Iqtisod moliya
-§. Me’yoriy naflilik va uning pasayib borishi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
2-§. Me’yoriy naflilik va uning pasayib borishi.
Naflilik va haridor tanlovi nazariyasi Naf umumiy hamda me’yoriy nafga bo’linadi. Umumiy naf deb, ma’lum tovar yoki xizmatlar birligi to’plamini iste’mol qilishdan olinadigan qoniqishga aytiladi. Me’yoriy naf esa iste’molchining tovar yoki xizmatning qo’shimcha birligidan ko’rgan nafi, ya’ni umumiy nafga qo’shilgan nafni bildiradi. Iqtisodiy nazariyada marjinalizm maktabi naflilikka alohida diqqat-e’tibor qaratadi (VI bob). Me’yoriy naflilik qanday o’lchanadi va taqqoslanadi. Uning umumiy o’lchovi bormi? Ana shu savollarga javobga ko’ra me’yoriy naflilik nazariyasi tarafdorlari ikki yo’nalishga bo’linadi: kardinalistik va ordinalistik. Kardinalistlar U. Jevons, D. Robertson va boshqalar me’yoriy naflilikni absolyut miqdorini o’lchash mumkin bo’lgan ko’rsatkichni topishga urinishgan, hatto shartli birlik yutil (inglizcha utility- naflilik) tushunchasini ham kiritishgan. Lekin bu urinishlar bekor bo’lib, naflilikni pul bilan o’lchab, baholashgan. Boshqa guruh iqtisodchilar- ordinalistlar me’yoriy naflilik sof sub’ektiv ko’rsatkich, uni miqdoriy jihatdan o’lchab bo’lmaydi deyishadi. Kardinalistlar o’tkazgan tadqiqotlari asosida iste’mol qilinayotgan tovar qancha ko’p bo’lsa, umumiy naflilik ortadi, lekin me’yoriy naflilik kamayib boradi degan xulosaga kelishadi. Boshqa tovarlarning iste’moli o’zgarmasdan qolgani holda biron-bir tovar va xizmatga ehtiyoj to’yinib borishi bilan bu ne’matning keyingi birligini iste’mol qilishdan qoniqish pasayib boradi. Masalan, xo’jalik ishlari uchun 10 chelak suv kerak deylik. Bizda 50 chelak suv bor. U holda shu payt uchun 40 chelak suvning hech qanday nafi yo’q. Agar bizda 10 chelak suv qolsa, unda uning har biri qadr-qimmatga ega bo’ladi. Chunki 10 chelak suvdan biror chelak suvning yo’qolishi, biron-bir ehtiyojni qondirilmasligiga olib keladi. Kostyumlar soni 1 2 3 4 5 Naflilikning o’zgarishi, meyoriy nafliligi 210 105 70 52.5 42 Umumiy naflilik (bor kostyumlar keltiradigan naf summasi) 210 315 385 437.5 479.5 Tabiiyki, har bir iste’molchi o’ziga keladi-gan umumiy naflilikni oshirishga intiladi. Umumiy naflilikni orttirish printsipi quyida-gicha: har bir iste’molchi tovarlar to’plamini xarid qilishda daromadini shunday taqsimlashi kerakki, u yoki bu tovarga sarflangan oxirgi pul birligidan (so’m, dollar, frank) oladigan naf bir xil bo’ladi. Me’yoriy naflilikning pasayib borishi mavjud ne’matning navbatdagi birligini xarid qilib, tasarrufidagi tovarlarni ko’paytiradigan xaridor uchun ular qadrining pasayishi bilan bog’liq. Kostyumning nafliligi yutil miqdori bilan o’lchanadi, uni kostyum kiyib yuradigan kunlar bo’yicha hisoblaylik, deylik. Kishi bitta kostyumi bo’lsa 210 kun kiyadi, ikkita bo’lsa 105 kun, 3 ta bo’lsa 70 kun, 4 bo’lsa 52 kun, 5 ta bo’lsa 42 kun kiyadi va hokazo. Ya’ni umumiy kiyadigan kunlarni kostyumlar soniga bo’lamiz. U holda umumiy naflilik o’sib boradi, ya’ni bitta kostyumning umumiy nafliligi 210 ga teng, ikkitasiniki (210+105)=315 ga, uchtasiniki (315+70)=385 ga teng va hokazo. Lekin e’tibor qilsak, har bir keyingi kostyum qo’shilishi bilan umumiy naflilik avvalgisining darajasida ko’paymayapti. Sababi har bir qo’shimcha kos- tyumdan oladigan naf kamayib borayapti. Chunki bitta kostyumimiz bo’lganda 210 kun kiyardik. Kostyumimiz ikkita bo’lgach, endi 105 kun, uchta bo’lsa 70 kundan kiyamiz. Me’yoriy naflilikni pasayib borishi umumiy naflilikka ham ta’sir etadiki, oxir-oqibat umumiy nafni ko’paymasligi ma’lum chegaradan so’ng uni ham pasayishiga olib keladi. Kostyumimiz 210 tadan ortgach ana shu chegaraga etamiz.Naflilik bilan har bir qo’shimcha kostyum miqdori o’r-tasidagi bog’lanishni yuqoridagi jadval asosida ko’rish mumkin. Jadval ma’lumotlaridan foydalanib, umumiy naflilik va me’yoriy naflilik kostyumlar miqdori o’zgarishi bilan qanday o’zgarishini grafikda tasvirlaylik. Tu (Total utility)—Umumiy naf summasi. Mu (margial utility)—Me’yoriy naflilik Jadvaldan va grafikdan ko’rinib turibdiki, iste’mol qilinayotgan ne’matning miqdori ortishi bilan me’yoriy naflilik kamayib boryapti. Real sharoitda shunday bo’lishi mumkinki, iste’mol chegarasi ma’lum bir miqdordan ortgandan keyin naflilikni o’stirmay, aksincha manfiy effekt berishi, ya’ni «ortiqcha iste’mol» zarar keltirishi mumkin. Holvaning ozi shirin, degan naql aynan me’yoriy naflilikni ifodalaydi. Talab egri chizig’i qay darajada bo’lishi me’yoriy naflilikda o’z ifodasini topadi. Bu barcha tovarlarga xos bo’lib, ana shu sabab-oqibatli bog’lanish me’yoriy naflilikning pasayib borishi qonuni deb qaraladi. Me’yoriy naflilik pasayishi quyidagi asoslarga tayanadi: 500 450 400 350 300 250 200 150 100 50 Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling