Iqtisod moliya
Iste’molchilarning aniq mahsulot turlariga yoki firma markasiga munosabati
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Iste’molchilarning aniq mahsulot turlariga yoki firma markasiga munosabati.
Shunday firmalar borki, ularning mahsulotlariga talab yuqori. Bu firmalar doimo o’z xaridorlarini yo’qotmaslikka, saqlab qolishga, yanada ko’paytirishga harakat qiladilar. Bu omillarning ichida eng asosiysi narx. Chunki narx va xarid qobiliyatigina talabning tez o’zgarishiga olib keladi. Bozorda talab xaridor sifatida gavdalanadi. Bozorda tarozining bir pallasida talab tursa, ikkinchi pallasida taklif turadi. Talab bilan narxlar o’rtasidagi ta’sirni har qanday tovar bozorida kuzatish mumkin. Iqtisodiy jarayonlarni o’rganishni abstrakt uslubidan foydalanib, narxdan boshqa hamma omillar o’zgarmaydi, deb faraz qilib, narxning o’zgarishi talabga qanday ta’sir qilishini ko’rib chiqamiz. Ma’lumki, aholining daromadi cheklangan. Shuning uchun zarur tovar (xizmat)larni sotib olar ekan, har bir kishi o’z manfaatidan kelib chiqib, turli muqobil variantlar ichidan narxi arzon tovar sotib olishga harakat qiladi. Natijada sifati o’zgarmagani holda narx pasayishi bilan tovarga talab miqdori ortadi. Biron-bir A tovarga talab narx o’zgarishi quyidagicha deylik. Yakka talabning narxga bog’liqligi Bir birlik tovar narxi R Talab qilingan tovar Miqdori Q 600 10 500 450 400 350 15 18 20 25 Jadvaldagi raqamlardan tovarning narxiga qarab sotib olish miqdori o’zgarayotganini ko’rish mumkin. Bu ma’lumotlarni grafikda tasvirlasak quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi. x o’qi bo’ylab talab miqdorini, u o’qi bo’ylab narxni joylashtirib, jadval bo’yicha nuqtalarni birlashtirib, talab egri chizig’i yo’nalishiga ega bo’lamiz. Ko’pchilik, Rossiya iqtisodchilari sal bosh-qacharoq, x o’qiga narx, u o’qiga miqdor qo’yishadi. Bunda narxning o’zgarishini talabga ta’siri ko’rsatiladi. Mashhur iqtisodchi Alfred Marshall esa o’zining «Siyosiy iqtisod printsiplari» asarida x o’qida miqdor, u o’qida narxni joylashtirgan. Bunga sabab talabning o’zgarishi narxga, narxning o’zgarishi talab miqdoriga ta’sir qilishini hisobga olib funktsional bog’lanishni shunday tarzda tasvirlagan. Shunday qilib, tovar qancha qimmat bo’lsa, shuncha kam miqdorda xarid qilinadi Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling