Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR
Xulosa
*Bozor deganda tovar va xizmatlarni ayirboshlash, oldi-sotdi qilish aloqalari, sotuvchi va xaridor biri-biri bilan oldi-sodi qiladigan joy, va uning azaldan shakllanib kelgan qonun- qoidalari tushuniladi. Iqtisodiyot nazariyasi uni nazariy jihatdan aynan ayirboshlash munosabatlari jihatidan o’rganadi. *Bozor iqtisodiyoti markazida bozor turadi. Bozor uy xo’jaligi va firma korxonalar o’rtasida resurslar, tovar, xizmatlar va pul oqimi harakatini ta’minlaydi. Bozorning mazmuni, ahamiyati u bajaradigan funktsiya va vazifalarda yanada to’laroq aks etadi. Bozor uchun uning hajmi muhim ahamiyatga ega. U tovar oboroti hajmi bilan aniqlanadi. Bozorni tadqiq etishda uning tuzilishini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Bozorning tuzilishi murakkab, unga turli jihatdan yondashash mumkin. Bozorni o’rganishdan qo’ygan maqsadimizga ko’ra uning tuzilishini o’rganishga qay jihatdan yondashiishni belgilaymiz. *Bozor aloqalarini o’rnatishda bozor infratuzilmasi, uning institutlari ishtirok etadi. Ular yordamida bozor o’z funktsiyalarini bajaradi. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tar ekan, bozor o’z funktsiyalarini to’laqonli bajarishi uchun zarur bo’lgan bozor infratuzilmasini shakllantirishga, uni jahon talalari darajasiga etkazishga alohida e’tibor berilmoqda. ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR 1. Bozor. 2. Bozorning to’ynish darajasi 3. Bozor tuzilishi 4. Bozor hajmi 5. Bozor infrastrukturasi 6. Tovar, xom ashyo birjasi 7. Milliy bozor 8. Jahon bozori 9. Bozor segmenti a) har xil mezonlar asosida bozor tarkibini turkumlash b) nazariy jihatdan sotuvchi va xaridorning tovarlarini pul vositasida ayirboshlash yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar, aloqalardir. v) bozorning talabni qondirish darajasini ko’rsatadi. g) turli-tuman bozor sub’ektlari o’rtasida ayirboshlashni normal amalga oshirilishini ta’minlaydi d) bozordagi tovaroborot hajmi bilan aniqlanadi. j) ma’lum doirada ulgurji savdo-sotiq ishlarini bajaruvchi korxonadir. yo) har bir mamlakatning milliy chegarasi doirasidagi bozori. e) mehnat orqali bir-biriga bog’langan turli mamlakatlar o’rtasida barqaror ayirboshlash munosabatlaridir. z) savdo-sotiqning shart-sharoitlariga ma’lum belgi, alomatlari, mezonlariga qarab bo’g’inlarga ajratish. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling