Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-§. Bozor infrastrukturasi
Axborot bozori orqali milliy, regional jahon iqtisodiy kon’yunkturasi, mahalliy milliy
regional bozor kon’yunkturasi to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’linadi. Xaridorlar, raqobatchilar to’g’risida zarur ma’lumotlarga ega bo’lish tadbirkorlar uchun nihoyatda zarur. Shu sababli ham axborot bozori hozirgi paytda juda chaqqon xaridorgir bozor hisoblanadi. Bozor munosabatlari, oldi-sotdini amalga oshirishda bozor infrastrukturasi muhim rol o’ynaydi. Bozor savdo-sotiqning shart-sharoitlariga ma’lum belgi, alomatlariga qarab ko’pgina bo’g’inlarga ajratiladi va ular bozor segmenti deb ataladi. Segment bozorning bir kichik qismi bo’lib, bu erda xaridorlar cheklangan guruh bo’lib, ularga ma’lum turdagi tovarlar sotiladi. Bozor segmentlariga ajralishiga ikki narsa sabab bo’ladi: a) mehnat taqsimoti chuqurlashib, g’oyat xilma-xil tovarlar ishlab chiqarilishi va ularning ma’lum guruh iste’molchilariga mo’ljallanishi; b) iste’molchilarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tabaqalanishi, ular talabining o’zaro farqlanishi. Bozorni segmentlarga ajratish mezonlari g’oyat ko’p. Segmentni tashkil etuvchi ustuvor belgilar ham mavjud. Bir segment uchun aholining xarid qobiliyati ustuvor bo’lsa, boshqa segment uchun raqobatning bor yoki yo’qligi muhim belgi bo’ladi. Segmentlar hududiy va sotsial-demografik mezonlarga qarab ajratiladi. Hududiy segmentga aholining soni, zichligi, tabiiy iqlim sharoiti va shu kabilar kiradi. Sotsial-demografik segmentga xaridorlarning yoshi, jinsi, ularning bilim darajasi, irqi va millati, oila va uning tarkibi kabilar kiradi. 3-§. Bozor infrastrukturasi Infrastruktura (lot. infra — quyi, asos, structura — tuzilish, o’zaro joylashuv), milliy xo’jalik ishlab chiqarish tarmoqlari va sotsial sferaning umumiy sharoitini ta’minlash uchun xizmat qiladigan sohalar kompleksini ifodalaydi. Bozor infrastrukturasi: milliy xo’jalik infrastrukturasining muhim qismi bo’lib, o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bozor infrastrukturasi turli-tuman bozor sub’ektlari o’rtasida ayirboshlash munosabatlarini normal amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bozor infrastrukturasi ham murakkab tuzilishga ega. Ayrim soha, tuzilma, muassasalar, tashkilot va xizmatlar faqatgina alohida turdagi bozorlarda ayirboshlashni normal bo’lishini ta’minlashga xizmat qilsa (masalan, tovar birjalari, savdo uylari, auktsion kabilar tovarlar bozori uchun mehnat birjalari mehnat bozori, fond birjalari qimmatbaho qog’ozlar bozoriga), boshqalari barcha bozorlar turiga (chunonchi, reklama va boshqalar) xizmat qiladi. Uchinchi turdagilari ishlab chiqarish, sotsial va qishloq xo’jaligi infrastrukturasiga ham taalluqli. Bularga umumiy tarzda xizmat qiluvchi sektorlar (yo’l, transport, energetika, suv ta’minoti, aloqa tizimi va boshqalar) kiradi. Bozor infrastrukturasi — inson aql-zakovati bilan sinab ko’rishlar va xatoliklar usuli orqali dunyoga keltirilgan, muttasil rivojlanib boradigan va o’zining murakkabligi bilan olimlar, davlat arboblari va amaldorlar, tadbirkorlar va barcha fuqarolarning favqulodda e’tiboriga muhtoj bo’ladigan ulkan tizimdirki, u inson mahsulot va xizmatlar iste’molchisi sifatida duch keladigan deyarli barcha sohalarni qamrab oladi. Har birimiz iste’molchilar sifatida bu sohalarni yaxshilanishidan manfaaatdormiz. Bozor infrastrukturasi tovarlar va xizmatlar harakatini tartibga solishda qatnashadi. Bozor infrastrukturasi turli tuzilmalar orqali kishilarning vaqtini tejaydi. Bozor iqtisodiyotida «Vaqt-pul» bo’ladiki, o’zi shug’ullanib vaqtini ketkazmaslik uchun yakka tartibda ko’rsatiladigan xizmatdan foydalanishni afzal biladilar. Infrastrukturaning maqsadi — to’lovga qobil talab qilingan sharoitlarda o’zaro yon berishlar asosida savdo-sotiq ishtirokchilari foydasini kuchaytirishdan iborat. Infrastruktura «hazrati oliylari» — talabga bo’ysunadi, unga har tomonlama monand bo’lishga intiladi. Iste’mol ehtiyojining cheklanishi infrastruktura bo’g’inlarini bozor qoidalariga binoan «raqsga tushishga» majbur qiladi, raqobatni kuchaytiradi, unga madaniy tus bag’ishlaydi. Infrastruktura qanchalik rivojlangan bo’lsa, bozor o’yini qoidalarini buzish qiyinroq bo’la boradi. Albatta, infrastruktura tuzilmalari turli xizmatlar ko’rsatgani uchun xarajatlarni qoplashi, foyda olish, soliqlar to’lashi kerak. Bu so’zsiz tovarlar va xizmatlar narxini ortishiga sabab bo’ladi. Lekin o’z maqsadlariga erishish uchun: — o’z ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib boradi; — bozordagi vaziyatdan kelib chiqib, ishlab chiqarishga bozor talabini etkazish orqali Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling