Iqtisod moliya


- §. Talab va taklif, bozor muvozanati


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

4- §. Talab va taklif, bozor muvozanati 
 
Ma’lumki, har bir xaridor muayyan pul summasi evaziga ko’p-roq va sifatli tovar olishni, 
ko’proq naf ko’rishni o’ylaydi, ya’ni mumkin qadar arzon sotib olishga intiladi. Sotuvchi esa 
bunga teskari maqsad, mumkin qadar qimmat sotishga intiladi. U tovar ishlab chiqarish uchun 
qilgan xarajatlarini qoplab, ma’lum miqdorda foyda olishni o’ylaydi. 
Shu sababli, bozorda sotuvchi narxi va xaridor narxi mavjud bo’ladi. Biroq, sotib olish va 
sotishdan iborat har qanday aniq faoliyat sotuvchi bilan xaridor o’rtasidagi bitim natijasi 
bo’lmish bitta narx bo’yicha amalga oshiriladi. Buni qanday amalga oshirishni quyidagi jadval 
yordamida ko’rish mumkin. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, talab va taklifning narxga 
bog’liqligini ifodalovchi ma’lumotlarni jadvalda keltiramiz.
1-birlik tovarning 
narxi, R 
Shu tovarga
talab, D 
Shu tovarga
taklif, S 
Talab va taklifning 
fark kilishi 
100 
120 
150 
180 
200 
25 
20 
15 
12 


12 
15 
20 
25 
17 


-8 
-17 
Jadvaldan ko’rinadiki, tovar narxi 150 so’m bo’lgandagina talab bilan taklif miqdori teng. 
Narx ortgan sari talab kamayib taklif ortib boryapti, narx pasayishiga qarab talab ortib, taklif 
kamayib boryapti. Buning natijasida bozorda shu tovarga bo’lgan talab va taklif asosida narxga 
tazyiq o’tkaziladi. Narx 100 so’m bo’lganda, talab 25 birlik, taklif 8 birlik. Talab 7 birlik ortiq
aksincha narx 200 birlik bo’lganda taklif 25, talab esa 8, bozorda 17 birlik tovar ortiqcha. Bu 
nimaga olib keladi? Qandaydir favqulodda hodisa yuz bermasa 8 birlik tovar sotilganidan so’ng 
qolganini narxini tushira boradi, bo’lmasa sotilmay qoladi. Narxga yuqoridan tazyiq 
o’tkaziladi. Shunga o’xshash talabning oshib ketishi narxga quyidan tazyiq o’tkazadi. Talab 
ko’pligi, taklif qilingan tovar etishmasligi 
tufayli narx o’sib boradi.
Agar narx 150 so’m bo’lsa, talab 
qilingan, ya’ni xaridor sotib oladigan tovar 
miqdori bilan taklif qilingan tovar miqdori teng 
bo’ladi. Bu talab bilan taklifning muvozanati 
deyiladi. Bozorda taklif qilingan tovar miqdori 
bilan talab miqdori teng bo’lgan sharoitdagi 
narx muvozanat narxi deyiladi. Shu narx 
bo’lgani holda talab qilingan tovar hajmi 
miqdoriy muvozanatni bildiradi. 
Talab va taklifning muvozanatini tahlil 
qilishda asrimizning yirik iqtisodchisi, Kembrij 
maktabi namoyandasi Alfred Marshall (1842— 
1924) katta rol o’ynagan. Marshall 
muvozanatga vaqt nuqtai nazaridan qarab, uni 3 
xil: lahzalik, qisqa muddatli, uzoq muddatli 
muvozanatga bo’ladi. 



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling