Iqtisod moliya
Takrorlash va munozara uchun savollar
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masala, mashqlar 1
Takrorlash va munozara uchun savollar
1. Bozor deganda nimani tushunasiz? Bozor iqtisodiyoti deganda-chi? 2. Bozorning tuzilishini qaysi jihatlardan qarash mumkin? 3. Bozor segmenti nima? 4. Ko’chmas mulk bozori boshqa bozor turlaridan qanday xususiyatlari bilan farq qiladi? Mehnat bozori-chi? 5. Bozor infratuzilmasi bozor iqtisodiyotida qanday o’rin tutadi? 6. Infratuzilma qanday vazifalarni bajaradi? 7. O’zbekistonda bozor infratuzilmasini shakllantirishda nimalarga e’tibor qaratildi? Masala, mashqlar 1.Bozorning vujudga kelishi shart-sharoitlariga quyidagilarni ko’rsatish mumkin: a) ijtimoiy mehnat taqsimoti b) pulning vujudga kelishi v) xususiy mulkka asoslangan tovar ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi g) markazlashgan davlatning vujudga kelishi d) ayirboshlashning vujudga kelishi e) xo’jaliklarda yaratilgan ortiqcha maxsulotni sotish zaruriyati Sizningcha to’g’ri javob qanday bo’lishi kerak ? 2. Viloyat hududida ikkita bozor mavjud bo’lib, har ikkisining maydoni 5 ga ni tashkil etadi. Birida 1000 ta savdo o’rni bo’lib, 500 tasi kuniga o’rtacha 10 donadan o’rtacha narxi 12 ming so’mlik mol sotadi. 300 tasi 30 ming so’mdan 5 donadan mol sotsa, 100 tasi 5 ming so’mdan 20 donadan qolgan 100 tasi o’rtacha 50 ming so’mlikdan oldi-sotti qiladi. Ikkinchi bozorda esa 900 ta savdo o’rni bor bo’lib, rastalar o’rtasidagi yo’lak birinchi bozorga nisbatan kengroq qoldrilgan. 400 ta savdo o’rnidan kuniga o’rtacha 11 ming so’mdan 15 donadan tovar sotiladi. 300 tasi esa 20 ming so’mdan 10 donadan, 100 tasi 4 ming so’mdan 20 donadan qolgan 100 tasi o’rtacha 55 ming so’mlik oldi-sotti qiladi. Qaysi bozor hajmi katta aniqlang ? Bozor hajmiga savdo o’rni, tovar miqdoridan tashqari yana qanday omillar ta’sir qiladi ko’rsating ? 3.Quyidagilarni diqqat bilan o’qing. Ulardan qay birini qaysi bozor iqtisodiyoti sub’ektiga: uy xo’jaligi, firma(korxona), moliyaviy institut, davlat tarkibiga kiritiladi. a) jismoniy shaxsning shaxsiy iste’moli uchun sarflashga mo’ljallangan bankdagi joriy raqami; b) aktsiya egasi; v) fermer xo’jaligi; d) metallar birjasi; e) Moliya instituti professor o’qituvchilari; yo) Yo’ldoshevlar oilasi byudjeti; j) korxonaning bankdagi joriy scheti; z) er ijarachisi; i) ish qidirayotgan institut bitiruvchisi; y) fond birjasi; k) «Paxta bank» aktsionerlik tijorat banki. 4.Quyidagi sanab o’tilganlardan qaysi biri bozor, qaysi birlari nobozor aloqa faoliyatlarni bildiradi ? a) gazetaga reklama berish; b) uy sharoitida ovqat tayyorlash davlat tomonidan; v) ishsizlik nafaqasi tayinlash; g) davlatning xarbiy texnika sotib olishi; d) o’z extiyoji uchun tomorqada kartoshka, sabzavotlar etishtirish; e) dehqon bozori; yo) bozorda sotish uchun qulupnay etishtirildi. 5.Quyidagilarni diqqat bilan o’qib chiqing: 1)ayirboshlash orqali iste’mol bilan ishlab chiqarishni bog’lash; 2)iste’mol tovarlari va xizmat ko’rsatish bozori; 3)ishlab chiqarish vositalarini korxona tashkilotlprga etkazib berish orqali iqtisodiyotning moddiy asosini takror yaratish va rivojlantirish; 4)jamiyat a’zolari talab extiyojlarini ishlab chiqaruvchilarga etkazish; 5)resurslar bozori; 6)tovar ishlab chiqarishga ketgan sarf xarajatlarni, ularni jamiyat tomonidan qay darajada tan olinishini aniqlaydi, xarajatlarni pasaytirishga undaydi; 7)regional bozor; 8)qimmat baxo qog’ozlar bozori – fond birjalari; 9)narxlarni o’zgarishi orqali talab va taklifni moslashtirish, pulni tovarlar bilan ta’minlash orqali pul muomalasini barqaror bo’lishini ta’minlash; 10)milliy bozor; 11)intelektual tovarlar bozori; 12)axborot bozori; 13)xalqaro va davlatlar o’rtasidagi bir-biriga bog’liqni kuchaytirish, teng xuquqli iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va mustaxkamlash; 14)mehnat bozori; 15)jahon bozori; 16)ko’chmas mulk bozori; Sanab o’tilganlardan qaysi birlari: a) bozorning funktsiya, vazifalarini; b) ta’sir doirasi, hududiy qamrovi jixatidan; v) ayirboshlash munosabatlarining ob’ekti jihatidan bozor tuzilishini ifodalaydi, ko’rsating ? T / N 1)Bozor resurslarni samarali taqsimlashni amalga oshiradi 2)Ishlab chiqarilgan tovar(xizmat)lar naqadar sifatli, talabga javob bera olishni bozorda aniqlash qiyin. Uni ishlab chiqaruvchilar maxsus nazorat orqali aniqlab sortlarga ajratishlari zarur. 3)Bzor resurslarni tejashga, xarajatlarni iqtisod qilishga undaydi. 4) Avtomashinalarga benzin quyish shoxobchasi – bozorga misol bo’la oladi 5)Ko’p qavatli uylar oldida kichkina bozorchalardagi maydachakovchilik , ko’pincha tanqid qilinsa ham ixtiyoriy ayirboshlash asosida sotuvchi ham , xaridor uchun ham o’zaro manfaatli. 6)Bozor maydoni qancha katta bo’lsa, bozor hajmi ham shuncha katta bo’ladi 7)Bozorni rivojlanishi uchun bozor infrastrukturasini shakllantirish shart emas. 8)Ikkilamchi bozorni shakllantirmay qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirib bo’lmaydi. 9) «Bozor» deganda odamlar gavjum savdo-sotiq qilinadigan joy, dehqon bozori, iste’mol mollari ya’ni kiyim-kechak , uy-ro’zg’or uchun zarur narsalar sotiladigan joyni tushuniladi. Bu bir yoqlamalilik, bozor bu faqat oldi-sotti qilinadigan maxsus joy emas. 10)Bozor deganda sotuvchi bilan xaridor o’rtasidagi ayirboshlash , oldi-sotti munosabati, savdo amalga oshiriladigan joy, ayirboshlashni amalga oshirish tartibotlarini tushunamiz 11)Taqchil bozor tovarlar talabga etarli darajada bo’lgani uchun narxlar barqarorligi bilan ajralib turadi 12)Ko’chmas mulk bozorida obligatsiyalar, valyuta, ssuda kapitali, tovar va xizmatlar oldi-sotti qilinadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling