Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Veblen effekti
tovarlari deb ataladi. Ayrim paytlarda tovarni narxi yuqori ko’tarilsa, sifati yaxshilanadi degan
nuqtai nazardan avvaliga qaraganda ko’proq sotib olishlari mumkin. Yoki Giffen kambag’al oilalar kartoshka narxi ko’tarilishiga qaramay uni ko’proq sotib ola boshlaganlarini kuzatib, buning sababini shunday izohlaydi. Bu oilalar boshqa mahsulot iste’molini ko’paytirish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun go’sht iste’mol qilishni kamaytirish hisobiga kartoshka iste’molini ko’paytiradilar. Lekin ayrim iqtisodchilar: jumladan amerikalik Jorj Stigler (1911 y.) Giffen tovarlari tushunchasiga ishonchsizlik bilan qarashadi. Uning fikricha Giffen effekti tushunchasi Alfred Marshall yordami bilan iqtisodiy nazariyaga kirgan. Uning o’zini esa bu hodisani kuzatganiga shubha bildiradi. Ayrim iste’molchilar esa tovarning narxi pasaygani bilan uni sotib olishmaydi. Ular hammaga o’xshashni hohlashmaydi. Ular qimmat baholigi, boshqalarnikidan ajralib turadigan sifatlarga ega, eksklyuziv tovarlarni sotib olishga urinishadi. Natijada bunday tovarlarga talab o’sishi mumkin. Iqtisodiyotda bu ko’rinish Veblen effekti deb yuritiladi. Talab o’zgarishi bu xaridorlarni mahsulot sotib olishga bo’lgan niyatlarini o’zgarishini ifodalaydi. Sababi bir yoki bir necha omil (determinant)lar o’zgaradi. Bu omillarni yuqorida ko’rib o’tganmiz. Bunday o’zgarish butun shkalani, o’z navbatida narx va miqdor egri chizig’ining surilishini bildiradi. Bu erda talabni o’zgarishi bilan talab miqdori yoki hajmini o’zgarishi tushunchasi bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Talab miqdorini o’zgarishi talab egri chizig’ida ma’lum bir narx va miqdor kombinatsiyasidan ikkinchi kombinatsiyaga o’tishni bildiradi. Grafikda tasvirimiz bo’yicha talab miqdorini o’zgarishi DD chiziqda A dan V ga qarab yo’nalishini bildiradi. Miqdor Talab miqdorining (hajmining) o’zgarishi talab egri chizig’i bo’yicha narxning o’zgarishiga qarab siljiydi Talabning o’zgarishi talab egri chizig’i narxdan boshqa bir ëki bir necha determinantlarni o’zgarishi natijasida siljiydi Talabning kamayishi Talabning ko’payishi Narx Talabni o’zgarishi esa talab egri chizig’ini o’ngga (talab ko’paysa) D1D1 ga yoki chapga (talab kamaysa) D2D2 ga siljishini ifodalaydi. Talab miqdorining (hajmining) o’zgarishi talab egri chizig’i bo’yicha narxni o’zgarishiga qarab siljiydi. Talabning o’zgarishida esa talab egri chizig’i narxdan boshqa bir yoki bir necha determinantlarni o’zgarishi natijasida (talabni ko’payishi yoki kamayishi) o’ngga yoki chapga siljiydi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling