Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Testlar
1. Qaysi bozor monopolist bo’lishi mumkin ? a) don bozori; b) gullar bozori; v) shokolad mahsulotlari bozori; g) qishloqdagi benzin quyish shoxobchasi; d) non bozori. 2. Birjada tovarlar oldi-sottisini amalga oshirilishi uchun: a) sotuvchi va xaridorning qatnashishi shart; b) tovar naqd bo’lishi kerak; v) xaridor oladigan tovarini sifatini o’zi ko’rib, tekshirishi kerak; g) tovardan namuna bo’lishi shart emas; d) tovardan namuna, sertifikati etarli. 3. Doiraviy aylanish modeli jihatidan qarasak bozor…. . a) ikki: resurslar va tovar, xizmatlar bozoridan; b) uch: resurslar, ishlab chiqarish omillari , ishlab chiqarish vositalari bozoridan; v) ikki: tovar,xizmatlar va kapital bozoridan ; g) to’rt: er, kapital, mehnat, tadbirkorlik omillari bozoridan; d) uch: tovarlar, xizmatlar, kapital bozoridan iborat. 4. Doiraviy aylanish modeli nuqtai nazaridan bozorda qatnashuvchi sub’ektlar: a)ikki guruh: uy xo’jaligi, individual faoliyat yurituvchi oilaviy xo’jalik; b)ikki guruh: firma(korxona)lar, uy xo’jaligi; v)uch guruh: savdo muassasalari, birjalar, savdo shoxobchalari; g)uch guruh: firma, korxona,savdo muassasalari; d)ikki guruh: uy xo’jaligi, savdo tashkilotlari. 5. Mehnar bozori boshqa bozorlardan…. a)mehnat omili egasi, ish kuchi bilan unga muhtoj o’rtasidagi munosabati bilan; b)ish kuchi uning egasini mulki bo’lib qolaverishi va ishga yollanishida mehnat shartnomalari tuzilishi bilan; v)ishga vaqtinchalik mehnat shartnomalari asosida yollanish bilan; g)ish kuchining boshqa tovarlardan farq qilib ishga yollanishi bilan; d)sotib olingandan so’ng mehnat omiliga aylanishi bilan farqlanadi. 6. Birlamchi va ikkilamchi bozorlar… a) ssuda kapitali bozoriga; b) valyuta bozoriga; v) sug’urta bozoriga; g) qimmatli qog’ozlar bozoriga; d) pul ( pul majburiyatlari ) bozoriga xos. 7. Mehnat birjalari… a) ishsizlarni ro’yxatga olish, ularni o’qitish, ishga joylash, otlaviy sharoitini o’rganish bilan; b) ishsizlarni ro’yxatga olish, ishga joylash, korxonalardagi bo’sh o’rinlarni aniqlash; v) ishsizlarni ro’yxatga olish, ishga joylash, zarur kasbga qayta tayyorlash, ijtimoiy himoya qilish; g) ishsizlarni ro’yxatga olish, ishga joylash, farzandlari sonini aniqlash; d) ishsizlarin ishga joylash, yangi kasbga o’rgatish, ishsizlik nafaqasini tayinlash. 8. Hozirgi paytda birjalarning asosiy roli … a) tovarlar narxi va kotirovkasini aniqlash, narx oshkoraligini ta’minlash, real talab va taklifni aniqlash, narxlar tebranishini sug’urta qilish; b) tovar narxlarni kotirovkasi, tovarlarni bitim bo’yicha etkazib berishni ta’minlash; v) narxlarni aniqlash va katta partiyada bitimlar tuzish, bitim asosida tovarni etkazib berish; g) tovarlar narxi kotirovkasi real talab va taklifni aniqlab, ularni muvozanatga keltirish; d) tovarlarga real talab va taklifni aniqlash, ularni reklama qilish, narx tebranishlarida sug’urta qilish. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling