Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy resurslar taklifi.
birgalikda alohida ko’rib chiqamiz. Iqtisodiy resurslarga talab ham tovarlarga bo’lgani kabi
shakllanadi. Lekin, iqtisodiy resurslarga talab birinchi navbatda shu resurslarni qo’llagan holda ishlab chiqariladigan tovarlarga bo’lgan talabga bog’liq. Masalan, stanok ishlab chiqarish kengaysa, resurs bo’lmish metallga talab ortadi. Iqtisodiy resurslarga talabning o’zgaruvchanligi uch omil bilan belgilanadi: a) pirovard mahsulotga talabning o’zgarishi; b) resurslar o’rnini almashtirish. Bir resurs narxi oshganda o’rniga boshqasini qo’llash. Masalan, gaz o’rniga ko’mir, benzin o’rniga dizel yonilg’isi yoki umuman resurs tejaydigan texnologiya modellarini ishlab chiqarishga undaydi; v)umumiy sarf-xarajatlarda har bir resurs hissasi. Resursga talab o’zgaruvchanligi, tayyor mahsulot ishlab chiqarish sarf-xarajatlarida uning hissasi qancha ekanligiga bog’liq. Ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari tarkibidagi bir resurs boshqa resurslarga nisbatan taqqoslanganda katta hissa egallasa, ayni shu resurs narxining oshishi xarajatlarni ko’paytiradi. Masalan, poyabzal tikadigan firma xarajatida charm xarajati 50%, bo’yoq xarajati 10% bo’lsin. Charm narxini 10% oshishi narxni 5% ortishiga olib keladi. Bo’yoq 10% ga oshsa, narx 1% ga ortadi. Bu o’z navbatida talabning ham shu darajada pasayishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy resurslar taklifi. Resurslarning jami taklifi muayyan bir davrda tamoman aniq bo’ladi. Masalan, ma’lum bir yilda ish kuchi «A» mln kishi, sug’oriladigan er «B» mln ga va hokazo. Respublikamizda qidirib topilgan gaz zaxiralari 2 trillion kubometr, ko’mir 2 mlrd tonna, 4,28 mln ga sug’oriladigan er maydoni mavjud. Albatta, resurslar miqdori keskin bo’lmasa-da, o’zgarishlarga uchraydi. Shubhasiz, ko’plab tabiiy resurslar cheklangan. Biroq, bu bilan ular qat’iy, o’zgarmas degan ma’no bermaydi. Yangi konlar qidirib topilib ishga solinadi. Respublikamizda 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga umumiy mineral xom ashyo potentsiali 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiq baholanmoqda. Demak, ular ishga tushirilgach taklif ham o’zgaradi. Erning taklifini ham irrigatsiya, melioratsiya va boshqa tadbirlar bilan ko’paytirish mumkin. Mehnat resurslari ham cheklangan bo’lsa-da, qator omillar tufayli o’zgaradi. Mehnat taklifini aholining mehnatga layoqatli qismi cheklaydi. Ammo ish haqi, ish kuni, ish haftasi uzunligi, mehnat sharoiti va boshqalarga qarab mehnat taklifi ham o’zgaradi. Shunday qilib, resurslar taklifini ko’paytirish mumkin. Lekin ma’lum bir davr mobaynida mavjud imkoniyat darajasida resurslar doimo cheklangan. Resurslar taklifini ehtiyojlar o’sishiga ko’ra ko’paytirib bo’lmaydi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling