Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Talab elastikligi. Talab qonuni narx bilan bog’liq ravishda talabning o’zgarishini 
ko’rsatadi, lekin uning qay darajada o’zgarganini ko’rsatmaydi. Iqtisodiy vaziyatni to’g’ri 
baholash uchun esa talabni qanchalik o’zgarishini bilish muhim ahamiyatga ega. 
Shunday mahsulotlar borki, narxning ozgina o’zgarishi xarid qilinayotgan tovar miqdorini 
ancha o’zgarishiga olib keladi. Ba’zi mahsulotlar esa narxini kattagina o’zgarishidan qat’i nazar 
sotib olinadigan tovar miqdorini o’zgarishiga uncha ta’sir qilmaydi. 
Iqtisodchilar narxlarning o’zgarishi talabning qanday o’zgarishiga olib kelishini 
ifodalovchi ko’rsatkich sifatida iqtisodiy nazariyaga talab elastikligi tushunchasini kiritishgan. 
Bozor iqtisodiyotida talab elastikligi muhim iqtisodiy tushuncha bo’lib, u xaridorning 
bozorda tovar va narxlar o’zgarishiga reaktsiyasini, ya’ni narxning o’zgarishi xaridorga qanday 
ta’sir qilishini ifodalaydi. 
Elastiklik tovar miqdori va narxi qanday absolyut birliklarda o’zgarishida emas, balki 
nisbiy o’zgarishlar bilan belgilanadi va u elastiklik koeffitsienti orqali ifodalanadi. U narx 
o’zgarishiga ko’ra va aholi daromadlari o’zgarishiga ko’ra hisoblanadi. 
Narx o’zgarishiga ko’ra elastiklik koeffitsienti
0
1
0
1
:
P
P
Q
Q
E
P
D
=
yoki 
0
0
1
1
:
:
P
Q
P
Q
yoki 
foizi
ozgarish 
P
foizi
ozgarish 
Q

 
tarzida ifodalanadi. 
Bu erda 
Q tovar miqdori 
P tovar narxi 
Elastiklik koeffitsienti tovar narxining bir foizga o’zgarishi talabni necha foiz 
o’zgarishini ko’rsatadi. 
Elastiklik koeffitsienti E 1 bo’lishi mumkin. Agarda elastiklik koeffitsienti 1 dan katta 
bo’lsa, talab elas-tik, kichik bo’lsa noelastik, birga teng bo’lsa yagona elastik talab bo’ladi. 
Masalan, kostyum-shim 50 ming so’mligida 10 dona sotildi. Narxi 35 ming so’mga 
tushirilgach 20 dona sotilsin. U holda elastiklik 
koeffitsienti 
86
,
2
7
,
0
2
50000
:
35000
10
:
20
=
=
=
P
V
E

Talabning elastikligini aniqlashda asosiy diqqat 
qaratish zarur narsa bu umumiy tushum. Chunki 
elastiklik eng avvalo umumiy tushumni qanday 
o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich sifatida zarur. 
Umumiy tushum narx bilan talab miqdorining 
ko’paytmasiga teng. Narx bilan talab miqdorining 
o’zgarishi natijasida umumiy tushum (daromad) 
o’zgaradi. 
Narxni o’zgarishi tufayli har bir sotilgan 
tovardan olinadigan daromadni o’zgarishi baho effekti 
deyiladi. Baho effekti narxi o’sishi natijasida umumiy 
baho 
effekti 
миқдор 
еффекти 


tushumni oshiradi, aksincha narxni arzonlashuvi umumiy daromadni kamayishiga olib keladi. 
Lekin umumiy tushum sotilgan mahsulotning miqdoriga ham bog’liq. Umumiy tushum hajmini 
sotilgan mahsulot miqdori evaziga o’zgarishi miqdoriy effekt deb ataladi. Narxni tushishi 
sotiladigan mahsulot miqdorini, natijada umumiy tushumni ko’paytiradi yoki aksincha mahsulot 
miqdori o’zgarmay, hattoki kamayib ketishi umumiy tushumni kamayishiga olib kelishi 
mumkin. 
Shunday qilib, narxning o’zgarishiga xaridorning munosabati turlicha bo’lishi mumkin: 
1. Agar narxning pasayishi sotilayotgan tovar miqdorini ko’paytirib, umumiy daromad 
tushumini avvalgidan ko’payishiga olib kelsa, unday talab elastik talab bo’ladi. Elastiklik 
koeffitsienti birdan katta bo’ladi. 
Aytaylik, A tovarni 600 so’mdan sotganda bir 
haftada 10 ta tovar sotiladi. Umumiy daromad 6000. 
Narxini 400 ga tushirsak 20 ta sotilyapti, umumiy tushum 
8000. Demak, elastiklik koeffitsienti bir-dan katta. 
Bunday talab elastik talab deb ataladi (a- rasm). 
Elastiklik koeffitsienti birdan qanchalik katta 
bo’lsa, elastiklik shuncha yuqori bo’ladi. 
2. Agar narxning pasayishi aniq tarzda sotilgan 
tovar miqdorini o’zgarishi bilan o’rni qoplansa, ya’ni 
umumiy daromad (tushum) o’zgarmasa, bunday talab 
elastikligi yagona elastik talab deyiladi. 
Bunda talab elastikligi koeffitsienti 1 ga teng 
bo’ladi. 
1) Q0xP0 10x600=6000 
2) Q1xP1 20x300=6000 
6000=6000; 6000:6000=1 E=1.
Sotayotgan tovarimizning narxini 300 so’mga tushirganimizda, haftasiga 20 ta tovar 
sotildi. Umumiy daromad o’zgarmadi. Elastiklik koeffitsienti 1 ga teng (b- rasm). 
3. Narx pasayishi bilan sotilayotgan tovar miqdori unchalik ko’paymasa, natijada umumiy 
daromad pasayib ketsa, bunday talab noelastik talab 
deyiladi. Bunda elastiklik koeffitsienti 1 dan kichik. 
Lekin nolga teng emas. 
Sotilayotgan tovarning narxini 300 so’mga 
tushirganimizda 15 ta tovar sotildi. Umumiy tushum 
4500. Demak elastiklik koeffitsienti birdan kichik. U 
nolga yaqinlashib borgan sari noelastiklik darajasi 
ortib boradi (v- rasm). 
4. Shunday tovarlar ham borki, ularga bo’lgan 
talab narxning o’zgarishi bilan deyarli o’zgarmaydi. 
Bularga eng zarur kundalik ehtiyoj mollari kiradi. 
Non, un, guruch, sovun, tuz, gugurt kabilar. 
Ularga narx qanchalik o’zgarishidan qat’i nazar talab 
o’zgarmaydi yoki juda kam o’zgaradi. Uni qat’iy 
elastik talab deb ataladi (g- rasm). 
Agar umumiy tushumni o’zgarishiga diqqat 
qilsak baho effekti bilan miqdor effekti bir-biriga 
qarama-qarshi amal qiladi. 
Shuning uchun umumiy tushum narxni har 
qanday o’zgarishida ko’payishi yoki kamayishi 
mumkin. 
Agarda miqdoriy effekt baho effektiga nisbatan ustun bo’lsa, talab elastik bo’ladi. Baho 
effekti miqdoriy effektga nisbatan ustun bo’lsa, talab noelastik bo’ladi. 
baho 
effekti 
miqdor 
effekti 
baho 
effekti 
miqdor 
effekti 


Narx 
Umumiy 
tushum 
Talab 
elastikligi 
1) 
↑↓
↓↑ 
elastik 
2) 
↑↓ 
↑↓ 
noelastik 
3) 
↑↓
Umumiy tushum 
yagona elastik 
o’zgarmaydi. 
Talab deganda doimo to’lovga qobillik nazarda tutilar ekan, uning qay darajada bo’lishi 
aholi daromadlariga bog’liq. Bu albatta, elastiklik koeffitsientining o’zgarishida o’z ifodasini 
topadi. 
Daromad o’zgarishiga ko’ra elastiklik koeffitsienti 
;
:
0
1
0
1
I
I
Q
Q
E
i
D
=
Bunda i0 — income xaridorlar daromadi. 
Ko’pgina tovarlarga talab daromad bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Ya’ni daromad o’sishi 
bilan talab ortadi. Lekin ayrim hollarda aksincha bo’ladi. 
Masalan, yomon sifatli tovarlarga talab qisqaradi. Undan tash-qari, ilgari kundalik ehtiyoj 
mollarini eng arzonini xarid qi-lib kun kechirgan bo’lsa, endi boshqa turdagi aytaylik go’sht, 
sariyog’, pishloq kabilarni sotib olishga qurbi etadigan bo’ladi. 
Daromadlarning o’zgarishiga ko’ra elastiklik koeffitsienti qanday tovarga talab 
o’zgarishini ko’rsatadi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling