Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

 Taklif elas - Iqtisodchilar iqtisodiy nazariyaga talab tikligi elastikligi kabi taklif 
elastikligi tushunchasini ham kiritishgan. U tovar miqdorining o’zgarishi raqobatli narxlarning 
qanday o’zgarishiga olib kelishini ko’rsatadi. Talab elastikligi narxning tebranishiga xaridorning 
reaktsiyasini ko’rsatsa, taklif elastikligi esa ishlab chiqaruvchining reaktsiya-sini ko’rsatadi. U 
taklif miqdorining nisbiy o’zgarishi narxning nisbiy o’zgarishiga nisbati sifatida hisoblanadi. 
 
 ES = Q1 : P1 ; yoki Q1 ; Q0 ; yoki Q o’zgarish foizi;
Q0 P0 P1 ; P0 P o’zgarish foizi


Masalan, muzqaymoq 100 so’m bo’lsa, taklifi 25 dona deylik. Uning narxi 150 
so’mgacha ko’tarildi, lekin taklif 25 donadan ortmadi. U holda taklif elastikligi 25/25: 150/100 = 
1/1,5 = 0,66; E=0,66; Bunday taklif noelastik taklif bo’ladi. 
Muzqaymoqning narxi ko’tarilib 200 so’m bo’lsa, bozorga endi 50 dona keltirilsa, 50/25: 
200/100 = 2/2 = 1; E=1; Taklif yagona elastik. 
Agarda muzqaymoq narxi 150 so’mga ko’tarilib, sotishga 75 dona keltirilsa, E>1 bo’ladi. 
Chunki: 75/50 : 150/100 = 3/1,5 = 2; E= 2; Taklif elastik. 
Agar taklif narxning har qanday o’zgarishidan qat’i nazar o’zgarmasa qat’iy elastik taklif 
bo’ladi. Asosan, noyob buyumlar taklifi elastikligi shunday bo’ladi.
Taklif elastikligi talab elastikligiga o’xshab umumiy tushum bo’yicha hisoblanmaydi. 
Sababi narx bilan taklif o’rtasidagi bog’lanish to’g’ri proportsional bo’lgani uchun taklifning 
elastik yoki noe-lastiklik darajasidan qat’i nazar narx bilan umumiy tushum (daromad) bir 
yo’nalishda bo’ladi. 
Agarda narxning ozgina o’zgarishi uni qimmatlashuvi yoki arzonlashuvi taklifni haddan 
ziyod ko’payishiga yoki aksincha, qisqarishiga olib kelsa, bunday taklif absolyut elastik taklif 
bo’ladi. 
Har ikkisining o’rtasida, ya’ni qat’iy elastik taklif bilan absolyut elastik taklif o’rtasida 
tutgan o’rniga qarab, taklif elastik yoki noelastik bo’ladi. Elastiklik koeffitsienti birdan qancha 
kichik bo’lishiga ko’ra noelastik taklif qat’iy elastiklik tomon, aksincha, birdan qancha katta 
bo’lsa, elastiklik yuqori bo’lib, absolyut elastiklikka yaqinlasha boradi. Uni yuqoridagi 
misolimiz asosida grafikda tasvirlasak yuqoridagi ko’rinishda bo’ladi. 
Taklif elastikligiga ta’sir qiladigan eng muhim omil bu vaqt omilidir. U ishlab 
chiqaruvchilarni narx o’zgarishiga moslashish imkonini beradi. 
Vaqt omili. Ishlab chiqaruvchi narxlarni o’zgarishiga tezda moslashish imkoniyatiga ega 
emas. Buning uchun ma’lum vaqt kerak. Sabab, asbob-uskuna, xom ashyo, qo’shimcha ish kuchi 
yoki aksincha, ishchilarni bo’shatib, bank kreditlarini to’lash kerak. Shunday vaziyat ham 
bo’ladiki, taklif noelastik. Unda talabning o’sishi taklif o’sishiga emas, narx o’sishiga — 
inflyatsiyaga olib keladi. 
E<1 
E=1 
E>1 


Vaqt omilini taklif elastikligiga ta’sirini tahlil etar ekanmiz, ko’p iqtisodchilar e’tiborni 
eng qisqa bozor davri, qisqa va o’rta davrlar o’rtasidagi farqqa qaratish zarurligini ta’kidlashadi: 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling