Iqtisod moliya
Tarqatma materiallardan namunalar
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar: Asosiy tayanch tushunchalar: J 1b); 2v); 3a); 4d; 5g; 6j); 7yo); 8e); 9z); Masala va mashqlar
- Bozor funktsiyalari Narxni shakllantirish Sog’lomlashtiri Axborot berish
- Talab — bu pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyojdir.
Tarqatma materiallardan namunalar
Oligopogiya ko’rsatkichlar Mukammal raqobat Monopolistik raqobat Bir xil mahsulot bilan oligopogiya Tabaqalashgan mahsulot bilan oligopogiya Monopoliya Firmalar soni Juda ko’p Ko’p Uncha ko’p bo’lmagan etakchi firmalar Uncha ko’p bo’lmagan etakchi firmalar Bitta Tabaqalashgan yoki bir xil mahsulot Bir xil Tabaqalashgan Bir xil Tabaqalashgan Noyob, yaqin o’rinbosar yo’q Tarmoqqa kirish osnligi Oson, to’siqlar yo’q Nisbatan oson, to’siqlar kam Qiyin to’siqlar mavjud Qiyin to’siqlar mavjud Bozorga kirish to’silgan Narx belgilash imkoniyati Yo’q Mahsulotni tabaqalashtiril ganda ayrim paytlarda , ba’zi bir holatlarda Narx belgilashda etakchilik va bitim tuzish imkoniyatiga ko’ra ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Narx belgilashda etakchilik va bitim tuzish imkoniyatiga ko’ra ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi Katta, talabga bog’liq Baxosiz raqobat Yo’q Ma’lum bir darajada Ma’lum bir darajada Kata Reklama, jamoatchilik bilan aloqalar Misollar Qishloq xo’jalik mahsulotlari, baliq, akyiya va obligatsiyalar Chakana savdodagi kichik magazinlar kiyim-kechak, poyafzal ishlab chiqarish Po’lat, pivo, alyuminiy, mis Avtomobil, alkogolsiz ichimliklar, sovun, don, maishiy elektronika Suv, gaz, elektr ta’minoti, telefon va boshqa komunal xizmatlar Bozorning funktsiyalari Chizmadagi bo’sh kataklarni to’ldiring. Ijtimoiy infratuzilmani rivojlanishi Ishga tushirildi Qurilgan tarmoqlar Yilla r, chora klar Turar joy ming. kv. m. Maktablar, o’quvchi o’rin lari Akademik lits eyla r, o’quvchi o’rin lari Kasb-hunar kolle jla ri o’quvchi o’rin lari Kasalxona, o’rinjoy-lari Poliklinika la rga tashr if buyuruvchilar soni Suv quvurlari, km. Gaz quvurlari, km. 02/I 1116,5 352 600 7050 - 200 303,5 511,2 02/I-II 3783,7 5243 1200 9950 80 2905 1044,5 1730,2 02/I-III 6178,1 11674 2250 59155 80 9940 1521,4 2994,0 02/I-IV 7572,0 18932 5175 86610 300 16845 1960,6 3380,2 03/I 1131,4 1430 - - - 340 282,2 506,1 03/I-II 3436,3 4553 - 12600 160 8260 1352,4 2090,8 03/I-III 5466,4 14172 2725 62660 160 8260 1352,4 2090,8 03/I-IV 6739,7 22127 4375 94190 160 15460 1747,5 2982,9 Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi Javoblar: Asosiy tayanch tushunchalar: J 1b); 2v); 3a); 4d; 5g; 6j); 7yo); 8e); 9z); Masala va mashqlar: 1. Bozorning vujudga kelishining asasiy ikki sharoiti bu: ijtimoiy mehnat taqsimoti va xususiy mulkka asoslangan tovar ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. 2. Birinchi bozorning bir kunlik savdo oboroti 120 mln so’mlik, ikkinchisiniki esa 139,5 mln so’mlik , oylik savdo oboroti muvofmq ravishda birinchi bozorni 3120 mln so’mlik , ikkinchi bozorniki 3627 mln so’m . Ikkinchi bozorda savdo o’rinlari 100 taga kam bo’lishiga qaramay ko’proq oldi-sotti qilingan. Ikkinchi bozorning hajmi katta. 3. a),yo),i) – uy xo’jaligi Bozor funktsiyalari Narxni shakllantirish Sog’lomlashtiri Axborot berish Vositachilik Resurslarni samarali taqsimlash Nazorat qilish b),v),d),j),z) – firma, korxona g),e) – davlat(hukumat) y),k) – moliyaviy institut 4. a, g, e, j – bozor faoliyati b, v, d – nobozor faoliyati 5. a) 1,3,4,6,9,13 b) 2,5,8,11,12,14,16 v) 7,10,15 T/N 1T; 2N; 3T; 4T; 5T; 6N; 7N; 8T; 9T; 10T; 11N; 12N; Testlar Javob: 1g, 2d, 3a, 4b, 5b, 6g, 7v, 8a. X BOB. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI «Talab va taklif» degan so’zni to’tiqushga o’rgatsangiz bo’ldi, qarabsizki oldingizda iqtisodchi turibdi. Bu zaxarxanda hazilda jon (xaqiqat) bor deya boshlashadi talab va taklifni tadqiq etishni Makkonnell K.R. va Bryu S.L. Haqiqatdan ham iqtisodiyotda eng ko’p takrorlanadigan, diqqat qaratiladigan tushuncha-bu talab va taklif. Aynan talab va taklif ayrim iqtisodiy muammolarnigina emas, balki butun iqtisodiy muammoni qamrab oladi. Talab va taklif, ularning nisbatiga ko’ra soha, tarmoqlar qolaversa butun mamlakat miqyosida resurslar taqsimlanadi, ishlab chiqarish tarkibi shakllanadi. Shuning uchun ham talab va taklifni alohida diqqat bilan o’rganishimiz zarur. Bu bobda biz talab va taklif mazmuni, ularning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar, talab va taklif elastikligi nima, bu iqtisodiy ko’rsatkichdan qanday maqsadda foydalaniladi, iste’molchi tanlovida naflilik, baho qanday rol o’ynaydi bozor muvozanati qanday tarzda o’rnatiladi, u ishlab chiqarishga qanday ta’sir qiladi va boshqa savollarga javob topishni o’rganamiz. Resurslarni taqsimlanishi bozor orqali narx asosida yuz beradi. Ana shu jarayon qanday yuz berishini ko’rib chiqamiz. 1-§. Talab va uning o’zgaruvchanligi. Talab elastikligi Bozor, eng avvalo iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi, xaridor bilan sotuvchi o’rtasidagi ayirboshlash oldi-sotdi munosabati sifatida maydonga chiqadi. Xaridorning bozordagi harakati talab, sotuvchiniki esa taklif shaklida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida «talab» bilan «taklif» fundamental, asosiy tushunchadir. Talab — bu pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyojdir. Ko’ylak olgingiz keldi, lekin pulingiz bo’lmasa, u xohishligicha qoladi, pul bo’lgandagina u talabga ay- lanadi. Talab o’z ichiga aholining iste’mol buyumlari va xizmatlarga, tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy resurslarga talabi, turli tashkilot, muassasalar talablarini oladi. Ayrim xaridor, turli iste’molchilar, guruhiy yoki butun mamlakat miqyosida xarid qilib olishni xohlayotgan aniq turdagi tovar hajmi talab qilingan tovar miqdori deyiladi. Iste’molchilar xarid qilishni xohlayotgan tovarlar bilan xaridorlar tomonidan real sotib olingan tovarlar miqdorini farqlash kerak. Chunki, ular mos kelmasligi mumkin. Sababi, xohlaganlariga qaraganda kamroq sotib olishlari mumkin. Bu shu tovarni sotib olish uchun zarur miqdorda pulga ega emasliklarini ko’rsatadi. Odatda, talab deganda eng avvalo, aholi talabi nazarda tutiladi. U yuqori darajada dinamizm — o’zgarishi bilan ajralib turadi. Aholi talabiga ko’ra ishlab chiqarish talabi shakllanadi. Umuman iste’molchilar talabini ikkiga bo’lish mumkin: 1. Individual talab — ayrim alohida xaridorning talabi. 2. Bozor talabi — xaridorlarning turli xil tovarlarni sotib olishga bo’lgan talablarining yig’indisi. Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablarni xarakteri va boshqa jihatlaridan qarab turli guruhlarga bo’lish mumkin. Jamiyat miqyosida talabni, o’z navbatida iste’molning maqsadiga ko’ra ikki guruhga bo’lish mumkin: iste’mol mollariga talab, iqtisodiy resurslarga talab. Iste’mol mollari aholini ehtiyojini qondirsa, resurslar esa ishlab chiqarish ehtiyojini qondiradi. Qanday ehtiyojlarni qondirishlariga ko’ra talab quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1. Fiziologik talab — oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, shunga o’xshashlar. 2. Ijtimoiy-psixologik talab — obro’-e’tibor, moda va boshqalar. 3. Iqtisodiy talab — daromad, narx-navo va shunga o’xshashlar. 4. Sotsial talab — turmush darajasi, jamiyatdagi muhit va bosh-qalar. Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning qondirilish darajasiga qarab: qondirilishi kechiktirilgan talab, barqaror qondirilgan talab, normal talab, aynigan talablarga bo’linadi. Kechiktirilgan talab nosog’lom iqtisodiyot va muvozanati buzilgan bozorga xos. Uning ortib borishi iqtisodiy tanglikni, inqi-rozni yanada chuqurlashtiradi, inflyatsiyani kuchaytiradi. Korxona, tashkilot, aholi qo’lida to’plangan pul bozorga tazyiq o’tkazadi. Talab borgan sari o’sib boradi. Buning sababi: — ehtiyojlar o’sib boradi; — daromadlar o’sadi; — mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish o’sadi. Muvofiq ravishda taklif o’sadi; — madaniyat yuksalib boradi. Talab odatda tez o’zgaradi. Talab o’zgarishi deganda u yoki bu tovarga bo’lgan talabning absolyut miqdorining o’zgarishi tushuniladi. Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishiga juda ko’p omillar ta’sir qiladi. Ularning barchasini sanab o’tish qiyin. Lekin asosiylarini ko’rsatish mumkin. 1.Talabga, eng avvalo narx ta’sir qiladi. Talab bilan narx o’zaro funktsional bog’langan bo’lib, birining o’zgarishi, albatta ikkinchisida namoyon bo’ladi. Ko’p omillarning o’zgarishi oxir-oqibat narx o’zgarishi orqali yuzaga keladi. 2.O’rinbosar tovarlarning narxi. O’rinbosar yoki bir-biriga bog’liq tovarlarning bo’lish yoki bo’lmasligi talabga katta ta’sir ko’r-satadi. Asosiy tovarning narxi yuqori bo’lib, o’rinbosar tovarlarni narxi arzon bo’lsa, o’rinbosar tovarlarga talab ortadi yoki aksincha. Masalan, sariyog’ bilan margarin, qo’y go’shti bilan mol go’shti va h.k. Yana shunday tovarlar borki, ular bir-birini to’ldiruvchi hisoblanadi. Aytaylik, benzinning narxi past bo’lsa, mashinada ko’p yuriladi, u o’z navbatida motor moyiga bo’lgan talabni ko’paytiradi. Aksincha, benzin narxining oshishi motor moyiga bo’lgan talabni kamaytiradi. Demak, benzin va motor moyiga bo’lgan talab bir-biriga bog’liq, bir-birini to’ldiradi. 3.Xaridor didi, ta’bi, moda o’zgarishi. Mavjud tovar turi uchun iste’molchilar didining o’zgarishi yoki afzal ko’rish, ya’ni modaning xaridor didiga mos kelishi shu tovarga bo’lgan talabning ortishiga sabab bo’ladi. Yoki aksincha holat yuz berishi mumkin. 4.Xaridor daromadi. Ta’kidlab o’tganimizdek, talab haqida gapirganimizda to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan talabni nazarda tutamiz. Shuning uchun uni hajmiga ta’sir qiladigan muhim omil aholi daromadi. Xaridorlar daromadining o’zgarishi kundalik ehtiyoj mollariga qaraganda uzoq muddat foydalanish mumkin bo’lgan tovarlarga ko’proq ta’sir qiladi. Boshqacha aytganda daromadning o’sishi sanoat tovarlariga mebel, gilam, changyutgich, televizor, musiqa asboblari va boshqalarga bo’lgan talabni oshiradi. 5.Kutiladigan o’zgarishlar. Hozirgiga nisbatan tovarlarning kelgusi narxi va bo’lg’usi daromad iste’molchilarning talabini o’zgartiradi. Kelajakda narxlar ko’tarilishi kutilsa, xaridorlar kelajakda daromadlarini yo’qotmaslik uchun tovarlarni ko’proq sotib olishga harakat qiladilar. Talab ortadi. Aksincha, narx tushishi yoki daromadning kamayishi kutilsa, joriy talab pasayadi. 6.Demografik omil. Bozordagi talabga xaridorlar soni, yoshi, jinsi, ma’naviy ahvoli, mintaqaviy, milliy psixologik omillar ham ta’sir qiladi. Mintaqaviy omilga iqlim sharoiti, ishlab chiqarishning tuzilishi, mahalliy urf-odatlar, milliy omilga mamlakat doirasida ehtiyojning yuksalish darajasi, umumiy iste’mol darajasi, milliy-diniy an’analar va ko’nikmalar, xalqaro tovar reklamasi va axborotlarning mavjudligi va boshqalar kiradi. Natijada bir mamlakatda yaratilgan tovarlarga talab, shu tovar yo’q, ya’ni ishlab chiqarilmaydigan mamlakatda ham talab uyg’otadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling