Iqtisod moliya


Iqtisodiy sir-asrorlarni o’rganish, bilib olish


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

1. Iqtisodiy sir-asrorlarni o’rganish, bilib olish. Iqtisodiy hodisalar va ularning 
bog’lanishlarini har tomonlama o’rganish, ularning qonunlarini ochishga yordam beradi. Ular 
asosida esa milliy iqtisodiyot rivojlanadi. Buning uchun turli-tuman axborotlar, faktlar, statistik 
ma’lumotlar, hujjatlar, obro’li olimlar, arboblarning kitoblari, ishlari o’rganiladi. 
2. Iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishini oldindan aytish, prognoz qilish (yunoncha 
prognosic — oldindan ko’rmoq, bajarmoq, qilmoq). Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy 
jarayonlarni o’rganish natijasida yaqin kelajakda jamiyatning ilmiy-texnik, sotsial-iqtisodiy 
rivojlanishi istiqbollarini ilmiy asoslab beradi. Mikromiqyosda esa har bir xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt o’z manfaatidan kelib chiqib, kelajakda qanday faoliyat yuritish masalalari bo’yicha 
ma’lum bir qarorga keladi. 
3. Boshqa fanlarga ilmiy-uslubiy asos bo’lib xizmat qilish. Boshqa fanlar nazariya 
asoslab bergan kategoriya va qonunlarga tayangan holda o’z predmetini o’rganadi. Ayni vaqtda 
nazariya boshqa fanlar xulosasiga asoslanib, iqtisodiy hodisalarni umumlashtiradi. 
4. Amaliy tavsiyalar berish. Iqtisodiyot nazariyasi tavsiyalari xo’jalik yuritishning 
oqilona uslublari, asosiy printsiplarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Umumiqtisodiy 
mazmundagi tavsiya-lar iqtisodiy siyosatga tegishli bo’ladi. 
Keyingi paytlarda iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlarning ahamiyati ancha 
o’sdi. Amaliy muammolarni echish, xo’jalik va iqtisodiy jarayonlarni o’rganishda matematik
statistik uslublarning keng qo’llanilishi, fanda erishilgan boshqa yutuqlarni tatbiq qilish, 
iqtisodiyot nazariyasi tavsiyalarini hayotda qo’llash imkonini berdi. 
1969 yildan boshlab Shvetsiya Fanlar Akademiyasi har yili iq-tisodiyot sohasida eng 
yaxshi ilmiy-amaliy ishlar, loyihalarga No-bel mukofoti topshiradi. 
Iqtisodiy nazariyaning etuklik darajasi fanning naqadar rivojlanganligini bildiradi. 
Qamiyat rivojlanib, intellektual quvvati oshib borishi bilan iqtisodiyot nazariyasi ham rivojlanib, 
iqtisodiyot uchun ahamiyati ham ortib boradi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling