Iqtisod moliya
-§. Ehtiyojlarning cheksizligi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Kishilarning ehtiyoji miqdoran o’sib boradi
- Ehtiyojlar tarkibi o’zgarib, ko’payib boradi
- Ikkinchidan
2-§. Ehtiyojlarning cheksizligi.
Ehtiyojlarni yuksalib borishi qonuni. Kishilik jamiyati taraqqiyotiga nazar tashlasak ehtiyojlarni yuksalib borishini ko’ramiz. Ehtiyojlarni uzluksiz o’zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir. Fanda insonning ehtiyoji cheksizligi, doimo yuksalib borishi allaqachonlar qayd etilgan. Qondirilgan ehtiyoj yangi ehtiyojlarni keltirib chiqarishi xalqda «Insonning ko’zi tuproqqa to’lganda to’yadi» degan naql kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Hozirgi nazariyachilar ehtiyojlar cheksiz, ular o’sishining to’xtashi, jamiyat hayotini to’xtashini bildiradi deb e’tirof etishadi. Ehtiyoj o’smaganda edi. ishlab chiqarishni taraqqiy etishiga zarurat bo’lmas edi. Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo’nalishda amalga oshadi. 1. Kishilarning ehtiyoji miqdoran o’sib boradi. Bu bir tomondan aholi sonining ko’payib borishi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, iste’molni ortishi bilan bog’lik. Masalan, O’zbekistonda aholi soni 1990 yilga nisbatan hozirgi paytga kelib, 1,2 martaga ko’paydi. Agar individual ehtiyoj o’zgarmadi deganimizda ham jamiyat miqyosida ehtiyojlar 1,2 martaga ortgan. Lekin biz bilamiz odamlarni ehtiyojlari ortib boradi. Masalan, xar 100 oilaga to’g’ri keladigan engil avtomobillar soni 1,3 martaga ko’paydi. Demak avtomobilni ekspluatatsiyasi bilan bog’liq ehtiyojlarimiz ham shunchaga ko’paydi. Ehtiyojlar tarkibi o’zgarib, ko’payib boradi. Ayrim ehtiyojlar yo’qolib, o’rniga yangisi keladi, lekin yo’qolib ketadigan ehtiyojlarga qaraganda yangi vujudga keladiganlari ko’p. Ishlab chiqarishning o’zi ehtiyojlarni o’sishiga, tarkibini o’zgarishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, XX asrning 40-yillarida odamlar televizor nima ekanini bilishmagan. Hozirgi paytda har bir xonadonda televizor bor, Ayrimlarida esa 2-3 tadan. Ko’plab bunday misollarni keltirish mumkin. Shuning uchun ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, ko’payib sifat jihatdan o’zgarib boradi. Mutloqo yangi extiyojlar vujudga keladi, eskilari o’zgaradi. Birinchidan, ishlab chiqarish orqali turli ne’matlar va shu ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga imkon yaratiladi. Ehtiyojni qondirilishi o’z navbatida yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, avtomobil sotib olib ehtiyojni qondirilishi o’z navbatida qator yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi: mashina turadigan joy kerak, yonilg’i, ehtiyot qism va boshqalar, sug’urta qildirish, va hokazolarga ehtiyoj. Ikkinchidan, fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, aholi turmush tarzi ham ehtiyojlarni tubdan o’zgartiradi. Yangi ixtiro qilingan narsalarni ishlab chiqarish, ularga extiyojlarni vujudga keltiradi. Ularni odamlar sotib olishga harakat qiladilar. Masalan, kir yuvish mashinasi, video magnitafon va boshqalar. Uchinchidan, ishlab chiqarish maishiy madaniyatni shakllantiradi. Oddiygina misol. Dastlabki ibtidoiy odamlarning ovqat tayyorlashi bilan hozirgi zamon ovqat tayyorlash texnologiyasi tubdan farq qiladi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o’z navbatida ehtiyojlar ham ishlab chiqarishga ta’sir etadi: 1.Ehtiyojlar yaratuvchanlik faoliyatini sababi va aniq yo’nalishiga asos bo’ladi. 2.Inson ehtiyojlarining miqdor va sifat jihatdan tez o’zgarishi ishlab chiqarishni unga moslashishiga undaydi. 3.Ehtiyojlar avangardlik rolini o’ynaydi, pastdan yuqoriga intiladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling