Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Axborot bozori orqali milliy, regional jahon iqtisodiy kon’yunkturasi, mahalliy milliy 
regional bozor kon’yunkturasi to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’linadi. 
Xaridorlar, raqobatchilar to’g’risida zarur ma’lumotlarga ega bo’lish tadbirkorlar uchun 
nihoyatda zarur. Shu sababli ham axborot bozori hozirgi paytda juda chaqqon xaridorgir bozor 
hisoblanadi. 


Bozor munosabatlari, oldi-sotdini amalga oshirishda bozor infrastrukturasi muhim rol 
o’ynaydi.
Bozor savdo-sotiqning shart-sharoitlariga ma’lum belgi, alomatlariga qarab ko’pgina 
bo’g’inlarga ajratiladi va ular bozor segmenti deb ataladi. Segment bozorning bir kichik qismi 
bo’lib, bu erda xaridorlar cheklangan guruh bo’lib, ularga ma’lum turdagi tovarlar sotiladi. 
Bozor segmentlariga ajralishiga ikki narsa sabab bo’ladi:
a) mehnat taqsimoti chuqurlashib, g’oyat xilma-xil tovarlar ishlab chiqarilishi va ularning 
ma’lum guruh iste’molchilariga mo’ljallanishi;
b) iste’molchilarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tabaqalanishi, ular talabining o’zaro 
farqlanishi. 
Bozorni segmentlarga ajratish mezonlari g’oyat ko’p. Segmentni tashkil etuvchi ustuvor 
belgilar ham mavjud. Bir segment uchun aholining xarid qobiliyati ustuvor bo’lsa, boshqa 
segment uchun raqobatning bor yoki yo’qligi muhim belgi bo’ladi. Segmentlar hududiy va 
sotsial-demografik mezonlarga qarab ajratiladi. Hududiy segmentga aholining soni, zichligi, 
tabiiy iqlim sharoiti va shu kabilar kiradi. Sotsial-demografik segmentga xaridorlarning yoshi, 
jinsi, ularning bilim darajasi, irqi va millati, oila va uning tarkibi kabilar kiradi. 


3-§. Bozor infrastrukturasi 
Infrastruktura (lot. infra — quyi, asos, structura — tuzilish, o’zaro joylashuv), milliy 
xo’jalik ishlab chiqarish tarmoqlari va sotsial sferaning umumiy sharoitini ta’minlash uchun 
xizmat qiladigan sohalar kompleksini ifodalaydi. 
Bozor infrastrukturasi: milliy xo’jalik infrastrukturasining muhim qismi bo’lib, o’ziga 
xos xususiyatlarga ega. Bozor infrastrukturasi turli-tuman bozor sub’ektlari o’rtasida 
ayirboshlash munosabatlarini normal amalga oshirilishini ta’minlaydi. 
Bozor infrastrukturasi ham murakkab tuzilishga ega. Ayrim soha, tuzilma, muassasalar
tashkilot va xizmatlar faqatgina alohida turdagi bozorlarda ayirboshlashni normal bo’lishini 
ta’minlashga xizmat qilsa (masalan, tovar birjalari, savdo uylari, auktsion kabilar tovarlar bozori 
uchun mehnat birjalari mehnat bozori, fond birjalari qimmatbaho qog’ozlar bozoriga), boshqalari 
barcha bozorlar turiga (chunonchi, reklama va boshqalar) xizmat qiladi. 
Uchinchi turdagilari ishlab chiqarish, sotsial va qishloq xo’jaligi infrastrukturasiga ham 
taalluqli. Bularga umumiy tarzda xizmat qiluvchi sektorlar (yo’l, transport, energetika, suv 
ta’minoti, aloqa tizimi va boshqalar) kiradi. 
Bozor infrastrukturasi — inson aql-zakovati bilan sinab ko’rishlar va xatoliklar usuli 
orqali dunyoga keltirilgan, muttasil rivojlanib boradigan va o’zining murakkabligi bilan olimlar
davlat arboblari va amaldorlar, tadbirkorlar va barcha fuqarolarning favqulodda e’tiboriga 
muhtoj bo’ladigan ulkan tizimdirki, u inson mahsulot va xizmatlar iste’molchisi sifatida duch 
keladigan deyarli barcha sohalarni qamrab oladi. Har birimiz iste’molchilar sifatida bu sohalarni 
yaxshilanishidan manfaaatdormiz. 
Bozor infrastrukturasi tovarlar va xizmatlar harakatini tartibga solishda qatnashadi. 
Bozor infrastrukturasi turli tuzilmalar orqali kishilarning vaqtini tejaydi. Bozor 
iqtisodiyotida «Vaqt-pul» bo’ladiki, o’zi shug’ullanib vaqtini ketkazmaslik uchun yakka tartibda 
ko’rsatiladigan xizmatdan foydalanishni afzal biladilar. 
Infrastrukturaning maqsadi — to’lovga qobil talab qilingan sharoitlarda o’zaro yon 
berishlar asosida savdo-sotiq ishtirokchilari foydasini kuchaytirishdan iborat. 
Infrastruktura «hazrati oliylari» — talabga bo’ysunadi, unga har tomonlama monand 
bo’lishga intiladi. 
Iste’mol ehtiyojining cheklanishi infrastruktura bo’g’inlarini bozor qoidalariga binoan 
«raqsga tushishga» majbur qiladi, raqobatni kuchaytiradi, unga madaniy tus bag’ishlaydi. 
Infrastruktura qanchalik rivojlangan bo’lsa, bozor o’yini qoidalarini buzish qiyinroq bo’la 
boradi. 
Albatta, infrastruktura tuzilmalari turli xizmatlar ko’rsatgani uchun xarajatlarni qoplashi, 
foyda olish, soliqlar to’lashi kerak. Bu so’zsiz tovarlar va xizmatlar narxini ortishiga sabab 
bo’ladi. Lekin o’z maqsadlariga erishish uchun: 
o’z ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib boradi; 
bozordagi vaziyatdan kelib chiqib, ishlab chiqarishga bozor talabini etkazish orqali 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling