doirasidagi bozori. 
e) mehnat orqali bir-biriga bog’langan turli mamlakatlar o’rtasida barqaror ayirboshlash 
munosabatlaridir. 
z) savdo-sotiqning shart-sharoitlariga ma’lum belgi, alomatlari, mezonlariga qarab 
bo’g’inlarga ajratish. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling