Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot resurslari
- Ishlab chiqarish imkoniyati deb, mavjud iqtisodiy resurslardan to’la foydalanish evaziga eng ko’p mahsulot ishlab chiqarish tushuniladi.
Ishlab chiqarish resurslari tasnifi Keyingi paytda ko’pgina iqtisodchilar bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy va axborot resurslarini alohida ajratib ko’rsatishmoqda. Moliyaviy resurslar jamiyat tomonidan ishlab chiqarishga, uning rivojlanishi uchun ajratilgan pul mablag’laridan iborat. Uning manbalari qimmat baho qog’ozlar, soliqlar, pul jamg’armalari, davlat zayomlari kabilardir. Bozor iqtisodiyoti fan-texnika revolyutsiyasi sharoitida axborot resurslarisiz xo’jalik yurituvchi sub’ektlar «qo’l-oyoqsiz» bo’lib qolishadi. Axborot resurslari turli-tuman, asosiy qismini esa kompyuter texnikasi yordamida avtomatlashtirilgan boshqarishni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan narsalar, ma’lumotlar tashkil qiladi. Har bir resurs undan ishlab chiqarishda foydalanganda ma’lum samara beradi. Resurs keltiradigan natija o’z chegaralariga ega Har qanday resursdan eng yaxshi, oqilona foydalanilgan taqdirda ham ma’lum chegaradan ortiq mahsulot yaratib bo’lmaydi. Masalan, har qancha yaxshi natijaga erishish uchun harakat qilingan taqdirda ham 1 tonna rudadan - 1 tonna metall olib bo’lmaydi. Insonlarning ham, mashinalarning ham unumini chegarasi bor. Mavjud resurslardan ma’lum miqdor va turdagina mahsulot ishlab chikarish mumkin. Zarur resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklanishiga olib keladi. Ishdab chiqarish imkoniyati deganda nimani tushunamiz? Ishlab chiqarish imkoniyati deb, mavjud iqtisodiy resurslardan to’la foydalanish evaziga eng ko’p mahsulot ishlab chiqarish tushuniladi.U ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ifodalaydi. Har bir xo’jalik, oila, korxona, firma, tarmoq, mamlakat o’zining ana shunday chegarasiga ega. Resurslardan foydalanish darajasi turlicha bo’lgani uchun barcha tovarlar bo’yicha ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ko’rsatish qiyin. Ehtiyojlarni doimo yuksalib borishi resurslarni esa cheklanganligi sababli ularni to’la qondirish uchun zarur bo’lgan miqdorda tovar (xizmat)larni ishlab chiqarishni imkoni yo’q. Shuning uchun har bir kishidan tortib, to davlat, jamiyat miqyosigacha cheklanganlik muammosiga duch kelinadi. Cheklanganlik esa har qadamda bizni tanlashga majbur qiladi. Oila byudjetini cheklanganligi hayot kechirish uchun zarur buyumlarni qaysi birini xarid qilishni, vaqtimizni cheklanganligi qaysi ishni bajarishimizni, resurslarni cheklanganligi ularni qaysi birini sotib olish va qanday tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish, davlat byudjetining cheklanganligi byudjet mablag’larini qaysi maqsadlar uchun ishlatishni tanlashni zarur qilib qo’yadi. Masalan, talaba o’z vaqtini dars tayyorlashga yoki dam olishga sarflashi mumkin. Dexqon o’z eriga piyoz yoki kartoshka ekishi mumkin. Tadbirkor o’z puliga yangi asbob-uskuna yoki xom ashyo sotib olishi mumkin. Viloyat byudjetidan mablag’ni yangi maktab yoki ko’prik qurishga sarflash mumkin va hokazo. Ana shu imkoniyatlardan birini tanlash qolganlaridan voz kechishga olib keladi, yoki birining miqdorini ko’proq tanlasak, ikkinchisining miqdorini kamroq tanlashimizga to’g’ri keladi. Tanlash asosida esa qaror qabul qilamiz. Qarorni esa tanlovni muqobil qiymatini taqqoslash asosida chiqaramiz. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling