Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

 
Xulosa 
 
Iqtisodiyot nazariyasi aloxida fan sifatida shakllangunga qadar uzoq davrni bosib o’tdi. 
Iqtisodiy fikrlar, dastlab falsafiy qarashlar bilan, so’ngra diniy qarashlar orqali ifodalangan 
bo’lsa, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashni rivojlanishi bilan iqtisodiy bilimlarning, 
qarashlarning tartibga solingan tizimi sifatida XVII asrlarda paydo bo’lgan. Qamiyat taraqqiyoti 


bilan iqtisodiy fan sifatida ahamiyati orta borib yangi-yangi yo’nalishlar, ilmiy maktablar 
vujudga kelgan. 
• Iqtisodiyot nazariyasi vujudga kelib, hozirgi darajaga etguncha fanning tadqiqot doirasi 
kengayib, evolyutsiyasi tufayli fanning predmetiga berilgan ta’rif ham o’zgara borgan. 
• Hozirgi bosqichda iqtisodchilar tomonidan resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlar 
doimo yuksalib borishiga alohida urg’u berilishi, jamiyat a’zolari o’rtasidagi munosabatlarda 
ham aks etishiga alohida diqqat qaratiladi. Shu jixatdan olganda iqtisodiyot nazariyasi 
predmetiga ijtimoiy fan bo’lib, resurslarning cheklanganligi va extiyojlarni yuksalib borishi 
sharoitida samarali xo’jalik yuritish qonunlari va iqtisodiy faoliyat muammolarini o’rganadi deb 
ta’rif berish mumkin. 
• Iqtisodiyot nazariyasi o’z predmetini falsafiy metodlar metafizik va dialektik metodga 
asoslanib fanni o’rganishda asosiy uslub ilmiy abstraktsiya, induktiv va deduktiv metod, 
iqtisodiy tahlil, matematika, statistika, iqtisodiy modellashtirish va boshqalardan foydalaniladi. 
• Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy xodisalarni o’rganish asosida ularni qonunlari iqtisodiy 
jarayonlarni rivojlanishi kelajakdagi istiqbolini ilmiy asoslab berar ekan, boshqa fanlar uchun 
ilmiy uslub asosiy fundament bo’lib xizmat qiladi. 
• Iqtisodiyot nazariyasi sof nazariy fan emas, o’ bevosita amaliy axamiyatga ega. Uni 
o’rganmay turib, murakkab iqtisodiy jarayonlarni tushinib etib, vaziyatga ko’ra to’g’ri qaror 
chiqarib bo’lmaydi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling