Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Iqtisodiyot naza- Iqtisodiyot nazariyasi fanini o’rganish- riyasi fanining da ilmiy tadqiqotning turli uslublaridan uslubi foydalaniladi. Ularni umumiy yoki falsafiy, umummilliy (tarixiy, mantiqiy, matematik va hokazolar), maxsus (har bir fanning o’zini tatbiq etadigan) uslublarga bo’lish mumkin. Umumiy uslub bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan ikki falsafiy uslub — metafizika va dialektikadan iborat. Metafizika, hodisa, voqealarni alohida o’zgarmas, tinch holatida o’rganadi. Iqtisodiyotni o’rganishda metafizik yondashuv tizimning biron-bir tomonini yoki xo’jalik munosabatlarining ichki tuzilishini, ularning o’zgarishini hisobga olmagan holda o’rganish talab etilganda tatbiq qilinadi. Masalan, Amerika siyosiy iqtisod maktabining asoschisi Q. Klark o’zining, «Boylikning taqsimlanishi» kitobida texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish va jamiyat daromadlarini taqsimlashni statik (o’zgarmagan) va dinamik (progressiv o’zgarishlar ta’sirini hisobga olib) ko’rib chiqadi. Iqtisodiyot nazariyasi hodisani dialektika asosida o’rgansa haqiqatni to’laroq aks ettiradi. Dialektika — tabiat, jamiyat, tafakkur rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlari haqidagi ta’limot bo’lib, uning asoschisi buyuk nemis faylasufi Georg Gegel (1770—1831 yillar) hisoblanadi. U dialektika tizimi nazariyasining markaziga qarama-qarshiliklarni qo’yadi. U qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunini ifodalar ekan, qarama-qarshilikni har qanday rivojlanishning «miqdori» sifatida baholaydi. Bu, albatta, ikki sifatga ham tegishli. Dialektik uslub faqat ziddiyatni emas, balki qarama-qarshiliklar birligini ham ifodalashi natijasida bir-biri bilan qarama-qarshi hodisalarni bir butun holda ko’rish imkonini beradi. Biz masalan, ishlab chiqarish omillarini (statik), ishlab chiqarish imkoniyati, ishlab chiqarishning rivojlanish bosqichlarini (dinamik) o’rganganimizda bu uslublardan foydalanamiz. Iqtisodiyot nazariyasini o’rganishda foydalaniladigan asosiy uslublardan yana biri ilmiy Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling