Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Iqtisodiyot nazari- Iqtisodiyot nazariyasi qator iqtiso diy fanlarga yasi va boshqa iqti- metodologik (uslubiy) asos bo’lib xizmat qiladi. O’z sodiy fanlar navbatida boshqa fanlar iqtisodiy nazariyani boyitadi, uni to’g’ri xulosalar chiqarishiga yordam beradi. Lekin iqtisodiyot nazariyasi faqat iqtisodiy fanlar bilan emas, balki boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan ham bog’liq. Iqtisodiy fanlarni shartli ravishda ikki guruhga: umumiqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodiyotni yaxlit o’rganuvchi fanlar hamda xususiy iqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodiyotning u yoki bu sohasini o’rganuvchi fanlarga bo’lish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi birinchi guruhga kiradi. Nomi ham ko’rsatib turibdiki, iqtisodiyotga nazariy jihatdan yondoshadi, unga xos qonun-qoidalarni o’rganadi. Nazariya shu fanning tanho o’zida ko’riladi, lekin bu u monopol mavqega ega degani emas. Boshqa fanlar ham nazariy yondoshadi, lekin xususiy iqtisodiy fanlarda nazariya hodisalarning faqat ayrim xususiy jihatlariga tegishli, ularda nazariya bosh masala emas. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy faoliyat qaerda, qanday ijtimoiy shaklda, qanday miqyosda va qanday shiddat bilan yuz berishidan qat’i nazar, unga xos bo’lgan jamiki aloqa, bog’lanishlarni, ularga xos qonun-qoidalarni o’rganadi. Uning boshqa iqtisodiy fanlardan farqi ham ana shunda. Tarixiy marjinalizm maktabi vakili K. Minger o’z vaqtida qayd qilib o’tganidek, iqtisodiy bilim beradigan fan bitta emas, balki bir qator mustaqil xususiy iqtisodiy fanlar bo’lib, ular o’zining maxsus vazifa, predmet va mantiqiy uslublariga ega. Ular amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan qoidalar tizimini ishlab chiqadi, shuning uchun ham umumiy nazariya jumlasiga emas, balki xo’jalik yuritish san’atiga kiradi. Xususiy iqtisodiy nazariya iqtisodiyotning ayrim xususiy tomonlariga ega bo’lgan murakkab munosabatlarni va qonuniyatlarni o’rganadi. Masalan, moliya, kredit, pul muomalasi, buxgalteriya hi-sobi, marketing, statistika va hokazolar — iqtisodiyotning ayrim sohalaridagi faoliyatni tahlil etadi. Iqtisodiyot nazariyasi bilan bog’liq qator iqtisodiy fanlar orasida alohida e’tiborga sazovor fan bu statistika. Davlat muassasalari, tashkilotlar, tadbirkorlar, korxonalar nihoyatda katta hajmda iqtisodiy axborot beradilar. Iqtisodiyot nazariyasi bu axborotlarsiz, yig’ilgan ma’lumotlarni puxta, sinchiklab statistik tahlil qilmay turib, reallikni ifodalay olmaydi. Quda ko’plab ehtimollar nazariyasi va statistikada qo’llaniladigan matematik uslublar aynan iqtisodiyot sohasida tobora keng qo’llanilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot nazariyasining murakkab bo’limlarida matematikaning ahamiyati katta. Asosiy iqtisodiy qonun-qoidalarni muvaffaqiyatli o’rganishda mantiqiy fikrlash muhim o’rin tutadi. Iqtisodiyot nazariyasi tavsiyalarini amaliyotga muvaffaqiyatli qo’llash uchun empirik (hayot tajribasidan olingan) ma’lumotlarni aniq baholash zarur. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa fanlar, ayniqsa xususiy iqtisodiy fanlar hisobiga nazariy jihatdan boyisa, o’z navbatida boshqa iqtisodiy fanlarga metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling