Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Umumiy naf summasi
Mu Me’yoriy naflilik Tu 1.Hamisha mahsulot xarid qiluvchi har bir shaxs mahsulotning keyingi birligidan kamroq naf yoki lazzat oladi. Ya’ni har bir qo’shimcha tovar nafliligi avvalgisiga nisbatan past bo’ladi. Masalan, xaridorga oyoq kiyimi kerak, uning uchun bir juft oyoq kiyimining nafliligi o’ta yuqori, chunki u yalang oyoq yura olmaydi. Ikkinchi juft oyoq kiyimi uni almashtirib turish imkonini beradi, lekin uning nafliligi pastroq, chunki xaridor yalang oyoq emas, uni kiyadigani bor. Uchinchi va to’rtinchi juft oyoq kiyimining nafliligi pasayib boraveradi, chunki ehtiyoj to’ydirilgan sari tovarning iste’molchi uchun nafliligi pasayadi. 2.Iste’molchi o’zining cheklangan daromadi doirasida uni sarf-lab maksimal darajada sub’ektiv qoniqish, naf olishga intiladi. Me’yoriy naflilik qonunining praktikadagi ahamiyati shundaki, u iste’molchilarni bozordagi turli tovarlarni qay darajada sotib olishlari mumkinligini taxminan qanday bo’lishini aniqlab beradi, prognoz qiladi. Me’yoriy naflilikning pasayishi qonunining amal qilishi tufayli xaridorlar, iste’molchilar juda ko’p tovarlar, xizmatlardan o’zlari uchun zarur bo’lgan, daromadlari doirasida o’zlari uchun eng maqbul hisoblangan tovarlar va xizmatlar komplektini xarid qilishadi. Bu tovarlarni tanlab olish naflilikni maksimallashtirish printsipi asosida yuz beradi. Ordinalistlar, xususan V. Pareto, J. Xiks va boshqalar kardinalistlar qo’llagan printsipdan voz kechishgan. Ular nazariyaga ketma-ket tartibli naflilik tushunchasini kiritishadi. Ularni fikricha uni yordamida iste’molchini shu tovarga bo’lgan qoniqish darajasini kamayib yoki ko’payib borishini aniqlash mumkin. Lekin ana shu qoniqish darajasini aniqlash mumkin emas. Iste’molchi o’z pulini xohlagancha ishlatadi. U o’z ehtiyojini to’liq qoniqquncha qondirishga harakat qiladi. Biron-bir tovarni sotib olar ekan, shu variantni boshqa alternativ variantlari bilan solishtiradi. Pareto me’yoriy naflilikni absolyut miqdorini o’lchash o’rniga nisbiy tahlil qilish samaraliroq, ya’ni iste’molchi (haridorlar)ni ma’lum bir tovarlar to’plamidan ikkinchisini ustun qo’yish, tanlashini o’rganish afzalroq deydi. Bunday tahlil befarqlik egri chizig’i orqali tushuntirilgan. Bu neoklassiklar tomonidan ko’pgina mikroiqtisodiy jarayonlarni tanlov muammosi bilan bog’liq holda ne’matlarini optimal to’plamini: ishlab chiqarish omillarini, dam olish bilan ish vaqtini nisbatini aniqlashda foydalanilgan. Ordinalistik yondashuv nuqtai nazaridan iste’molni optimallashtirish muammosini grafik yordamida ko’rib chiqish mumkin. Abstraktsiya metodidan foydalanib, iste’molchi qat’iy daromad topadi va uni hammasini iste’molga sarflaydi. Bunda ular faqat ikki turdagi A va V tovarlarni sotib oladi deylik. Xaridor o’z puliga turli miqdorda A va V tovarni harid qilishi mumkin. Ularning nafliligi haridor uchun teng. Aytaylik ikkita A va uchta V tovar umumiy nafliligi uchta A va ikkita V tovarga teng va hokazo. Bir tovarni kamroq olish ikkinchisini ko’proq olish bilan to’ldiriladi. Bunday to’plamda tovarlar miqdori qancha bo’lishini xaridor uchun farqi yo’q. Agar uni grafikda ifodalasak, quyidagicha bo’ladi. ( 1-rasm ) Bu egri chiziq befarqlik 1 egri chizig’i deyiladi. Bu egri chiziq mumkin bo’lgan juda ko’p variantlardan biri xolos. Ular iste’molni qondirish darajasiga ko’ra past yoki yuqoriroq bo’lishi mumkin. (U1, U2, U3, … va hokazo ) Ular chizmada punktirli chiziq bilan tasvirlangan. 1 Befarqlik deganda loqaydlikni tushunmaslik kerak. Bu erda tovar va xizmatlarning har qanday to’plami haridor uchun birdek naf keltirishi ko’zda tutiladi. U3 U2 U1 Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling