Iqtisod moliya


Tovar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar soni


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

4.Tovar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar soni. Muayyan turdagi tovar ishlab 
chiqaruvchilar qanchalik ko’p bo’lsa, taklif qilinadigan tovarlar miqdori shunchalik ko’p bo’ladi. 
Tarmoqdagi firmalar soni ortib borishi taklifni ko’paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish 
ko’payadi. 
5.Foyda olishning boshqa manbai mavjudligi. Agarda muayyan tovar ishlab 
chiqarishga qaraganda boshqa tarmoq sohalarida ko’proq foyda olish mumkin bo’lsa, ishlab 
chiqarish xizmat ko’rsatishga o’tishlari mumkin. Bu o’z navbatida shu turdagi tovarlar, xizmatlar 
taklifini ko’paytiradi. 
6.Fan-texnika sohasida qilingan ixtirolar va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish. 
Ixtirolar bir tomondan umuman yangi tovarlar, xizmat ko’rsatish turlari taklifini vujudga 
keltirishi, ikkinchi tomondan, mavjudlarini ishlab chiqarishda tub o’zgarishlar qilishi mumkin. 
Bular ham taklifni o’zgarishiga ta’sir qiladi. 
7.Ishlab chiqarilgan mahsulotning tovarlik darajasi, bozorga etkazib berish. 
Pomidor yoki baliqni olsak achitmay, chiritmay, yo’qotmay, sifatini buzmay bozorga etkazish 
ham taklifga ta’sir etadi. 
8.Tashqi savdo. Taklifga tashqi savdo ham katta ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatimizda ishlab 
chiqarilgan yoki kam ishlab chiqarilgan mahsulotlarni chetdan xarid qilish yoki aksincha, 
daromad topish uchun chetga chiqarish mumkin. Buning natijasida taklif ko’payishi yoki 
aksincha, kamayishi mumkin. Eksport ichki bozorda tovar taklifini qisqartirsa, import uni 
ko’paytiradi. Bundan tashqari, yana qator omillarni sanab o’tish mumkinki, ular ham taklifning 
o’zgarishiga ta’sir etadi. 


Taklifning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi bir yoki bir necha omil (determinant)larni 
o’zgarishi xuddi talab egri chizig’ini o’rnini o’zgarishiga o’xshab butun shkalani, o’z nav-batida, 
butun taklif egri chizig’ini ham siljishiga olib keladi. 
Taklif miqdori va taklifni o’zgarishini quyidagi chizmada ko’rish mumkin. 
Shuni eslatib o’tish joizki, ayrim tovarlarga taklif o’zgarmaydi. Masalan, noyob san’at 
asarlari: Behzod miniatyuralari, Leonardo da Vinchi rasmlari, Mikelandjelo haykallari kabilar. 
Ijodiy kasb sohiblari — shoirlar, rassomlar, musiqachilar mehnati mahsulini taklif qilish ham 
noo’zgaruvchan hisoblanadi. Deh-qonchilik qilishga yaroqli erlar miqdorining cheklanganligi 
tufayli uni taklif qilishni oshirib bo’lmaydi. 
O’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, iqtisodiy resurslarga talab va taklifni 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling