Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

ishlab chiqarish qoidalarini joriy tartibga solinishi ta’minlanadi; 
tovarlarni bozor narxini belgilaydi, shu maqsadda birja mexanizmidan foydalaniladi; 
tovarlar va xizmatlar bozorida marketing asosida buyurtmachi rolini bajarib, barcha 
iste’molchilar nomidan ish olib boriladi. 
 Infrastrukturaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1.Qishloq xo’jaligi mahsulotlari bo’yicha: qabul qilish, yuvib-tozalash, quritish, saralash, 
ajratish, qadoqlash, o’rash, paketlash, konteynerlash, saqlash, to’plash, sovitish va 
iste’molchilarga bir maromda etkazib berish. 
2.Sanoat mahsuloti bo’yicha: qabul qilish, o’rash, paketlash, saqlash, talabga binoan 
iste’mol uchun etkazib berish. 
3.Barcha turdagi mahsulotlar bo’yicha ulgurji iste’molchilarga etkazib berish uchun 
tovarlarni to’plash va aksincha, katta turkumdagi tovarni chakana iste’molchilarga talabga 
binoan etkazib berish uchun kichik turkumlarga bo’lish. 


4.Qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtiruvchilar va qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta 
ishlovchilarning avans olishlarini ta’minlovchi f’yuchers va forvard bitishuvlari asosida 
mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish. 
5.Umumdavlat va regional miqyosda ishchi kuchiga talab va taklifni o’rganish va ishchi 
kuchini qayta tayyorlash, ishsizlik nafaqalarini berish. 
6.Tadbirkorlarni o’qitish, ishsizlarni, xususiy biznes shart-nomalarini ro’yxatga olish. 
7.Tadbirkorlik faoliyatini kreditlash. 
8.Tadbirkorlik — tavakkalchilikni (xatarni) sug’urtalash. 
9.Tovar tashishni ta’minlash. 
10.Tadbirkorlar manfaatini huquqiy himoyalash. 
11.Tadbirkorlar ehtiyojiga konsalting, injiniring, auditor, loyiha-smeta va boshqa 
xizmatlarni ko’rsatish va boshqalar. 
Infrastruktura tarkibiga: chakana va ulgurji savdoni ta’minlovchi savdo shoxobchalari, 
auktsion, tijorat do’konlari, dehqon bozorlari, tijorat-vositachi markazlari, savdo-sanoat 
palatalari, savdo uylari, yarmarka pavilonlari ko’rgazmalari, tovar birjalari va boshqalar kiradi. 
Bundan tashqari, davlat tashkilotlari: davlat soliq inspektsiyalari, davlat kontrakt sistemasi 
antimonopol qo’mitasi, baholarni nazorat qiluvchi inspektsiya, davlat sug’urta xizmati va 
boshqalar kiradi. 
Moliya bozori infrastrukturasi tarkibiga bank tizimi, jumladan: tijorat banklari, valyuta, 
fond birjalari, brokerlik, sug’urta, xolding kompaniyalari boshqa turdagi moliya-kredit, xizmat 
ko’rsatish, auditor firmalari kiradi. 
Mehnat bozori infrastrukturasi mehnat birjalari, ishchi kuchi band bo’lishlik xizmati, 
ishchi kuchi migratsiyasi bilan shug’ullanuvchi tashkilot va boshqalarni o’z ichiga oladi. Davlat 
tomonidan kadrlarni tayyorlash markazlariga bandlik, nafaqa, xayriya-shafqat, tadbirkorlarni 
qo’llovchi fondlar va boshqalar kiradi. 
Bundan tashqari, transport xizmati, omborlar tizimi, yuridik xizmat, axborot va reklama 
bilan ta’minlovchi muassasalar kiradi. 
Bozor infrastrukturasida birjalar va yarmarkalar alohida o’rin tutadi. 
Bozor va xizmatlar bozorining rivojlanishida tovar birjalari va yarmarkalarining roli 
katta. 
Moliya bozorida esa fond birjalarining roli beqiyos. 
Tovar, xom ashyo birjalari ma’lum doirada ulgurji savdo-sotiq ishlarini o’tkazuvchi 
tijorat korxonalaridir. Birja savdosini oddiy savdodan farqi bor. 
Oddiy savdo-sotiqda tovarning naqd bo’lishi, xaridor uni ko’zi bilan ko’rishi, qo’li bilan 
ushlab ko’rishi, sifati haqida shaxsan qanoat hosil etishi yuz beradi. Bu erda xaridor va sotuvchi 
yuzma-yuz turadi. 
Birjada holat boshqacha: operatsiyalarda tovar egasi va xaridorning o’zi qatnashishi shart 
emas. Ular nomidan ishni maxsus shaxs-lar — brokerlar yuritishadi. Birjada savdo-sotiq naqd 
turgan tovarlar bilan qilinmaydi. Tovar birjadan juda uzoq masofada, boshqa mamlakatda turgan 
bo’lishi mumkin. Shu tovardan namuna va uning sifat sertifikati bo’lsa etarli. 
Dastlab, birjalar bozorlar asosida vujudga kelgan, lekin evolyutsion jarayon natijasida 
ular shunchalik o’zgardiki, hozirgi zamon birjasida tovarlar oldi-sotdisi birinchi darajali rol 
o’ynamay qoldi. 
Birjalar uchun: 
a) kelajakda tovarlar narxini aniqlash, hamda narx oshkoraligini ta’minlash; 
b) rejadagi real talab va taklifni aniqlash, moslashtirish; 
v) narxlar kotirovkasini aniqlash; 
g) baholar o’zgarishini (tebranishini) sug’urta qilish asosiy o’ringa chiqdi. 
Birja savdosining ob’ekti bo’lib, asosan yalpi ishlab chiqariladigan bir turdagi va o’zaro 
almashinadigan xom ashyo tovarlari yarim tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Odatda, ular quyidagi 
guruhlarga bo’linadi: don, oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, rangli va qimmatbaho metallar. 
Birjada eng katta o’rin egallovchi tovarlardan biri kofe hisoblanadi. 


Tovarlar birjasi savdo-sotiq operatsiyalarini bevosita predmeti bo’lib, maxsus kontrakt 
hisoblanadi. Bunday kontraktlar o’z navbatida zudlik bilan bitim tuzish imkonini beradi. Bu 
kontraktda faqat tovarlarning bahosi va uni etkazib berish vaqti kelishiladi, xolos. Birjani 
prezident va kengash boshqaradi. Tovar birjasi daromadi birja muomilasi ishtirokchilari 
to’laydigan xizmat haqidan tashkil topadi. Tovarlar birjasida mollar naqd bo’lishi shart emas. 
Birja savdosida tashkil topgan narxlar birja kotirovkalari deb ataladi. Ular har kuni e’lon qilinib 
boriladi. 
Tashkil qilish printsipi bo’yicha TB ikki xil bo’ladi. Ochiq hamda yopiq birjalar: 
Ochiq birjada birja a’zolari bilan bir qatorda boshqa sohibkor, tijorat bilan 
shug’ullanuvchi, xohlovchilar qatnashishi mumkin. 
Yopiq birjada — faqat birjaning a’zolari bo’lganlargina qatnashadi, savdo bitimi tuziladi. 
Birja a’zolari uni tashkil etish uchun naqd pul qo’yishadi, ya’ni birja aktsioner jamiyati 
singari tashkil topadi. Uning ustavi asosida ish yuritiladi. 
Aktsionerlik jamiyatidan birja korporatsiyasining farqi, unda birja sertifikati divident 
olish huquqini emas, shu birjada bitim tuzish imkonini beradi, xolos. 
Birja bitimlarining 2 turi mavjud: real tovar va f’yuchers bitimlari. 
Real tovarlar bitimida tovarlar birjaga keltirilgan bo’lsa yoki ular tayyor holda bo’lsa, 
mavjud tovarlar bo’yicha kontrakt tuzilgandan keyin 14 kun ichida tovarlar sotib oluvchilarga 
etkazilishi shart. 
F’yuchers bitimi tovarlarni kelgusida etkazib berishni ko’zda tutuvchi savdo. Tuzilgan 
shartnomada ko’rsatilgan narx bilan tovar xaridorga etkazib berilayotgan vaqtda narxi farq 
qilishi mumkin. Uni qaysi tomonga farq qilishiga qarab broker yoki xaridor foyda ko’rishi 
mumkin. Tovarlar xaridorga 6 oydan 14 oygacha bo’lgan muddatda etkazilishi mumkin. 
Birjalar maxsus va universal bo’lishi mumkin. Amsterdam universal birjasi, Liverpul
London maxsus birjalari. Maxsus birjalarda ayrim yoki bir guruh tovarlarga talab va taklif butun 
bir mamlakat doirasi yoki dunyo miqyosida to’planadi. Oltin savdosi bo’yicha hech qanday birja 
London birjasiga tenglasha olmaydi. 
Birjaning yana bir belgisi — uning yuksak darajada tashkil etilgan va uyushgan 
bo’lishidir. Bu erda tartibsiz, ko’r-ko’rona savdo-sotiq bo’lmaydi. 
Tovarlar bozorida birjadan tashqari, yarmarkalar ham muhim o’rin tutadi. 
Yarmarka so’zi nemischa so’z bo’lib, yillik bozor degan ma’noni anglatadi. Yarmarkalar 
o’rta asrlarda o’arbiy Evropa (Jeneva, Lion, Leyptsig, Antverpen yarmarkalari va boshqalar) 
iqtisodiy hayotida muhim rol o’ynagan. 
Kapitalizm rivojlanishi bilan yarmarkalarning xarakteri o’zgaradi, u mavjud tovarlarning 
yirik miqdori olib kelinadigan markazdan namunalar va standartlar sotiladigan yarmarkaga, 
ko’rgazmaga aylanadi. 
Xarakteri va mazmuniga ko’ra, yarmarkalar universal, ko’p tarmoqli, ixtisoslashgan 
bo’ladi. Qatnashuvchilar tarkibiga ko’ra, jahon, regional, xalqaro, milliy, mahalliy yarmarkalar 
mavjud. 
Xalqaro yarmarkalar faoliyatini koordinatsiyalash maqsadida 1925 yili Parijda xalqaro 
yarmarkalar ittifoqi tashkil etildi. Xalqaro va milliy yarmarkalar soni yil sayin ortib borayotir. 
Xalqaro yarmarkalar jahon savdosining rivojlanishiga, turli mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy 
aloqalarni mustahkamlashga, ishlab chiqarish rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. 
Rossiyada yarmarkalarning paydo bo’lishi 13- asr o’rtalariga to’g’ri keladi. Sobiq 
Ittifoqda 1922 yildan boshlab yarmarkalar paydo bo’lgan. 
O’zbekistonda birinchi milliy yarmarka (xalq iste’mol tovarlari ulgurji savdosi bo’yicha) 
1995 yilda tashkil etildi. Hozirgi paytda tez-tez milliy turli-tuman yarmarkalar, ko’rgazmalar 
o’tkazilib turilibdi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tilar ekan, respublikamizda ham hozirgi paytda bozor 
infratuzilmasini jahon talablari darajasida shakl-lantirishga harakat qilinyapti. Chunki, keng 
tarmoqli bozor infratuzilmasi — fond va ulgurji bozorlar, birjalar, kredit va moliya muassasalari, 
lizing va konsalting kompaniyalari, tadbirkorlarga xizmat qilishi lozim bo’lgan boshqa 


tuzilmalar tom ma’noda shakllantirilmas ekan, ular to’la kuch bilan ishlamas ekan, biz 
iqtisodiyotimizni ochiq, erkin, eng muhimi, samarali, qisqa qilib aytganda haqiqiy bozor 
iqtisodiyotiga aylantira olmaymiz. 
Buning uchun birinchi navbatda bozor infratuzilmasining huquqiy asoslari yaratilyapti. 
1992 yil iyun oyida O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Birjalar va birja faoliyati 
to’g’risida»gi Qonunini qabul qildi. Bu qonun bilan birja va birja faoliyati to’g’risidagi asosiy 
qoidalar belgilandi. 
O’zbekistondagi ulgurji va birja savdosi respublika aktsiyadorlik uyushmasi 
«O’zulgurjibirja savdo» (1994) tashkil etildi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995 yilning 
9 fevralida «1995 yilda birinchi navbatda zarur bo’ladigan tovarlar bilan iste’mol bozorini 
to’ldirishning qo’shimcha choralari to’g’risida»gi 42-sonli qarori asosida barcha viloyat 
markazlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida O’zbekiston tovar-xom ashyo birjasining 
bo’limlari ochildi. 
«Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida», «Qimmatli qog’ozlar bozorining 
faoliyat ko’rsatish mexanizmi to’g’risida», «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning 
huquqlarini himoya qilish to’g’risida» va boshqa qonunlar qabul qilindiki, ularga mu-vofiq 
ravishda infratuzilmaning zarur tizimlari shakllantirildi. 
1996 yil 18 iyunda 220- sonli qarori bilan «Xususiylashtirilgan investitsiya fondlari 
to’g’risidagi nizom» tasdiqlandi. Xususiylashtirilgan investitsiya fondlari (XIF) aholining keng 
qatlamini xususiylashtirish jarayoniga jalb etish maqsadida tuzildi. 
1993 yil «Sug’urta to’g’risida» qonun qabul qilingach, «O’zbekinvest» milliy sug’urta 
kompaniyasi «Madad» agentligi, keyinchalik «O’zagrosug’urta», 1996 yil mayida qimmatli 
qog’ozlar bozori qatnashchilariga maslahat — auditorlik va axborot xizmati ko’rsatish uchun 
maxsus agentlik «Konsauditinform» tashkil etildi. «Vaqt» milliy depozitariysi (1994, 8 iyun) 
qimmatbaho qog’ozlarni hisobga olish, saqlash va harakatini boshqarish vazifasini bajarmoqda. 
Respublika banklar faoliyati «Banklar va bank faoliyati to’g’-risida» qonuni asosida 
amalga oshiriladi. 
Hozirgi paytda Markaziy bank respublikaning bosh banki hi-soblanadi. Uning viloyat va 
Toshkent shahrida boshqarmalari bor. O’zbekiston hududida 30 dan ortiq hissadorlik-tijorat 
banklari faoliyat ko’rsatmoqda. 
Bozor infratuzilmasining shakllanishi o’z navbatida milliy bozorning shakllanishini 
ifodalaydi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling