Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
abstraktsiyalash uslubidir.
Iqtisodiy faoliyatda aloqa-bog’lanishlar g’oyat ko’p bo’lganidan hodisalarning rivojlanib borishini ma’lum tizimga solib, xulosa chiqarib bo’lmaydi. Iqtisodiyot nazariyasi tabiiy-texnikaviy fanlarga o’xshab o’z gipotezalarini laboratoriya tajribalari orqali sinab ko’ra olmaydi. U ijtimoiy fan bo’lgani uchun iqtisodiyotdagi g’oyat ko’p qirrali, bir-biriga bog’lanib ketgan aloqa-bog’lanishlar bilan tadqiqot olib boradi. Iqtisodiy hodisalar, jarayon o’rganilganda ularni tasodifiylari emas, balki asosiylari boshqalaridan ajratilib, ma’lum chegarada olib qaraladi. Ilmiy abstraktsiya (lotincha — abstractio — so’zidan olingan) diqqatni chetga tortish ma’nosini beradi. Ilmiy abstraktsiya yordamida ilmiy kategoriyalar ta’riflab beriladi, tadqiq etilayotgan ob’ektlarning mohiyatini ko’rsatuvchi tomonlari ifodalanadi, iqtisodiy modellar ko’riladi. Iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etishda iqtisodiy kategoriyalar kabi, iqtisodiy hodisalarning eng barqaror bog’lanishlarini ko’rsatuvchi iqtisodiy qonunlar ochiladi, ta’riflab beriladi, ilmiy muomalaga kiritiladi. Abstraktsiyalash asosida iqtisodiyotga oid asosiy, muhim, yuzaga chiqib turadigan faktlar ajratib olinadi, taqqoslanadi, ular o’rtasidagi bog’lanish aniqlanadi. Bularning hammasi ong, tafakkur orqali bajariladi. Abstraktsiyasiz g’oyat ko’p, tartibsiz faktlar, dalillar asosida nazariy xulosa chiqarish qiyinlashadi yoki umuman xulosa chiqarib bo’lmaydi. Masalan, narx, talab va taklif o’rtasidagi bog’lanishni o’rganganimizda narxdan boshqa omillarni o’zgarmaydi deb olishimiz yoki iqtisodiy resurslarni cheklanganligi sharoitida mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati darajasini tahlil qilganda mavjud resurslardan faqat 2 turdagi mahsulot ishlab chiqaramiz deb faraz qilib, iqtisodiy muammoni tadqiq qi-lish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasida induktiv va deduktiv uslublardan keng foydalaniladi. Induktiv uslubda empirik bilimdan abstraktsiyaga o’tiladi. Buning uchun iqtisodiyotni aks ettiruvchi ma’lumotlar to’planadi, jamlanib baholanadi. Dalillar to’plab, xususiy xulosa chiqariladi, xususiy xulosadan umumiy xulosaga o’tiladi. Dastlabki sinab ko’rilmagan xulosa-gipoteza olg’a suriladi. Ular o’rtasidagi sabab-oqibat bog’lanishlari aniqlanadi, faktlar umumlashtirilib, abstraktsiyaga o’tib, fikr-mulohaza sinalgan nazariy xulosalar, qonun-qoidalar darajasiga ko’tariladi. So’ngra ulardan iqtisodiy siyosatga o’tiladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling