1.Ishlab chiqarishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar narxining o’zgarishi.
Agarda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarf qilinayotgan xarajatlarni kamaytirishga
erishilsa, bunday tovarlar bozorga ko’plab chiqariladi.
Ularga ham o’z navbatida, qator omillar ta’sir etadi:
a) resurslar narxi. Resurslar narxining pasayishi xarajatlarni kamaytirib, tovar ishlab
chiqarishni ko’paytirishga olib keladi. Taklif ko’payadi. Natijada urug’likning va o’g’itning,
yonilg’ining narxi pasaysa (ob-havo qulay bo’lib) kartoshkaga bo’lgan taklifning ortishini kutish
mumkin. Temir rudasi, kokslanadigan ko’-mirning narxi pasayishi po’lat ishlab chiqarishni
ko’paytirishi mumkin. Bu o’z navbatida taklifni ko’paytiradi. Aksincha, resurslarning narxi
ortsa, po’lat ishlab chiqarishni qisqartirib, taklifni kamayishiga olib keladi;
b) ishlab chiqarish texnologiyasi. Avvalgisiga nisbatan takomillashgan texnologiya
mehnat unumini oshiradi. Tovarlar va xizmatlar sifatini yaxshilaydi hamda resurslarni tejash
imkonini beradi. Bularning hammasi sarf-xarajatni kamaytirib, mahsulotni ko’paytirishga olib
keladi. Bu tovar taklifini ko’paytiradi;
v) soliqlar va subsidiyalar. Daromadga, mol-mulkka, resurslarga, xarajatlarga
qo’shiladigan soliqlarning ortishi xarajatlarni ko’paytiradi. Taklifning qisqarishiga olib keladi.
Aksincha, biror tovar ishlab chiqarishga subsidiya imtiyozlari berilsa u xarajatlarning bir qismini
qoplab, tadbirkor uchun ularni umumiy miqdorini pasaytiradi va tovar taklifini ko’paytiradi.
2.Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxining o’zgarishi ham taklifni o’zgarishiga
olib keladi. Bug’doy narxining pasayishi fermerni ko’proq jo’xori etishtirishga undashi yoki
aksincha, bug’doy narxining oshishi jo’xoriga bo’lgan taklifning qisqarishiga olib kelishi
mumkin.
3.Narx oshish ehtimoli. Kelajakda mahsulot narxining o’zgarish ehtimoli ham mahsulot
ishlab chiqarishga ta’sir etishi mumkin. Fermerlar joriy yil hosilini bozorga chiqarishni narx
oshish ehtimolini kutib to’xtatib turishi mumkin. Bu joriy taklifning qisqarishini keltirib
chiqaradi. Ayniqsa, qayta ishlov beradigan sanoatning ko’p tarmoqlarida narx oshishi ehtimoli
firmalarni ishlab chiqarish quvvatini oshirishga undaydi va bu taklif ko’payishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |